*1987 yilda ishlab chiqarish 100% qabul qilingan.
Olishusuli. Xozirgi kunda sun’iy moylarni ishlab chiqarishga qiziqish ortib bormoqda. Sun’iy moylarni olishning dièfir (mukammal èfirlarni ikki asosli karbon kislota), polialkenglikolli, polisiloksenli, ftoruglerodli va xlorftoruglerodli usullari qo’llanilmoqda.
Mukammal efirlardan, ikki asosli kislota bilan bir atomli spirtni, bir asosli kislotani ko’p atomli spirtga qo’shilishidan moy olish keng tarqalgan bo’lib, dièfirlar deyiladi.
Har xil glikollar va boshqa xildagi spirtlar ètileni oksidi bo’yicha, propilen oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi.
Polialkenglikollar o’zining strukturasiga asosan uzun zanjirli oddiy polièfirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi bo’lishi mumkin. Ularni alkilli èfir guruxi bilan almashtirishdan poliglikolli èfirlarni olish mumkin. Poliglikol molekulasida har xil radikallar olinadigan maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus yog’lash moylari va suyuqliklari sifatida polimer kremniyorganik birikmalari(polisilokan, silikatlar) keng tarqalgan. Ular asosida - kremniy va kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi.
Kremniy atomining yon tomonidagi zanjirlar uglevodorodli va boshqa organik radikallarni turli xilda biriktiradi.
Amaliyotda yog’lash moylarini metilli-radikalli polimerlar hosil qiladi. Metilpolisiloksanlar va ètilradikali ètilpolisiloksanlar shular jumlasidandir.
Uglevodorodni hamma vodorodi ftorli atomlarga almashtirish yo’li bilan ftoruglerodli moylar, vodorod atomini qisman xlor bilan, qisman èsa ftor bilan almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi.