UB ulanish sxemasida aktiv rejimda ishlayotgan n-p-n tuzilmali diffuziyali qotishmali bipolyar tranzistorni o`zgarmas tokda ishlashini qo`rib chiqamiz (27 a,b,v- rasm). Bipolyar tranzistorning normal ishlashining asosiy talabi bo`lib baza sohasining etarlicha kichik kengligi W hisoblanadi; bu vaqtda
W L sharti albatta bajarilishi kerak (L-bazadagi asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilarning diffuziya uzunligi).
Bipolyar tranzistorning ishlashi uchta asosiy hodisaga asoslangan:
emitterdan bazaga zaryad tashuvchilarning injektsiyasi;
bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilarni kollektorga o`tishi;
bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilar va kollektor o`tishga
etib kelgan asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilarni bazadan kollektorga ekstraktsiyasi.
Emitter o`tish to`g`ri yo`nalishda siljiganda (UEB kuchlanish manbai bilan ta`minlanadi) uning potentsial to`siq balandligi kamayadi va emitterdan bazaga elektronlar injektsiyasi sodir bo`ladi. Elektronlarning bazaga injektsiyasi, hamda kovaklarni bazadan emitterga injektsiyasi tufayli emitter toki IE shakllanadi. Shunday qilib, emitter toki
bu erdaIep, Ier mos ravishda elektron va kovaklarning injektsiya toklari.
Emitter tokining Ier tashkil etuvchisi kollektor orqali oqib o`tmaydi va zararli hisoblanadi (tranzistorning qo`shimcha qizishiga olib keladi). Ier ni kamaytirish maqsadida bazadagi aktseptor kiritma konsentratsiyasi emitterdagi donor kiritma konsentratsiyasiga nisbatan ikki darajaga kamaytiriladi.
Emitter tokidagi Ien qismini injektsiya koeffitsienti aniqlaydi.
Iep
IE
, (3.4.2)
Bu kattalik emitter ishi samaradorligini xarakterlaydi ( =0,990-0,995). Injektsiyalangan elektronlar kollektor o`tish tomon baza uzunligi bo`ylab elektronlar zichligining kamayishi hisobiga bazaga diffuziyalanadilar va kollektor o`tishga yetgach, kollektorga ekstraktsiyalanadilar (kollektor o`tish elektr maydoni hisobiga tortib olinadilar) va IKn kollektor toki hosil bo`ladi.
Zichlikning kamayishi konsentratsiya gradienti deb ataladi. Gradient qancha katta bo`lsa, tok ham shuncha katta bo`ladi. Bu vaqtda bazadan injektsiyalanyotgan elektronlarning bir qismi kovaklar bilan bazaga ekstraktsiyalanishini ham hisobga
olish kerak. Rekombinatsiya jarayoni bazaning elektr neytrallik shartini tiklash uchun talab qilinadigan kovaklarning kamchiligini yuzaga keltiradi. Talab qilinayotgan kovaklar baza zanjiri bo`ylab kelib tranzistor baza toki Ibrek ni yuzaga keltiradi. Ibrek toki kerak emas hisoblanadi va shu sababli uni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu
holat baza kengligini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi W Ln (elektronlarning
diffuziya uzunligi). Bazadagi rekombinatsiya uchun emitter elektron tokining yo`qotilishi elektronlarning uzatish koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
Real tranzistorlarda
IKp Ep
p =0,980-0,995.
I
P
, (3.4.3)
Aktiv rejimda tranzistorning kollektor o`tishi teskari yo`nalishda ulanadi (Ukb kuchlanish manbai hisobiga amalga oshiriladi) va kollektor zanjirida, asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilardan tashkil topgan ikkita dreyf toklaridan iborat bo`lgan kollektorning xususiy toki 𝐼𝐾𝑂 oqib o`tadi.
Shunday qilib, kollektor toki ikkita tashkil etuvchidan iborat bo`ladi
IK IKp IK 0 , (3.4.4)
Agar IKn ni emitterning to`liq toki bilan aloqasini hisobga olsak, u holda
IKp
IE
IK 0 , (3.4.5)
bu erda
p
- emitter tokining uzatish koeffitsienti. Bu kattalik UB
ulanish sxemasidagi tranzistorni kuchaytirish xossalarini namoyon etadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga mos ravishda baza toki tranzistorning boshqa toklari bilan quyidagi nisbatda bog`liq
IE IB
IK , (3.4.6)
Bu ifodadan baza tokining emitterning to`liq toki orqali ifodasini olishimiz mumkin:
IB 1 IE
IK 0 , (3.4.7)
Koeffitsient 1 ligini hisobga olgan holda, shunday hulosa qilish mumkin:
UB ulanish sxemasi tok bo`yicha kuchayish bermaydi ( IK IE ).
Tok bo`yicha yaxshi kuchaytirish natijalarini umumiy emitter sxemasida ulangan tranzistorda olish mumkin (28 b-rasm). Bu sxemada emitter umumiy elektrod, baza toki - kirish toki, kollektor toki esa – chiqish toki hisoblanadi.
Ko’rsatilgan ifodalardan kelib chiqqan holda UE sxemadagi tranzistorning
kollektor toki quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Bundan
IK IK
IB IK 0 , (3.4.8)
I I
K 1 B
1 I
1 K 0
, (3.4.9)
Agar
1
belgilash kiritilsa, bu ifodani quyidagicha yozish mumkin:
IK IB (
1)IK 0 , (3.4.10)
Koeffitsient - baza tokining uzatish koeffitsienti deb ataladi. ning qiymati o`ndan yuzgacha, ba`zi tranzistor turlarida esa bir necha minglargacha oralig`ida bo`lishi mumkin. Demak, UE sxemasida ulangan tranzistor tok bo`yicha yaxshi kuchaytirish xossalariga ega hisoblanadi.
Tok bo`yicha va koeffitsientlar statik parametrlar hisoblanadi, chunki
ular o`zgarmas toklar nisbatini ifodalaydilar. Ulardan tashqari tok o`zgarishlari nisbati bilan ifodalanidigan differentsial kuchaytirish koeffitsientlari ham keng qo`llaniladi. Statik va differentsial kuchaytirish koeffitsientlari bir biridan farq qiladilar, shu
sababli talab qilingan hollarda ular ajratiladi. Tok bo`yicha kuchaytirish
koeffitsientining kollektordagi kuchlanishga bog`liqligi Erli effekti bilan tushuntiriladi.
UE sxemasi uchun tok bo`yicha differentsial kuchaytirish koeffitsienti
dIK
dIB
temperaturaga bog`liq bo`lib baza sohasidagi asosiy bo`lmagan zaryad
tashuvchilarning yashash vaqtiga bog`liqligi bilan tushuntiriladi. Temperatura ortishi bilan rekombinatsiya jarayonlari sekinlashishi sababli, odatda tranzistorning tok bo`yicha kuchaytirish koeffitsientining ortishi kuzatiladi.
Tranzistor xarakteristikalarining temperaturaviy barqaror emasligi asosiy kamchilik hisoblanadi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan tok bo`yicha uzatish koeffitsientidan tashqari, fizik parametrlarga o`tishlarning differentsial qarshiliklari, sohalarning hajmiy qarshiliklari, kuchlanish bo`yicha teskari aloqa koeffitsientlari va o`tish hajmlari kiradi.
Tranzistorning emitter va kollektor o`tishlari o`zining differentsial qarshiliklari bilan ifodalanadilar. Emitter o`tish to`g`ri yo`nalishda siljiganligi sababli, uning differentsial qarshiligi rE ni aniqlash mumkin:
rE
dU EB
dIE
Ò
IE
, (3.5.1)
bu erda IE – tokning doimiy tashkil etuvchisi. U kichik qiymatga ega (tok 1 mA bo`lganda rE=20-30 Om ni tashkil etadi) bo`lib, tok ortishi bilan kamayadi va temperatura ortishi bilan ortadi.
Tranzistorning kollektor o`tishi teskari yo`nalishda siljiganligi sababli, IK toki UKB kuchlanishiga kuchsiz bog`liq bo`ladi. Shu sababli kollektor o`tishning
K dI K
K
bilan tushuntiriladi va odatda u ishchi toklarning ortishi bilan kamayadi.
Baza qarshiligi rB bir necha yuz Omni tashkil etadi. etarlicha katta baza tokida baza qarshiligidagi kuchlanish pasayishi baza va emittter tashqi chiqishlari kuchlanishiga nisbatan emitter o`tishdagi kuchlanishni kamaytiradi.
Kichik quvvatli tranzistorlar uchun kollektor qarshiligi o`nlab Om, katta quvvatliklariniki esa birlik Omlarni tashkil etadi.
Emitter soha qarshiligi yuqori kiritmalar konsentratsiyasi sababli baza qarshiligiga nisbatan juda kichik.
UB sxemadagi kuchlanish bo`yicha teskari aloqa koeffitsienti (IE = const
bo`lganida)
UB
dU KB
kabi aniqlanadi, UE sxemasida esa (IB
= const
bo`lganida)
UE
dU KE
orqali aniqlanadi. Koeffitsientlar absolyut qiymatlariga
ko`ra deyarli bir – xil bo`ladilar va konsentratsiya va tranzistorlarning tayyorlanish
texnologiyasiga ko`ra
UE = 10 -2 -10 -4 ni tashkil etadilar.
Bipolyar tranzistorlarning xususiy xossalari asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilarning baza orqali uchib o`tish vaqti va o`tishlarning to`siq sig`imlarining qayta zaryadlanish vaqti bilan aniqlanadilar. Bu ta`sirlarning nisbiy ahamiyati tranzistor konstruktsiyasi va ish rejimiga, hamda tashqi zanjir qarshiliklariga bog`liq bo`ladi.
Juda kichik kirish signallari va aktiv ish rejimi uchun bipolyar tranzistorni chiziqli to`rtqutblik ko`rinishida ifodalash mumkin va bu to`rtqutblikni biror parametrlar tizimi bilan belgilash mumkin. Bu parametrlarni h–parametrlar deb atash qabul qilingan. Ularga quyidagilar kiradi: h11 – chiqishda qisqa tutashuv bo`lgan vaqtdagi tranzistorning kirish qarshiligi; h12 – uzilgan kirish holatidagi kuchlanish bo`yicha teskari aloqa koeffitsienti; h21 –chiqishda qisqa tutashuv bo`lgan vaqtdagi tok bo`yicha kuchaytirish (uzatish) koeffitsienti; h22 –uzilgan kirish holatidagi
tranzistorning chiqish o`tkazuvchanligi. Barcha h – parametrlar oson va bevosita o`lchanadi.
Elektronika bo`yicha avvalgi adabiyotlarda kichik signalli parametrlarning chastotaviy bog`liqliklariga juda katta e`tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda 10 GGts gacha bo`lgan chastotalarda normal ishni ta`minlaydigan tranzistorlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday xollarda talab qilinayotgan chastota xarakteristikalarini olish uchun ma`lumotnomadan kerakli tranzistor turini tanlash kerak.Talabalarga bipolyar tranzistorlarni o’rgatganda asosan o’sha ko’rsatilgan materallarni berish kerak. Fizik muallimlar bu darslarni kasb hunar kollejlarida va maktabda o’qitganda asbob va uskanalarni ishlashning fizikoviy xususiyatlarini ko’proq tushintirishi kerak bo’ladi. Darsning oxirida o’quvchilarga quydagi nazorat savollarni berish orqali darsni yakunlash mumkin va o’quvchilarning o’zlashtirganini baholash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |