V.A.Slastelin pedagogik madaniyatning integral ko‘rsatkichlari deb quyidagilarni hisoblaydi:
- mutaxassislik sharafi va g‘ururini his etish;
- jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi.
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi: Ijodiy individuallik- sezgi, farosat, odob, intuistiya. V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatga ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi. Pedagogik madaniyatning muhim tashkil etuvchilari sifatida V.I.Pisarenko quyidagilarni ko‘rsatadi:
- intelegentlilik;
- bilimlar doirasining kengligi;
- kasbi bo‘yicha bilimlarining chuqurligi;
- ilmiy va ijtimoiy ma’lumotlar oqimida yo‘l topa olish mahorati; - pedagogik faoliyatda bilm va mahoratlardan foydalana bilishi.
Pedagogik madaniyat muamolarini o‘rganish. Bu tizimning quyidagi tashkiliy qismlarini ajratib ko‘rsatishga imkoniyat beradi.
O‘qituvchining shaxsiy kasbiy pedagogik yo‘nalganligi. Bu komponent tizimini tashkil etuvchi element hisoblanadi. U pedagogik jarayonning uning qiziqishlari, layoqati, ishonchi, g‘oyalari orqali pedagog faoliyatni insonparvarlashtirishga qaratilgan mustahkam sabablar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Pedagogik jarayoni tashkil etishda o‘qituvchining shaxsi kasbiy pedagogik yo‘nalganligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
G‘oyalarini (pedagogik vazifalarni keng ko‘ra olishi, pedagogik fikrlashi, rivojlanishi, o‘zini rivojlantirish bilan shug‘ullanishi, pedagogik o‘zaro aloqalarda professionalzmga erishish)
Qiziqishlari (fanga qiziqishi, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirishi, o‘qituvchilarning ta’lim darajasini va umumiy ma’naviy madaniyatlarini oshirish)
Qadriyatli yo‘nalishlari (yuqori bilmga ega bo‘lish, tarbiyalash, o‘qituvchi va rivojlantirish jarayonlarida o‘quvchilarini faollashtirish)
Bu tadqiqotlarning umumiy xulosalariga asosan, kasbiy pedagogik yo‘nalganlikning muhim omili bo‘lib, o‘qituvchining insonparvarligi, uning o‘quvchilarga oliy qadriyat sifatida munosabati, o‘quvchining shaxsi, qadr-qimmatini hurmat qilish, mehribonligini do‘stona talabchanligini, befarqlik kamsitish va shavqatsizlikka yo‘l qo‘ymasligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatga iste’dodi asosida sabablari va maqsadlari yotadi. Sabablari pedagogning pedagogik faoliyatiga anglab etgan holda intilishi bilan ifodalanadi.
Maqsadlari - bu o‘qituvchining kasbiy faoliyatida natijalarga erishishga intilishlaridir.
Shunday o‘qituvchi shaxsining kasbiy pedagogik yo‘nalganligi o‘zida uning g‘oyalarini, qiziqishlarini, qadriyatli yo‘nalishlarini birlashtiradi va pedagogning shaxsiy sifatlarini moslashtirishi haqiqiy imkoniyatlarini, uning o‘quv tarbiyaviy jarayon talablari kasbiy darajasini aks ettiradi. Demak yoshlar va kasb tanlash kasbiy o’zlikni anglash va kasbiy shakllanishi sharoitida kasbiy qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarning yechimini topishi lozim.Aks holda kasbiy madaniyat bosqichlari o’rtasidagi uyg’unlik yo’qoladi va mutaxasis talabga javob bermaydi.Bo’lajak o’qituvchilarda asosan yuksak pedagogik madaniyatning mavjudligi shu bilan o’lchanadiki u tinib-tinchimaydigan shaxs bo’lib doim izlanishda bo’ladi.
Dars-mashg’ulotlarini bir xil usulda emas balkim har bir mavzuga mos holda turli xil metod va vositalardan foydalanishi bundan tashqari kiyinish va muloqot madaniyatini ham alohida e’tibor qaratishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” 2016.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” 2017
3. Sh.Qurbonov. Ta`limning yangi qadiriyatlari. "Ma`rifat" 25sentyabr 1999., 75-76 son.
4. M.Ochilov. O`qituvchi odobi. T., 1997 yil.
5. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T., "O`qituvchi", 1995 yil.
6. A.Munavvarov. Pedagogika. T., "O`qituvchi", 1996 yil.