58
avj olishi, axborot vositalarining zararli ta‟sirlari va hokazo. Bu dalillardan
tezisning to„g„riligi mantiqiy ravishda kelib chiqadi.
Lekin shunday hollar ham bo„ladiki, tezisning to„g„riligini isbotlovchi
dalillar bir vaqt bo„lmay qoladi. Bunday holda tezisga zid bo„lgan
hukmning xatoligini isbotlash zarur bo„ladi. Tezisga zid bo„lgan fikrning,
ya‟ni antitezisning xatoligini aniqlash asosida tezisning to„g„riligi
isbotlanadi. Isbotlashning bu usuli vositali isbotlash deb ataladi. Masalan,
“Bilim va axloq jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchidir” tezisini isbotlash
uchun unga zid bo„lgan fikr – “Bilim va axloq jamiyat taraqqiyotining
asosiy kuchi emas” antitezisi hosil qilamiz va uning noto„g„riligini
isbotlash orqali tezisning to„g„riligini isbotlaymiz.
Bahs, munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato
fikrlarni rad etishning o„ziga xos qonun qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish
har bir insonga, shu jumladan talabalarga chin fikrni xato fikrdan ajrata bilish,
to„g„ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Isbotlash va
rad etishning quyidagi qoidalari mavjud va bu qoidalar buzilganda mantiqiy
xatoliklar kelib chiqadi:
1-qoida. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo„lishi kerak. Bu qoida buzilsa,
isbotlash yoki rad etish o„zining aniq predmetiga ega bo„lmay qoladi. Aniq va
ravshan ta‟riflanmagan tezisni isbot qilib bo„lmaydi.
2-qoida. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha
o„zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa “tezisni almashtirish” degan
xato kelib chiqadi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan
almashtiriladi. Tezis mazmunining toraytirilishi
yoki kengaytirilishi ham
bahs jarayonida tezisning o„zgarishiga olib keladi.
3-qoida. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar haqiqiy, to„g„ri,
isbotlangan bo„lishi va bir-biriga zid bo„lmasligi lozim. Chunki
asoslarning xatoligidan tezisning xatoligi kelib chiqadi. Isbot jarayonida
xato asoslardangina emas, isbotlanmagan asoslardan ham foydalanish
mumkin emas.
4-qoida. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo„lishi kerak. Ayrim
holatlarda isbotlash uchun keltirilgan dalillar to„g„ri bo„lib,
lekin tezisni
isbotlash uchun etarli bo„lmasligi mumkin. Bunday holatlarda ham tezis
isbotlanmay qoladi.
5-qoida. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan
hukmlar bo„lishi lozim.
6-qoida. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa
bo„lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish
qoidalariga rioya qilish zarur.
59
Birinchi
va ikkinchi qoidalar tezisga, uchinchi, to„rtinchi va beshinchi
qoidalar argumentlarga, oltinchi qoida esa demonstratsiyaga tegishli
qoidalardir.
Mantiqiy xatolar
tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish
qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida
isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo„l qo„yuvchilar sofistlar
deb, ularning ta‟limoti esa sofizm (grek.-ayyorlik) deb ataladi. Fikr
yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo„l qo„yilsa, paralogizm
deyiladi. Chinligini ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo„lgan
fikrlar esa, paradoks deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: