O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida milliy g’oya asoslari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə10/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida milliy g’oya asoslari. O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod vakillari sifatida tarbiyalanadi. Bu tarbiyaning mexanizmlari quyidagicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari:

    1. ongida – insonparvarlik g‘oyasining ustuvor bo‘lishi; 2)axloqida – ezgulik fazilatlarining tarkib topishi; 3)dunyoqarashida – bunyodkorlik g‘oyalarining shakllanishi.

E‘tibor berilsa, milliy g‘oya asoslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongini, axloqini va dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishga asoslanadi. Shu sababli 7-11 yoshli shaxslarning milliy g‘oya asosida tarbiyalash boshlang‘ich ta‘lim o‘quv fanlari va ayniqsa,
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda ilk bor nashr etilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ―Tarbiya‖ fani darsliklarida aynan milliy g‘oyaning asosiy tamoyillariga tayanilgan.
Bizning yondashuvimizga ko‘ra, milliy g‘oya asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xarakteri ham shakllantirilishi kerak. Bunda
pedagogik psixologiyada qabul qilingan temperamentlarni milliy g‘oya asosida shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratilishi kerak. Bu tempetamentlar quyidagilardir:
- sangvinik (bosiqlik);
- xolerik (jo‘shqin);
- melanxolik (tashvishsizlik);
- flegmatik (oqibatlilik).
Bu temperamentlarning shaxs hayotida muhim o‘rin mavjud. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xarakterini shakllantirishda milliy g‘oya asosida aynan ana shu temperamentlarning imkoniyatlariga tayanish kutilgan samarani beradi.
Jahon Pedagogika fani tajribasida shaxsning xarakterini shakllantirishga doir juda ko‘p tajribalar bor. Shulardan biri aniq milliy g‘oya asosida shakllantirishdir. Mamlakatimizda qabul qilingan milliy g‘oyamizning shaxs xarakterini shakllantirishdagi o‘rni masalasiga doir nazariy-metodologik ishlanmalar yaratish taqozo etiladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin