I bob.Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni va O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muaassalari vujudga kelishi 1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta‘limning o‘rni
I bob.Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni va O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muaassalari vujudga kelishi 1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta‘limning o‘rni
Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqi iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada jamiyatda yangicha ma‘naviy va axloqiy qadriyatlar shakllanmoqda. Shu asosda ta‘limning qadriyatlari muntazam to’ldirib borilmoqda. Islohotlarning asosiy mohiyati — shaxsga, uning huquqlari, fuqarolik erkinligi, orzu-umidlari, jamiyatdan munosib o’rnini egallay olishiga yo’naltirilganligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda milliy madaniy-tarixiy va ma‘naviy merosni tiklash va rivojlantirish borasida erishilgan zalvorli yutuqlar bevosita o’qitish va ta‘lim jarayonining mazmuni hamda shaklini sezilarli darajada o’zgartirib yubordi. Bu shubhasiz, ta‘limni insonparvarlashtirish, shaxsni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ko‘rinadi