17-mavzu:Pedagogik faoliyatda uchraydigan qarama- qarshiliklar va ziddiyatlar
REJA:
Pedagogik jamoa
O‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi
O‘qituvchilar va ota-onalar jamoasi o‘rtasida uchraydigan nizolar
4.Pedagog madaniyati va pedagogik bilimi
Pedagogik jamoa
Pedagoglar jamoasida o’qituvchilar o’rtasidagi muomala, munosabatlar, insonparvarlik, demokratiklik, ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki xil bo’lib, biri-rasmiy, ikkinchisi-norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala, munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala pedagogik etikaning (o’qituvchi odobining) qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning har bir a‘zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari, qoidalari, talablari pedagoglar jamoasining fikri asosida boshqariladi.
Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish-bir kishining ishi emas, uni pedagoglar jamoasi bajaradi. Yolg’iz o’qituvchi har qancha o’rinsa ham, qobiliyatli, tirishqoq, ishchan bo’lsa ham bir o’zi ko’zlagan pedagoglar maqsadlariga erishib bo’lmaydi. Maktab oldida quyilgan vazifalarini samarali hal eta olmaydi. Ta‘lim-tarbiyadan ko’zga tutilgan maqsadga erishish uchun maktab, o’quv yurtining butun jamoasi, hamma o’qituvchilar birlashib harakat qilishlari lozim. Har bir muallimning xatti-harakati, xulqi, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi, talablariga mos bo’lmog’i kerak. Maktablar tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamoaning ayrim o’qituvchiga ta‘siri pedagoglar jamoasida shakllangan muomala odobi, munosabatlarga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi maktablarida yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy, ma‘naviy, axloqiy har bir bolaning tarbiyasi uchun yuksak mas‘uliyatni bolaga nisbatan bir xil talablar qo’yib, birgalikda tarbiyaviy ta‘sir o’tkazishni taqazo etadi. O’qituvchi odobida muallimlar o’zaro muomala munosabatlarida amal qilishlari zarur bo’lgan axloqiy talablar ishlab chiqarilgan.
Har bir bolaning tarbiyasi uchun mas‘uliyatning birligi pedagoglar jamoasining o’quvchiga nisbatan talablari ham bir xil bo’lishini taqazo etadi. Bu o’qituvchi odobining qonuniyatlaridan biridir. Maktab pedagoglar jamoasining maqsadi, intilishlari, talablari yagona bo’lmasa, tarbiyaviy ishlarning ta‘siri samarasi bo’lmaydi. Buning uchun pedagogik talablarning xarakteri, mazmuni, shakli va usullari hamma muallimlarning fikr-mulohazalariga mos kelishi lozim. Ma‘lumki, pedagogik talabning mazmuni maktab jamoasining maqsadi, vazifalaridan kelib chiqadi. Lekin bu talablarning xarakteri, shakl va usullari har bir muallimning muomala odobiga, shaxsiy fazilatlari, o’quvi, pedagogik mahoratiga bog’liq.
Darsda o’quvchilarning intizomli pedagogik jamoadagi muomila odobi, axloqiy munosabatlar darajasini ko’rsatadi. Maktabda o’quv intizomini saqlash-butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagogik amaliyotda esa har bir muallim o’quv intizomini saqlash uchun o’zicha yo’l tutadi: ba‘zilar-darsni jonli qiziqarli tashkil etish bilan; ba‘zilar esa “ikki” baho qo’yish, qattiqqo’llik bilan dars jarayonida tartib-intizomni ta‘minlashga intiladilar. Bolalarga do’q-po’pisa qilish, bajarish, xulqiga yomon baho qo’yish bilan uni vaqtincha tiyish mumkin, lekin bu ongli intizomni tarbiyalash usuli emas va pedagogik odob talablariga to’g’ri kelmaydi.
Dars jarayonida bir o’quvchi uchun boshqasi pichirlab sekin javob berishi, shipshitishi: bir o’quvchi bajargan ishni ikkinchisi ko’chirib olishi, shpargalka ishlatish kabi masalalar pedagogik axloqiy muomalalar qatoriga kiradi. Bir maktabning o’zida ham o’qituvchilar bu muammoni turli muomala usullari bilan yechadilar: bir muallim shipshitgan bolaga “yomon” baho qo’yadi; ikkinchisi zaharxanda so’zlar aytadi. Birinchisi-darsdan chiqib ketishni talab etadi, boshqasi buni vijdon amriga havola qiladi va hokazo. Vaholanki, maktab pedagoglar jamoasida bu muomalalarga doir yagona axloqiy talablar ishlab chiqarilgan va qaror topgan bo’lishi muvofiqdir.
Pedagoglar jamoasi ma‘lum talablar qo’yish, faoliyatiga axloqiy baho berish yo’li bilan o’qituvchining xatti-harakatlarini yo’naltirib, o’zgartirib, to’g’rilab beradi. Pedagogik jarayonda muallimning erkin bo’lishi bilan birga intizomga ongli ravishda rioya qilishi, ijodkorlik bilan bo’ysunish birga olib borilgan taqdirdagina pedagoglar jamosasining fikrini, axloqiy talablarini muallim ixtiyoriy ravishda bajaradi. Bunday muhit o’qituvchida o’z kuchiga ishonch tuyg’usini ustiradi.
Pedagoglar jamoasida o’zaro yordam va ishonchining mavjudligi muomala odobiga amal qilishning muhim shartlaridan biridir. O’zaro yordam va bir-birlariga ishonch pedagogik, metodik adabiyotlardan bilib olingan yangiliklarni o’zaro baham ko’rish, tajriba almashish kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Kishi bir so’m pulni sherigi bilan baham ko’rsa, uning cho’ntagidagi pul miqdori kamayadi. Lekin kishi o’zidagi bilimni boshqaga o’rgatsa, bilimlar soni ko’payadi, o’rgangan kishining bilimi kamayib qolmaydi, aksincha mustahkamlanadi.
Pedagoglar jamoasida yangi g’oyalar bilimlarni o’zaro almashish muomala odobining qonun-qoidasi darajasiga ko’tarilishi, har bir muallim bilan o’z hohishi, qalb amri bilan bajarishi hamma uchun foydalidir.
Muomala odobiga rioya qilish pedagoglar jamoasining maqsadiga, o’qituvchilarning axloqiy saviyasiga bog’liq. Bu jarayonda muallimlar orasida o’zaro fikr almashish, o’rtoqlarcha munozaralar qilish natijasida har bir o’qituvchining bilim darajasi ortadi, o’zaro aloqalari mustahkamlanadi. Maktablarda muallimning o’zaro aloqa shakllari xilma-xildir. Muomala odobini shakllantirishda o’qituvchilarning o’zaro ijodiy hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda muallimlar bir-birlarini darhol tushunadilar, yutuqlaridan quvonib, bolalarni o’qitish va tarbiyalashning muomalali masalalarini birlashtirib hal etadilar. Bunday hamkorlik ko’pinchi bir xil fanlardan dars beradigan muallimlar o’rtasida mavjud bo’ladi.
Pedagoglar jamoasida o’zaro tajriba almashishi bir-birlarining darslariga kirish, tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish shaklida amalga oshiriladi. Afsuski, ayrim hollarda maktab ma‘muriyati o’zaro darslarga kirish natijalari yozilgan daftardagi kamchiliklarni ro’kach qilib, pedagog kengashlar va yig’ilishlarda o’qituvchilarni tanqid qiladilar. Bu bilan muomala odobi mezonlariga, axloqiy munosabatlarda ziyon yetkazadilar. Vaholanki, muallimning faoliyatiga kuzatilgan bitta darsning natijasiga qarab baho berib bo’lmaydi. Bunday kuzatish daftarlariga muallim darsda erishgan yutuqlarni yangi usullarini yozib, tahlil etib boshqalarga namuna sifatida ko’rsatish muomala odobi talablarigi mos bo’lib, jamoada axloqiy vaziyatni yaxshilashga hizmat qiladi.
Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, o’qituvchi bilan pedagoglar jamoasi orasida qarama-qarshilik ob‘ektiv ravishda vujudga kelishi mumkin. Ma‘lumki, o’qitish jarayonida muallim o’quvchilar bilan yakkama-yakka holda muloqotda bo’ladi. Shuning uchun ham ayrim kishilarda ta‘limning samarasi pedagoglar jamoasida emas, faqat o’qituvchining o’ziga bog’liq, degan xato tushuncha hosil bo’ladi. Bunday tushuncha bo’lgan muallim pedagoglar jamoasidan ajralib qoladi. Shuning uchun ham pedagoglar jamoasi har bir o’qituvchining xulqini to’g’ri yo’naltirib borishi lozim. Chunki bolalarda ilm, tarbiya beradigan kishining o’zi odobli bo’lmog’i shart. Maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarning samarasi pedagoglar jamoasiga emas, avvalo, maktabda inoq, ahil pedagoglar jamoasi yaratilganligi, ularning yuksak axloqiy-ma‘naviy darajasiga bog’liqdir.
Sog’lom va ahil pedagoglar jamoasi yosh o’qituvchilarni axloqiy tarbiyalash, ularning pedagogik mahoratini oshirish maskanidir. Maktabda ahil pedagogik jamoa bo’lsa, ayrim o’qituvchilarning xudbinligiga barham beriladi. Pedagoglar jamoasi o’zining har bir kamchiliklaridan ogoh bo’lishi ularni tuzatishga ko’maklashishi zarur. Pedagoglar jamoasining muallimga qo’yayotgan talablari, muomalasi adolatli bo’lmog’i kerak. O’quv yurtlarini biritib, maktabda endigina, kelgan yosh o’qituvchi haqida alohida g’amxo’rlik ko’rsatish zarur. Ishga yangi kelgan yosh o’qituvchining pedagoglar jamoasi bilan muomalasi o’zini tuta bilishi ham axloqiy munosabatlar shakllanishiga muhimdir.
Pedagogik jamoaning a‘zolari mayda-mayda to’dalarga bo’linib guruhbozlik yo’liga kirib ketsa, jamoda muomala odobi qoidalari, ma‘naviy axloqiy vaziyat bo’ziladi, bo’lar-bo’lmasga o’qituvchilar orasida nizolar chiqaveradi. Ma‘lumki, tarbiyaviy jarayon konflektlarsiz sodir bo’lmaydi. Demak, pedagoglar jamoasining ijodiy faoliyatida fikrlar to’qnashuvi bo’lishi ham mumkin. “Qovun qovundan rang oladi”, “Yaxshi bilan yursang yetarsan odamga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga”, kabi hikmatlar bejiz aytilmagan. Ijodiy munozaralarda, pedagogik jarayonda vujudga keladigan tortishuvlarning ba‘zilari o’qituvchilar o’rtasidagi yaxshi muomala-munosabatlarini buzmasdan turib hal etiladi. Bunday holda jamoatchilikning fikri odob normalariga binoan umumiy manfaatni himoya qilayotgan, jamoaning ishiga ijodiy ruh, yangilik kiritayotgan o’qituvchi tomonida bo’ladi. Ayrim hollarda esa bunday konflektlar ijobiy hal etilsa ham og’ir asoratlar qoldiradi. Shunday nizolar ham bo’ladiki, pedagoglar jamoasi sha‘niga dog’ tushiradi.
Pedagogik jarayonda sodir bo’layotgan qarama-qarshiliklar, nizolarning sabablari xilma-xil bo’ladi. Bulardan biri, maktab ma‘muriyati o’qituvchilarining fikri, tanqidiy mulohazalariga e‘tibor bermasligi, ko’pincha maktab rahbarlarining ish usuliga bog’liq. Maktab rahbari o’z sha‘niga aytilgan tanqidiy fikrlarini to’g’ri tushunib qabul qilsa, o’z kamchiliklarini to’g’ri tushunib qabul qilsa, o’z kamchiliklarini bartaraf etishga intilsagina o’qituvchilarning kamchiliklarini ko’rsatish va tuzatishni talab qilish borasida axloqiy huquqqa ega bo’ladi.
Pedagogik odob nuqtai nazaridan tanqid shu kamchilikni sodir etgan kishining shaxsiga emas, balki kamchilikni bartaraf etishga, ta‘lim-tarbiya ishini, pedagoglarning o’zaro muomalasini yaxshilashga yo’naltirilgandagina to’g’ri hisoblanadi. Muomala odobining shakllantirishida tanqid va o’z-o’zining tanqidning roli kattadir. O’ziga, o’z faoliyatida tanqidiy yondoshmaydigan rahbar oqibatda mag’rurlikka, o’zboshimchalikka mubtalo bo’ladi. Mas‘uliyat hissi pasayib ketadi. Odatda, bunday maktab rahbarlari o’z martabasi, shuhrati va mansabini saqlab saqlab qolish uchun ko’zbo’yamachilikka yo’l qo’yadi. Afsuski, o’qituvchilar va maktab rahbarlari orasida o’z faoliyatida tanqidiy qaray olmaydiganlar, ko’zbo’yamachilika yo’l qo’yayotganlar anchagina uchraydi, o’z-o’zini tanqid esa yo’q darajada, ayrim o’qituvchilar tanqidga noto’g’ri munosabatda bo’ladilar.
Pedagogik jamoada xushmomalalik, o’zaro do’stlik va hamkorlik pedagogik mahoratni oshirishga, ta‘lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Bunday muhit ishni yaxshilashga xizmat qiladi. Bunday muhit ishni yaxshilashga qaratilgan printsipial tanqid va o’z-o’zini, tanqidni rad etmaydi. O’qituvchining xato, kamchiliklarini to’g’ri ko’rsata bilish, kasbdoshning mulohazalarini hamdardlik sifatida qabul qilish lozim. Kishi o’z sha‘niga aytilgan tanqidni to’g’ri tushunish-o’qituvchining axloqiy madaniyatidan, pedagoglik burchini yuksak darajada anglatishdan dalolat beradi.
Pedagoglar jamoasida o’zaro muomala-munosabatlar kollegiallik va yakka boshchilikka intizomni saqlashga asolanadi. Muallimning umumiy ish uchun mas‘uliyat hissi va qoidalari kishidan jamoada o’zini tuta bilish, intizomga bo’ysunishini talab etadi. Bu muallimning axloqiy fazilatlari bilan bog’liq.
Pedagogik faoliyat muallimdan o’z-o’ziga, kasbdoshlariga talabchan bo’lishini taqazo qiladi. Bunday talabchanlik xolis, beg’araz, umuminsoniy va milliy axloqqa mos bo’lmog’i lozim.
Jamoatchilik fikri, pedagogik nuqtai-nazarlarining xarakteri, yagona talablarga ixtiyoriy ravishda rioya qilish, odob normalarini ongli bajarish, pedagoglar jamoasidagi ma‘naviy-axloqiy vaziyatni yaxshilaydi. Bunday axloqiy muhitda o’zaro muomalada xayrixohlik, ijodiy hamkorlik, yaxshi kayfiyat, yuksak intizomi vujudga keladi. Pedagogik faoliyat zavqli, samarali bo’ladi. Bunday pedagogik jamoada muallim ilhom bilan ishlaydi, o’z ishidan qanoat hosil qiladi.
Pedagogik jamoada sog’lom axloqiy-ruhiy muhit mavjud bo’lsa, axloqiy norma va yo’l-yo’riqlar bajarilibgina qolmasdan, balki ular har bir muallimning e‘tiqodiga, odatiga aylanadi. Pedagoglar jamoasidagi tartib-qoidalarga, urf-odatlarga ongli ravishda amal qilish uchun muallimlik ishida erkinlik bilan ongli intizom, ijodiy faollik bilan bo’ysunish oqilona mujassamlashgan bo’lishi zarur. O’zaro bir-birini tushunadigan ijodiy muhit bor joydagina o’qituvchi o’ziga yuklatilgan vazifalarini ishonch bilan faol bajaradi. Pedagoglar jamoasining shaxs va kollektiv uchun foydali ishlarga asoslangan ta‘siri natijasida muallimning ma‘naviy qiyofasida chuqur sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ijtimoiy burchni to’g’ri anglash, xulqini (xatti-harakatlarini) to’g’ri baholay olish odati shakllanadi, jamoada o’zaro muomala yaxshilanadi.
Pedagoglar jamoasidagi muomala munosabatlar bu, oddiy do’stlik yoki qo’shnichilik emas, balki umumiy ish uchun jamoa a‘zolarining mas‘uliyatli bog’lanishlaridir. Pedagoglar jamoasidagi muomala, munosabatlar axloqiy qoidalar, huquqiy normalar bilan, jamoaning an‘analari, urf-odatlari bilan tartibga solib turiladi.
Pedagoglar jamoasida ijodkorlik muhiti muomala odobining shakllantirishning muhim shartidir. Jamoaning ijodkorligi murakkab qiyin vaziflarni ham yechishga imkon beradi. Bunday jamoada ishlash har bir muallim uchun ko’pgina qulayliklar tug’diradi. O’z qobiliyatlarini namoyish etishga imkon yaratadi.
Mamlakatimizda ko’plab maktab jamoalarida ishchanlik, xayrixohlik muhiti yaratilgan bo’lib, bu o’zaro yordam va talabchanlikka, har bir muallimning yaxshi ishlari qadrlashga, qo’llab-quvvatlashga yordam berayotir. O’qituvchi mehnatini ilmiy asosida tashkil etish hamda pedagoglar jamoasida o’zaro muomala-munosabatlarini yaxshilaydi. Maktabdagi axloqiy-ruhiy vaziyatini jamoa a‘zolarining kayfiyatidan bilib olish mumkin. Ko’pchilikning kayfiyati chog’, ruhi baland bo’lsa, muallimlarning kuchiga kuch, g’ayratiga g’ayrat qo’shiladi. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta‘sir etadi.
Pedagoglar jamoasida kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar bo’lib turishi ham qonuniy hodisa. Chunki bolalarni o’qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bo’lib, konflektlarni taqazo qiladi. Vujudga kelgan nizolarni o’z vaqtida tahlil qilib, vujudga kelgan nizolarni o’z vaqtida tahlil qilib, bartaraf etish yo’llarini izlash lozim. Xayrixohlik bilan adolatli hal etilgan kelishmovchiliklar muomala odobiga ijobiy ta‘sir etadi. Ayrim muallimlarning xarakteridagi xudbinlik, ko’raolmaslik, manmanlik, o’zboshimchalik kabi qusurlar yo’q joydan ham nizolar chiqarishga sabab bo’lib, mojarolarni bartaraf etishni qiyinlashtiradi. Bundaylar ba‘zan biror kasbdoshlarining obro’si ortayotganini ko’rolmay ham janjal chiqaraveradilar.
Dostları ilə paylaş: |