O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə22/90
tarix11.08.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#139190
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus

Nazorat soavollari
1. Egalik kategoriyasi va uning smenatik grammatik tabiati haqida tushuntiring.
2. Egalik qo‘shimchalarining shaxs-son ma'nosini ifodalashini tushuntirib bering.
3. Egalik qo‘shimchalarining joylashishi o‘rnini aytib bering.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma'nolari va bu ma'nolarini ifodalovchi formalar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi olti grammatik ma'no yoki olti kelishikni birlashtiradi: bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin kelishigi.
Kelishiklar ifoda qiladigan munosabatlarning umumlashgan ma'nolari so‘zlar paradigmasida emas, so‘z birikmasida shakllanadi, ya'ni bunday ma'nolar sintagmatik xarakterda bo‘ladi. Otlarning kelishik formalar bilan o‘zgarishi turlanish, kelishik affiksining o‘zi esa turlovchi deyiladi.

Kelishiklar

So‘roqlar

Turlanish

Bosh kelishik

Kim?, nima?, kaer?

Go‘zal,kitob,Samarqand

qaratqich kelishik

Kimning?, nimaning?, kaerning?

Go‘zalning,kitobning,
Samarqandning

Tushum kelishik

Kimni?, nimani?, kaerni?

Go‘zalni,kitobni,Samar-kandni

Jo‘nalish kelishik

Kimga?, nimaga?, kaerga?

Go‘zalga,kitobga, Samar-
qandga

O‘rin-payt kelishik

Kimda?, nimada?, qaerda?

Go‘zalda,kitobda,Samar-qandda

Chiqish kelishik

Kimdan?,nimadan?, qaerdan?



Go‘zaldan, kitobdan,
Samarqanddan

Har bir kelishikning o‘z formasi, ma'nosi va sintaktik vazifasi bor. Masalan, jo‘nalish kelishigi ot, olmosh, son va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ot bilan fe'l orasidagi sintaktik munosabatni ko‘rsatadi. Uning asosiy ma'nosi harakatni yunalishi o‘rnini bildirishdir. Bundan tashqari payt, atash, sabab, maqsad ma'nolarini ham ifoda qiladi.
Kelishik formasidagi so‘zlar gapda boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi:
qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiradi: jurnalning varagi, odamning gavdasi.
Tushum, jo‘nalish, o‘rin, chiqish kelishiklari otni fe'l bilan aloqaga kiritadi: xatni o‘qidi, klubga bordim, institutga kirdim, uydan keldim. Kelishik formasidagi otlar ot va fe'ldan boshqa turkumdagi so‘zlar bilan ham munosabatga kirishadi: Otdan baland, itdan past.(Topishmoq)Uyat o‘limdan qattiq. (Maqol).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin