Metrologiya xizmatlarining integrasiyalashish davri. XX asrdagi ilm-fan va texnikaning, shu jumladan davlatlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning
shiddatli tusdagi rivojlanishi metrologiyaga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Bundagi asosiy maqsadlardan biri - o’lchash birliklarining turli tumanligiga barham berish, umumiy qabul qilingan o’lchash birliklarini joriy etish, mahsulotning sifatini nazorat etishda umumiy qoidalarni amalga oshirish hisoblangan. Shu asnoda oldingi asrning o’rtalarida asosiy iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar o’rtasida SGS va MKGSA tizimlari joriy etildi. Uning mantiqiy yakuni sifatida 1960 yil o’lchovlar va og’irliklarning XI Bosh konferensiyasida birliklarning yagona xalqaro birliklar tizimi (SI) joriy etildi. Bizning mamlakatimizda ushbu tizim 1982 yilning 1 yanvaridan boshlab GOST 8.417-81 asosida joriy etilgan. Hozirda asosan SI va SGS tizimlari amalda qo’llansada, birinchisi ikkinchisini tobora siqib chiqarmoqda. Buning asosiy sababi, bu tizimdan deyarli barcha davlatlarda foydalanilishi va uning qator qulayliklarga va afzalliklarga ega ekanligi: