«PREZIDENT ISLOM KARIMOV ASARLARI – BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING NAZARIY ASOSI SIFATIDA
M YE H N A T B O Z O R I
1
- uzluksiz ta’limni oliy ta’lim muassasalarida
davom ettirishga asos bo‘ladigan umumta’lim dasturlari
2 - fan predmetlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan
akademik litseylarning ta’lim dasturi
- Kasb-hunar kollejlarining yo‘nalishlari bo‘yicha
chuqurlashtirilgan kasb-hunar ta’lim dasturlari
Shu bilan birga umumta’lim dasturlari keyingi ta’lim turlari maxsus, kasb – hunar va oliy ta’lim tizimi dasturlari bilan o‘zaro uyg‘unlashib uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarini tamomlagan bitiruvchilar oliy o‘quv muassasalariga kirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘ldilar.
Bu jihat ikkinchi chizmada 1 raqami bilan belgilangan bo‘lib, litsey va kollejlar uchun bir xil bo‘lgan umumta’lim dasturini o‘zlashtirgan talabalar akademik litseylarda /2/ o‘quv fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari va kasb –hunar kollejlarida /3/ yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan kasb – hunar dasturlari asosida bilim oladilar.
O‘z navbatida keyingi bosqich – oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishini xohlamagan yoshlarimiz o‘z egallagan kasbkorlari bo‘yicha mehnat bozorida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Chizmalarida ko‘rinib turibdiki, kiritilayotgan yangi ta’lim tizimining har tomonlama o‘ylab tuzilganligi, ilmiy asoslanganligi bois afzalliklari bir talay. Bu o‘zgarishlarning hammasiga mustaqilligimiz sabab bo‘lganligini unutmasligimiz lozim.
Darvoqe, aynan shu me’zonlarning yuqorida keltirilgan chizmalarimizda o‘z o‘rnini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, yoshlarimiz o‘quv jarayonida o‘z huquqlarini anglagan holda qobiliyatlari, qiziqishlari va xohishlariga qarab tanlash huquqiga egadirlar. Chunonchi, litsey yoki kollejda o‘qish ular tarkibidagi ma’lum yo‘nalishni tanlash o‘quvchilarning o‘ziga havola, bu ularning tanlash huquqini, demak ularning erkinlik huquqlarini ta’minlashdir.
Milliy dasturda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyat kuchli bo‘lishining garovidir. Erkinlik bir necha imkoniyatlardan tanlab olishni o‘z ichiga oladi. Yangi ta’lim tizimida yoshlarimizga xuddi shunday imkoniyatlar yaratilgan, ularning, erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan kadrlar tayyorlashning tubdan yangi, noyob jahon tajribasida mavjud bo‘lmagan ushbu tizimi haqiqatdan Islom Karimov ilmiy tafakkuri natijasida, ilmiy mardligidir.
Bu Prezidentimizning ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdagi kiritgan yangiliklari «Nou – Xau»dir.
Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan o‘ziga yarasha munosib o‘rin egallashni yangi mafkura asosida yangicha ma’naviyatni talab etibgina qolmay, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga yangicha o‘ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda.
«Milliy dastur»ning birinchi /1997-2001 yillar/ bosqichi davrida maktablarning moddiy bazasining mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. Viloyatning qishloq joylarida bir qancha maktablarning moddiy ahvoli nochor, zamonaviy o‘quv uskunalari yetishmaydi. Dasturning birinchi bosqichida amalga oshirishi rejalashtirilgan masalalar viloyatimiz ta’lim – tarbiya tizimiga ham taalluqlidir.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Milliy dastur» talablarini amalga oshiradigan, hayotga joriy etilgan kuch o‘qituvchilar jamoasidir. Hozirgi kunda viloyatimiz halq ta’limi tizimida matematika, fizika, jismoniy tarbiya, himiya, mehnat ta’limi fanlari bo‘yicha o‘qituvchiga ehtiyoj katta. Bu fanlar sohasida o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kelajakda yil sayin ortib boradi.
O‘qituvchi savodli, malakali bo‘lsa, islohot sohasida ko‘zlagan maqsadiga erishiladi. Shu ma’noda 1997-2001 yillar orasida mavjud o‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tkazildi, toifaga qarab maosh to‘lanishi yo‘lga qo‘yildi. Viloyat halq ta’limi tizimida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan 2 ta akademik litsey va ko‘plab kollejlar tashkil etildi. Akademik litsey va kollejlarni tashkil etildi. Akademik litsey va kollejlarda hozirgi zamon texnologiyasi asosida ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qayta tayyorlash ishiga etibor qaratildi. Viloyat halq ta’limi xodimlari malaka oshirish instituti va Qarshi davlat universiteti huzurida qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo‘lib, unda malakali professor o‘qituvchilar rahbarligida maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga o‘rgatish sohasida ham turli kurslar tashkil etilmoqda.