17-mavzu: Pedagogik faoliyatda uchraydigan qarama- qarshiliklar va ziddiyatlar reja



Yüklə 75,66 Kb.
səhifə2/8
tarix09.06.2023
ölçüsü75,66 Kb.
#127360
1   2   3   4   5   6   7   8
17-Мавзу пед.ка

Voqeiy hikoyat. Nishon tumanidagi bir maktabda ikki o’qituvchi ko’p yillar davomida birga ishlaydi. Tashqaridan qaragan kishi ular bir-birlarini yoqtirmasliklarini sezish qiyin. Lekin mana qariyb olti yildan biri ularning o’zaro muomala-munosabatlarida adovat yashirin. Sababi keksa muallimning xudbinligi, yosh tajribasi kamroq bo’lsa ham qobiliyatli muallimaning obro’si ortib borayotganini ko’raolmasligida. Axir keksa muallima maktabning eng birinchisi o’qituvchisi-ku, nega endi ota-onalar, maktab ma‘muriyati u kishiga e‘tibor bermay qo’ydi. Chorak, o’quv yili oxirida yakun chiqarish, mukofotlarga taqdim etish, rag’batlantirish paytlarida ular o’rtasidagi muomala ayniqsa yomonlashadi. O’quvchilarning muvaffaqiyatini ham o’z raqiblari ustida g’alaba deb tushunadilar. Mojaro girdobiga boshqa o’qituvchilar ham tortildi, maktabda nosog’lom axloqiy vaziyat vujudga keldi.
Pedagoglar jamoasida qarama-qarshiliklar chiqishiga ko’pincha, biror o’quvchining qilig’ini baholash tanqidni to’g’ri tushunmaslik; pedagoglar jamoasi yoki ularning bir qismi bilan maktab ma‘muriyati, jamoat tashkilotlari rahbarlarining kelishmovchiligi; oila bilani maktab o’rtasidagi mojaro kabilar sabab bo’ladi. Bunday hollarda nizoni keltirib chiqargan sabab, mativlarini sinchiklab o’rganish, aniqlash va shunga qarab hal etish lozim.
Pedagoglar jamoasida paydo bo’layotgan majoralarning ko’proq uchraydigan sabablaridan biri ba‘zi muallimlarning xudbinligidir. Pedagogik amaliyotda buning uchun real imkoniyatlar mavjud. Buning kurinishlaridan biri obro’ni saqlash uchun intilishdir. Obro’ uchn kurash-ustunlik uchun kurashga, manmanlika aylanib ketadi. Bunday hollarda pedagogik madaniyatni, mahoratni pasroq muallim bolalar yaxshi ko’radigan kasbdoshini ko’rolmaydigan bo’lib qoldi. Natijaa pedagoglar va o’quvchilar jamoasining fikri paydo bo’ladi, bolalar yaxshi ko’radigan qobiliyatli muallim ba‘zan yakkalanib qoladi. O’ziga ortiqcha bino qo’ygan, o’ziga nisbatan tanqidiy qaray odmaydigan muallimlar bunday illatga ko’proq chalinadigan bo’ladilar. Bundaylar o’zlarining jamoadagi mavqelariga ortiqcha baho beradilar. Ko’pincha ula o’zlarining injiqligi va toshbag’irligini- talabchanlik va qattiqo’llik hisoblab, o’zlariga qo’yilayotgan qonuniy talablarini esa adolatsizlik deb qaraydilar. Profsseonal xudbinlik yuqimli illat bo’lib, muallimlar oasida yaxshi muomila- munosabatlarini buzadi, zaharlaydi, tarbiyaviy ishlariga putur yetkazadi,guruhbozlikni keltirib chiqaradi. Guruhbozlik, xudbinlik qusurlari pedagogik jamoani bo’lib-bo’lib yubaradi, asosiy muhim ishlarini bajarishga chalg’itadi, odamlarning tinkasini quritadigan nizollarni, keltirib chiqaradi, pedagoglar jamoasida nosog’lom axloqiy- ruhiy vaziyat paydo bo’ladi. Bu illatlarni bartaraf etish uchun pedagoglar jamoasining kuch-g’ayratini muallimlarning pedagogik madaniyati, mahoratini, ma‘suliyatini oshirishga o’quvchilar bilimini, o’quv nizomini yaxshilash yo’llarini izlashga safarbar etish lozim.
Pedagoglar jamoasidagi muomila-munosabatlarini keltirib turuvchi muhim vosita bu, tanqid o’z-o’zini tanqidir. Lekin tanqid qilish kishidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Qo’pol tanbeh, noto’g’ri tanqid muallimlar urtasidagi yaxsho’i muomalani buzishi, kishini urinsiz xafa qilishi mumkin. Bundan pedagoglar jamoasi ham aziyat chekadi. Shuning uchun ham muallimning biro ishina baho berish, muomala qilishda pedagogik odob talablariga rioya qilish, muallimaning insoniy qad-qimmati, obro’sini saqlashga intilish zarur.
Maktab jamosida muomala odobining muhim vazifasi pedagoglar orasida ma‘naviy vaziyatni yaxshilashdir. Buning uchun maktab va jamoat tashkilotlarining rahbarlari pedagoglarning hayoti, faoliyati, muamala-munosabatlari qaysi omil (faktr) va shart- sharoitlariga bog’liqligini aniqlab bilib olshlari zarur. Hxarakteriga kura obe‘ktiv yoki sube‘ktiv yoki sube‘ktia sharoitlar, omillar bo’lishi mumkin.o’zbekiston resbublikasida yoshlarni o’qitish va tarbiyalashda maqsad birligi; davlvt ta‘lim tizimini ustuvor yo’nalishda qatoriga kiritib har yili byudjetdan katta miqdorda mablag’lar ajratayotgani maktalarning o’quv moddiy bazasini mustahkamlashga korxonalar, muassalar e‘tibori jalb qilinayotgani; muallimlarning moddiy ahvoli, obro’sini, pedagogik mahoratini oshirish borasidagi g’amxo’rliklar pedagogik jamoalarda muomala odobini shakllantirish uchun ob‘ektiv faktorlardir. Lekin aynan biror maktabda mavjud muomala odobi shu maktabning o’ziga xos shart-sharoitlariga, ko’pincha har bir muallimning pedagoglik madaniyati va mahoratiga, maktab rahbarlarining bilimdonligi, axloqiy madaniyati, axloqiy qiyofasi, boshqaruv uslubi, murosaga kela bilishi, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish usullari, norasmiy aloqalarning xarakteri kabilarga bog’liq bo’ladi.

Muomala odobining shakllanishiga jamoat tashkilotlarining roli kattadir. Ular muallimning obro’sini oshirish, jamoat ishlariga faol qatnashtirish yo’li bilan o’qituvchining axloqiy va pedagogik madaniyati, mas‘uliyatini oshirishga ko’mak beradi. Jamoat tashkilotlari maktabda mehnat intizomini mustahkamlashi, o’qituvchilarga talabchanlikni, ularning mas‘uliyat hissini oshirish, qadr-qimmatini saqlash, qobiliyat va talantini namoyish etishiga ko’maklashishi zarur. Muallim har so’zini o’ylab gapirishi, boshqalarning, kasbdoshlarining so’zi, fikri, mulohazalarini tinglay bilish ham pedagogik jamoada o’zaro muomala-munosabatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Xullas, pedagoglar jamoasida muomala odobi quyidagilarni taqazo qiladi:


- muallimning o’z ishidan ma‘naviy qoniqish hosil qilishi;
- o’qituvchilar va barcha pedagogik xodimlarning o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z bilimlarini oshira borishi;
- pedagoglar jamoasidagi har bir muallimning ruhiy xususiyatlarini e‘tiborga olib, uning faoliyatini, ishchanligini pedagogik odob nuqtai-nazardan nazorat qilib borish;
- nizoli vaziyatlarni printsipiallik asosida, ob‘ektiv tahlil etib, konflektlarni adolat va muallim shaxsini hurmatlash asosida bartaraf etish;
- muallimla mehnatini rag’batlantirishda adolatli bo’lish, nizolar chiqarishga yo’l qo’yish;
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ruhiy xislati, xarakterlari mos kelishini e‘tiborga olish;
- pedagoglar jamoasining boshqarishni insoparvarlik va demokratiklik tamoyillari asosida takomillashtirish kabilar.


Yüklə 75,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin