17-mavzu: Pedagogik faoliyatda uchraydigan qarama- qarshiliklar va ziddiyatlar reja


Pedagog madaniyati va pedagogik bilimi



Yüklə 75,66 Kb.
səhifə7/8
tarix09.06.2023
ölçüsü75,66 Kb.
#127360
1   2   3   4   5   6   7   8
17-Мавзу пед.ка

4.Pedagog madaniyati va pedagogik bilimi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim omillaridan biri yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdan iborat.Inson shaxsi haqida gap ketganda albatta ko’z o’ngimizda komillikka intilgan ma’naviy jihatdan yetuk jamiyatning taraqqiy etishiga munosib hissa qo’sha oladigan yurt ravnaqining buguni va ertasini o’ylaydigan shaxsni keltiramiz.Shu o’rinda pezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltiramiz: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Pedagogik madaniyat –o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo’lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi,pedagogning meyoriy-ma’naviy qarashlarga asoslangan odobidir.Ma’lumki o’qituvchilarda ma’naviy –axloqiy, xususan,pedagogik qiyofasini shakllantirish bo’yicha o’qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko’p qirralidir.
Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni, o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi.
Pedagogik madaniyat muammolari bo’yicha F.N.Gonobolin, N.V.Ko‘zmin, A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va pedagogik faoliyat orqali o‘qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning mazmuni va mohiyatini anglaydilar.
E.A.Grishin pedagogik madaniyatni ifoda etib, o‘qituvchining quyidagi kasbiy ahamiyatga molik sifatlarini ko‘rsatadi: - umumiy bilimdonlik;
- o‘z fanini bilish;
- pedagogik bilim va mahoratlarini doimiy rivojlantirib boorish;
- pedagogik kasbini sevish;
- odamiylik, haqiqatgo‘ylik va talabchanlik;
- ko‘zatuvchanlik, e’tiborlilik va odoblilik.

Yüklə 75,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin