O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” KAFEDRASI
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nurmuminova Shahnoza Muxammadovnaning
Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda MTT direktorining tashkilotchilik qobiliyati va muomila madaniyati”
mavzusidagi
Kurs ishi
Ilmiy rahbar: ______________
Jizzax-2023
MUNDARIJA
I.Kirish……………………………………………………………………………….
II.Asosiy qism
1.Rahbarlik tushunchasining mazmun mohiyati……………………..………………
2.Rahbar psixologiyasi va rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar…………….……..
3.MTT rahbari: tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog va unga qo'yilgan talablar……………………………………………………………………..
4.MTT rahbarining o’z imidjini yaratish imkoniyatlari…………………..………….
III.Xulosa…………………………………………………………………..……..…..
IV.Adabiyotlar ro’yxati……………………….……………………………..………
KIRISH
Mavzuningdolzarbligi. O`zbekistonRespublikasining mustaqilligi sharoitida demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma'naviy– axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi. Zero, sog`lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi ta'minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatiniberadi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Sog`lom avlod” davlat dasturi mazmunida o`z aksini topgan g`oyalar insonni intellektual va ma'naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, bo’lajak Mudiralarda sog`lom shaxsni tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish imkonini beruvchi eng maqbul yo`l ekanligini ifoda etadi.Yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularda mafkuraviy va jismoniy jihatdan xavfli sanalgan salbiy odatlarning qaror topishini oldini olish, ularga qarshi kurashuvchanlik immunitetini hosil qilish, pedagogika nazariyasi va amaliyotida keng ko`lamda tadqiq etilishi lozim bo`lgan muhim muammolardandir.
Mavzu doirasida qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga qaramasdan, Kurs ishi olib borilishini taqozo etgan mazkur muammoning dolzarbligini quyidagi omillarni belgilaydi: - ijtimoiy – siyosiy omil. Tarixiy xronologik manbalarni o`rganish natijasida shunday to`xtamga kelish mumkin: inson mavjud ekan, uning hayoti va salomatligi muhofazasini ta'minlash dolzarb ijtimoiy masalalardan biri sifatida e'tirof etilib, mazkur muammoga o`sha davr ehtiyojiga ko`ra o`ziga xos tarzda yondashilgan.Jamiyatda sog`lom bolalarni tarbiyalash o`sib kelayotgan yoshlarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo`lgani kabi bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.Hattoki, 1-prezidentimiz I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida xalqning sog`lom va farovon hayot kechirishini asosiy sharti insonning “...hayot tarzini, hayot kechirishini to`g`ri tashkil qilishi, o`z salomatligiga bo`lgan oqilona munosabatidir” deya ta'kidlab, sog`lom bolalarni tarbiyalash va madaniyatini jamiyat a'zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo`lmaydigan muammo ekanligini qayd etgan holda – 2005 yilni mamlakatimizda “Sihat – salomatlik yili” deb e'lon qildilar.
Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta`lim-tarbiyaviy pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart -sharoitlarni ta`minlaydi. O’z jamoasida ishchanlik maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o’z ishida-davlatimiz va Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik tamoyillik o’ziga va qo’l ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi to’g’ri o’zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta`minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o’z g’oyaviy, ma`naviy ma`rifiy, siyosiy – huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta`lim - tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta`lim oldida turgan vazifalarni bilishga va o`z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U dastur metodik instruktiv, normativ xujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish choralarini ko`rishi lozim.
Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri Xalq ta`limini boshqarish organlari tomonidan oliy ma`lumotga va 3 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish stajiga ega bo`lgan yoki o`rta mahsus ma`lumotiga va 5 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish stajiga ega bo`lgan shaxslardan tanlanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida qadrlarni tanlash joy-joyiga qo’yish tarbiyalash bo`yicha ishni mehnat jamoasi maktabgacha ta`lim muassasasi kengashining faol ishtirokida ma`muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi rahbarlari qadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta`lim mahoratini umumiy ta`lim va madaniy darajasini muntazam uyishtirib borishiga g’amxo`rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha talim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o`z vaqtida joydan-joyga ko`chirib turilishini ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida kadrlar rezervi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi. Mudira maktabgacha ta`lim muassasasining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u maktabgacha ta`lim muassasasini obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarini to`gri taqsimlash, muassasasini oziq - ovqat moddalari bilan ta`minlash rejimini to`g’ri tashkil etish rejasida maktabgacha ta`lim muassasasini bolalar bilan to`ldirish, ta`lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo`lgan moddalar bilan ta`minlashi (kamida haftada 2 marta) xamirli ovqatlari (bulochka, pechenye). Pedagogik va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari bo`yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash muhofaza qilishi uchun bolalar muassasasida to`g’ri rejalari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigienik qoidalarning bajarilishiga, tadbirlar o`tkazadi. Qishga oziq-ovqat mahsulotlarini jamlaydi. Vitaminga boy bo`lgan mevali o`simliklarni o`stiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari o`z vaqtida oylik maosh bilan ta`minlanadi.
Mehnatga ishchilarning intizomiga qat`iy rioya qiladi. Ish yuritish qattiq nazorat qilinadi. Katta xodimlar bilan o`z vaqtida ta`minlaydi. Aktiv xodimlarni rag’batlantiradi. Mudira maktabgacha ta`lim muassasasida o`tkaziladigan joriy kapital remontga bosh rahbardir. Zavxoz, kladovshik, kir yuvuvchi, kastilyansha, bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shafyor bilan yakkama -yakka suhbat o`tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etiladi. Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi. Tashkliy - pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi. 1). Bayram ertaklarini o`tkazish va rahbarlik qilish. 2). Ochik tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va taxlil qilish.
Masalan, ochiq mashg’uloti, sayrlarni kuzatish.
3) Xalq ta`limi bo`limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko`rik-kurslarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, sanat bayrami, sport bayramlarini o`tkazish.
Mudiraning ta`lim-tarbiyaviy jarayonlariga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta`lim- tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va taxlil qilish, tarbiyachining ish xujjatlarini o`rganish va taxlil qilish guruhning ta`lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o`tkazilgan ishlarning xisobotidir.
b) guruhning jixozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.
Mudira kvartalda birinchi Mart kuni umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba`zi bir muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi. Mudiraning jamoatchilik va mahalla komissiasi bilan ish metodlari quyidagi tarzida amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferensiyalar.
2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq ta`limi bo`limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar Universitetning asosiy maqsadi:Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Mudira tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o`rnatib 1 yilga mo`ljallangan reja asosida ish ko`radi. 1- yilga mo`ljallangan reja asosida maktabgacha ta’lim muassasasi vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar choralar, bolani maktab ta`limiga tayyorlash, lotin alifbosi o`qish yozish, mukammal o`rganish. Bunda Mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma`muriy xo’jalik faoliyat – bunda reja kontingenti bo`yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta`lim muassasasi dasturining maktabgacha ta`lim tizimiga belgilangan xarajatlarni o`z vaqtida joy – joyiga qo`yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishini to`g’ri tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish sezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to`g’ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasiga kerakli texnikaviy va xo`jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta`minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o`z vaqtida remont qilish va o`quv-ko`rgazmali qurollari bilan to`ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur – metodik xujjatlarda tavsiya etilgan ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnatni estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta`minlash, bolalar maydonchasi va uchastkasini to`g’ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, vrach bilan birgalikda meditsina ishlarini nazorat va bolalarni sistemali medisina ko’rigidan o’tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo’jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy ma`naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi maktabgacha ta`lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma`muriyatini ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qo`yuvchi zarur choralar ko`radi; maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma`muriy-buyruqbozlik urinishlariga uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo`yadi; shu masalalar bo`yicha tegishli organlarga murojat qiladi.
Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta`lim muassasasi nomidan harakat qiladi, barcha shuhrat va jamoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch qog’ozlarini beradi, banklarda xisob va boshqa schotlarini ochadi; maktabgacha ta`lim muassasasi uchun zarur bo`lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, suhbatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o`tkazish yo`li bilan ijaraga olish va buyurtma berish xuquqiga ega. Mudira maktabgacha ta`lim muassasasi xuquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko`rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar maktabgacha ta`lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta medodist xamshirasi, xo`jalik mudirining o`z xuquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma`muriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, meditsina, xizmat ko’rsatish tarmoqlari hodimlari. Maktabgacha tarbiya muassasasi ma`muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mudira mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining Ustavini ko`rib chiqadi va qabul qiladi; maktabgacha ta`lim muassasasi kengashini tuzish zarurligini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma`muriyat xisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko`rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi;
Jamoa shartnomasini muxokama qiladi va kasaga uyushmasi qo`mitasiga taqdim etadi.