O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla


Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi



Yüklə 447,45 Kb.
səhifə5/7
tarix12.05.2023
ölçüsü447,45 Kb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7
Moylar. tabiatda olinishi2234

Yog`larda atsilglitserinlarning tarkibi
Yog`larning yog` kislotalari tarkibi juda muhim ahamiyatga ega va bu haqida yuqorida batafsil to`xtalib o`tilgan edi. Ammo yog`lardagi atsilglitserinlar tarkibi va tuzilishi ham ularning xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi. Lekin atsilglitserinlar tarkibi haqida to`la ma`lumotga ega bo`lish amalda juda murakkab tajribalar o`tkazishni va ko`p vaqtni talab qiladi. Masalan, triatsilglitserinlarni eterifikatsiyalashda yog` massasida N turdagi yog` kislotalari ishtirok etayotgan bo`lsa, hosil bo`ladigan triatsilglitserinlar soni (ehtimolligi) pozitsion izomerlarni hisobga olgan holda quyidagicha bo`lishi mumkin:
N = (n3 + n2) / 2
Masalan, yog` tarkibida 5 ta yog` kislotasi bo`lsa, 75 turdagi strukturasi va tarkibi bilan farq qiladigan triatsilglitserinlar hosil bo`lishi mumkin.Shuning uchun ba`zan atsilglitserinlardagi to`yingan va to`yinmagan yog` kislotalari tarkibi va stereospetsifik tuzilishini aniqlash osonroq va kifoya bo`lib qoladi. Yog`lardagi to`rt guruhdagi atsilglitserinlarni aniqlashga imkon beruvchi tajriba usullari mavjud. Bular trito`yingan, dito`yingan – monoto`yinmagan, monoto`yingan – dito`yinmagan va trito`yinmagan atsilglitserinlardir.
Birinchi navbatda yog`larda to`yingan va to`yinmagan atsillarning taqsimlanish tartibi katta ahamiyatga ega. Taqsimlanish tartibi 2 xil bo`lishi mumkin:
1) taqsimlanish ehtimolligi qonuniga asosan statistik taqsimlanish;
2) teng taqsimlanish (ravnomernoe raspredlenie). Statistik taqsimlanish glitserinning ekvivalent miqdoridagi yog` kislotalari bilan eterifikatsiyalanishi bilan triatsilglitserinlar hosil bo`lishida kuzatiladi. Bunday taqsimlanishda triatsilglitserinlardagi to`yingan (P) va to`yinmagan (N) yog` kislotalari tarkibi quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:


(P + N)3 = GP3 + 3GP2N + 3GPN2 + GN3 = 1;

bunda G – tegishli yog` kislotalarining atsilglitserinlari. Ko`pgina tajribaviy materiallarga asosan triatsilglitserinlarning stereospetsifik tuzilishi (taqsimoti) xaqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:


Tarkibida ko`p polialken kislotalari (40-50% va undan ko`p ) bo`lgan o`simlik moylarida, shuningdek, tarkibida ko`p to`yingan kislotalari (65% dan ko`p) bo`lgan o`simlik urug`lari va mevalari yog`larida atsilglitserinlardagi yog` kislotalari taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir, masalan, kungaboqar, paxta moyi, kokos va pal’ma yog`larida. Agar to`yingan yog` kislotalari yog`larda, jumladan suv hayvonlari yog`larida ham kam bo`lsa atsilglitserinlardagi yog` kislotalari taqsimoti teng taqsimlangan bo`ladi. Ko`pgina hayvonlar yog`ida ham atsilglitserinlardagi yog` kislotalari teng taqsimlangan bo`ladi. O`t-o`lanlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yog`i va stearin kislotasiga boy yog`lardagi atsillar taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yog`lardagi atsillarning sn-1, sn-2 va sn-3 holatlarda joylashuv tartibi ham o`ziga xosdir. Ko`pgina o`simlik moylarida uglerod atomi soni 18 ga teng bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalarining 95-99% gachasi sn-2 holatda joylashgan bo`ladi. Masalan, paxta moyida bu 89% ni, kungaboqar moyida 93-95% ni, masxar (soya) moyida 97-99% ni tashkil etadi. Pal’mitin, stearin va eruk kislotalari atsillari o`simlik moylarida deyarli doimo sn-1 va sn-3 holatlarda uchraydi. Kakao moyining o`ziga xosligi shundan iboratki, uning molekulasida to`yingan va to`yinmagan atsillar simmetrik joylashgan bo`ladi. Hayvon yog`laridagi atsilglitserinlarning sn-2 holatida asosan to`yingan yog` kislotalari joylashgan bo`ladi.
Sun’iy moylarni neft moylariga qaraganda o’rtacha tannarxi 2-3 marta 
kamroqdir. Ekspluatatsion xossalari yaxshiligi bilan birgalikda tejamkorliroqdir, chunki dvigatelda ishlash davri katta va ular kamroq xarajat sarflanadi. 
Neksiya, Tiko va Damas turidagi avtomobillar uchun zavod ko’rsatmasiga 
muvofiq SG 5W30, SAE 25W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SFCC turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xar qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash bo’lgani sababli, motor moylari qo’yidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak. 
1. Dvigatel detallarining eyilishini, ishqalanishni engishga kam quvvat 
sarflanishini, shuningdek detallarning tozaligini ta’minlashi kerak. 
2. Ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi. 
3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o’tishi, sovuq 
vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta’minlashi kerak. 
4. Quyishga bo’ladigan sarf minimal darajada bo’lishini ta’minlaydigan 
optimal tarkibga ega bo’lishi kerak. 
5. Tashish va uzoq vaqt saqlash davomida ekspluatatsion xossalarini saqlab 
qolishi kerak. 
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalaniladigan moylar-
motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi, ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining eyilishini kamaytirishdir. 


Yüklə 447,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin