O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”



Yüklə 133,53 Kb.
səhifə5/9
tarix21.10.2023
ölçüsü133,53 Kb.
#158942
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi

Moylarning asosiy xossalari. 
 1. Qovushqoqlik xossalari.
Qovushqoqlik moylarning eng muxim tariflaridan biridir. Turli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog’liq bo’ladi. Moy qatlamining mustaxkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning o’zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgalanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, moy pardasining ishonchliligi
shuncha yuqori bo’ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko’proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsienti
ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni
oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo’lishi kerak.
Ishqalanish rejmlari moy pardasining mustaxkamligiga qarab 3 xil bo’ladi:
- Suyuqlikli ishqalanish rejmi -bunda detallar eyilmaydi.
-Chegaraviy rejim -bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy pardasi bo’lmaydi. Moy faqat qismlarning yuzasidagi mikronotekisliklar orasini to’ldirgan
xolatda mavjud buladi. Bu ishkalanuvchi rejim beqaror bo’lib, detallarni
emirilishiga olib keladi.
-quruq ishqalanish rejimi bunda kismlar orasida umuman moy bulmaydi,
detallar emiriladi.
2.Moylarning harorat ta’siriga chidamlik xossalari.
Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksidlanmaydi. Lekin S haroratda esa oksidlanish jarayoni juda keskin kechadi. Dvigatelning yuqori haroratli zonalarida oksidlanish va termik parchalanish natijasida moylar tarkibida avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari hosil bo’ladi.
Bunda moyning tashqi ko’rinishi xiralashibgina qolmasdan, uning fizik-kimyoviy xosslari xam o’zgaradi, natijada porshen va xalqalarida lak-qurum hosil
bo’lishiga olib keladi.
Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda èrigan holatdagi birikmalar (smolalar, kislotalar) hosil bo’ladi. Keyinchalik ular èrimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish maxsullari va iflosliklarini èrimagan holatda tutib,
dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish xosslari deb ataladi.
Moy ko’p fraktsiyali suyuqlik bo’lganligi sababli muayyan haroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi. Moyning harakatlanish qobiliyati yukolishiga olib keladigan harorat qotish temperaturasi deyiladi. Qotish harorati moyning sifatini bildiruvchi muxim ko’rsatkich hisoblanib moy yurgizib yuborish xosslarini baholaydi.
Zararli omillarning moyga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil rejim farq qiladi:
-yuqori haroratli (130 - 1500C)
-past haroratli (30 -400C).
Moy baland haroratli ish rejimida ishlatilganda ŝilindlar guruxiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq zarralar) va lak pardasi qoplaydi, lak pardasi yupqa va juda pishiq bo’lib, porshen xalqari zonasi va porshenning yo’naltiruvchi yuzasini qoplab, porshen xalqalarining kuyib-qorayishiga sabab bo’ladi.
Moy past haroratli rejimda xam yomon ishlaydi, chunki sovuq dvigatelda yonilg’ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala yonish maxsullari (yonilg’ining og’ir fraktsiyalari) miqdori ko’payadi. Suv bug’i, kristalli birikmalar paydo bo’ladi. Natijada moyning ifloslanishi tezlashadi, moyga aralashgan suv moydagi
iflosliklarni quyulib, quyqa xolida cho’kishiga imkon yaratadi.
3. Moylarning eyilishga va korrozion eyilishga qarshi xossalari.
Ishqalanuvchi sirtlarni eyilishdan saqlash har qanday moylash materiallarning asosiy vazifalardan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko’rsatgichlari: moy pardasi, mustahkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, obraziv mexanik aralashmalarning yo’qligi bilan baholanadi. Eyilishni kamaytiruvchi prisadkalar sifatida: fosfor, oltingugurt, xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 1500S haroratgacha ishqalanish sirtida èlektr kuchlari hisobiga mustahkam parda xosil qiladi. Bu parda qism sirtini eyilish, tarnalish, qirilish va emirilishdan saqlaydi. Korrozion eyilish tezligiga kislotalar va suv katta ta’sir ko’rsatadi.

Olish usuli.


Xozirgi kunda sun’iy moylarni ishlab chiqarishga qiziqish ortib bormoqda.
Sun’iy moylarni olishning diefir (mukammal efirlarni ikki asosli karbon kislota), polialkenglikolli, polisiloksenli, ftoruglerodli va xlorftoruglerodli usullari qo’llanilmoqda.
Mukammal efirlardan, ikki asosli kislota bilan bir atomli spirtni, bir asosli kislotani ko’p atomli spirtga qo’shilishidan moy olish keng tarqalgan bo’lib,diefirlar deyiladi.
Har xil glikollar va boshqa xildagi spirtlar etileni oksidi bo’yicha, propilen oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi.
Polialkenglikollar o’zining strukturasiga asosan uzun zanjirli oddiy poliefirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi bo’lishi mumkin. Ularni alkilli efir guruxi bilan almashtirishdan poliglikolli efirlarni olish mumkin. Poliglikol molekulasida har xil radikallar olinadigan maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus yog’lash moylari va suyuqliklari sifatida polimer kremniyorganik birikmalari (polisilokan, silikatlar) keng tarqalgan. Ular asosida - kremniy va kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi.
Kremniy atomining yon tomonidagi zanjirlar uglevodorodli va boshqa organik radikallarni turli xilda biriktiradi. Amaliyotda yog’lash moylarini metilli-radikalli polimerlar hosil qiladi. Metilpolisiloksanlar va etilradikali etilpolisiloksanlar shular jumlasidandir.
Uglevodorodni hamma vodorodi ftorli atomlarga almashtirish yo’li bilan ftoruglerodli moylar, vodorod atomini qisman xlor bilan, qisman esa ftor bilan almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi.
Sun’iy motor moylari amalda keng qo’llanib kelinmoqda. Sun’iy motor moylarining èkspluatatsion xossalari neft moylariga qaraganda yaxshirokdir. Sun’iy motor moylari ishlab chiqarish va ularni èkspluatatsiya qilish uchun kun sayin ortib bormoqda (4 jadval).
Sun’iy motor moylarini ishlab chiqarish hajmi o’sib bormoqda. Su’niy moylar jami ishlatiladigan moylarning 1980 yilda 1% ni 1985 yil 8% ni va 1997 yil 40% ni tashkil kilgan.


Yüklə 133,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin