56
3–mavzu: ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING
MANTIQIY SHAKLLARI
1.
Mantiqiy isbot, uning tarkibi va turlari. Isbotlash qoidalari.
2.
Raddiya va uning usullari
3.
Savol va muammo, uning tafakkur jarayonida tutgan o„rni.
4.
Gipoteza va nazariya
Tayanch so„zlar:
argumentlash, dalillash, isbot, raddiya, paradoks,
demonstratsiya, asos, tezis, antitezis, sofizm, paralogizm, muammo, savol,
faraz, gipoteza, nazariya.
1. Mantiqiy isbot, uning tarkibi va turlari
Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o„zaro farqlanadi.
Dalillash (argumentlash) deb, biror fikr, hukmni yoki hukmlar tizimini
voqelikka bevosita murojaat qilish yo„li bilan (kuzatish, tajriba-
eksperiment va hokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan
boshqa hukmlar yordamida asoslab berishga aytiladi.
Dalillashning xususiy ko„rinishi mantiqiy isbotlashdir.
Dostları ilə paylaş: