4
-
AMALIY MASHG’ULOT
4.
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASI BILAN SOLISHTIRISH
(“Ikki
tomonlama kundalik” usuli
asosida)
Ishning maqsadi:
Ushbu
amaliy mashg’ulotda Tezis, ilmiy maqola, scopus va Web of
science bazasi bilan tanishish, foydalanish asosida tezis maqolalarni yozishni
shakllantirish.
Metodik ko’rrsatmalar:
Tezis yozish qoidalarini va chop etish uchun axbarot
xatlarida berilgan talablar asosida tayyorlashni o’rganish va
scopus va web of science
bazasi bilan
solishtirish hamda scopusda ma’lumotlarni qidirishni o’rganish
.
Nazariy qism
Umumiy tushunchalar
Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq
hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun
jurnalning sifatini
tasdiqlab beradi.
Scopus uchun minimal mezon:
jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;
jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan
o’tgan ISSN bo’lishi kerak);
kontent xalqaro auditoriya
uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin
transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi
kerak);
jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;
bundan
tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga
qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan
bo’lishi lozim.
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor?
Scopusga qabul qilingan jurnal:
Xalqaro jihatdan tan olinadi;
Butun dunyodagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish uchun keng
imkoniyatlar mavjud;
Jurnal kontentida iqtiboslilik darajasi ortishi mumkin;
Global ilmiy hamjamiyatni rag’batlantirish va ixtisoslashtirilgan fan
sohalariga hissa
qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish - Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni
ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga
kiritilgan jurnallar boshqa shu soha
dagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi,
ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda
turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish
uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi.
Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida
bo’lishi
kerak?
Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha,
annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lish
i kerak.
Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash
ingliz tilida amalga oshiriladi.
Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin
(sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda
Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi.
Scopusda konferensiya materiallari ham chop etilishi mumkinmi?
Konferensiya materiallari Scopusga kiritilishi mumkin, faqat talab
–
konferensiya
materiallari ham davriylik x
ususiyatiga ega bo’lishi lozim, shuningdek, materiallar
Scopusning barcha minimal mezonlariga javob berishi kerak. Konferensiya materiallari
jurnallar bilan bir xil talabda ko’rib chiqiladi.
Scopus Tarkibi:
22,000 dan ortiq jurnallar;
280 nomdagi savdo nashrlari;
562 kitoblar seriyasi (chop etish davom etayotgan nashrlar);
8 milliondan ortiq konferensiya materiallari;
60 milliondan ortiq qaydlar.
Funksional imkoniyatlari:
ilmiy soha va ko’rib chiqilayotgan adabiyotlarni izlash va tahlil qilish (alohida
maqola tahliliga qadar);
barcha mumkin bo’lgan qidiruv manbalari (ilmiy jurnallarda, patentlarda, ilmiy
saytlarda) va jurnallar, mualliflar va hamkorlar, tashkilotlar, yillar, nashrlarning
turlari va boshqalar;
alohida muallif, tashkilot faoliyatini tahlil qilish (samaradorlik, taklif va h. k.).);
jurnallarni bir nechta ko’rsatkichlar bo’yicha qidirish, tahlil qilish va taqqoslash;
istalgan mualliflar haqida to’liq ma’lumotlarni olish (muallifning ismi, ish joyi,
nashrlar mavzusi, takliflar va boshqalar).
Web of science ma’lumotlar bazasida ishlash
- Web of Science resurslari va
vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF Core Collection –
bu ilmiy jurnallar, jurnal
maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro‘li referativ bazaga
ega an
alitik axborot tizim. Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va
120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan qidiruv va tahlil vositalarini
jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan.
Web of Science quyidag
i vositalarni o‘z ichiga oladi:
InCites
–
institutlarning
samaradorligini tahlil qilish, tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini,
respublikadagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga mo‘ljallangan
analitik vosita. Bu vosita qanday savollarga javob berishi mumkin:
Sizning mamlakatingizda qancha miqdorda ilmiy ishlar (maqolalar) chop etiladi?
Qanday ilmiy ishlar ushbu sohada eng kuchli?
Qaysi mualliflar bu sohaga katta hissa qo‘shyaptilar?
Mazkur mavzuda qaysi ma
qolalar eng «yangi» va «qaynoq»?
Siz faoliyat yuritayotgan institutning eng istiqbolli ilmiy sohalari qaysi?
Institutning dunyoning boshqa ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari darajasi
qanday?
Qaysi jurnallar eng mashhur va samarador hisoblanadi? InCites yordamida:
Institut va ilmiy muassasalarning ilmiy faoliyati monitoringini olib borish;
Institutlarning (shu jumladan dunyodagi) ilmiy faolligini solishtirish;
Eng nufuzli ilmiy tendensiyalarni kuzatish;
Tashkilo
tlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish hamda xalqaro hamkorlikni
tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).
EndNote -
bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun
dasturning onlayn shakli hisoblanadi. Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga,
formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam
beradi. Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga onlayn rejimda, EndNote
dasturining sha
xsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot
sifatida ham foydalanish mumkin.
Journal Citation Reports -
iqtibos keltirish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan,
yuqori sifatli statistik axborotlarga ega bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnal
lani tanqidiy
baholashning tizimli va obyektiv vositalarini taqdim etadi. Journal Citation Reports Web
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tadqiqot toifasi
va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini baholashga yordam beradi
, shuningdek iqtibos
keltirilgan jurnal va iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan
Science va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin.
Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar,
ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun
muhim bo‘lgan tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega
. Bu
Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi ma’lumotlariga
va
jurnallardagi nashrlar hisob-
kitobiga asoslangan ilmiy ko‘rsatkichlar va ilmiy
yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal
tahliliy resurs davlat tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar,
nashriyotlar va fondlarning rahbarlari, tahlilchi va axborot mutaxassislari, shuningdek,
ilmiy OAV a’zolari va ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
ResearcherID nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol holatda profil
yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va uning ilmiy ishini bir-biri bilan
bog‘lash orqali mualliflik va chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash
uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez topish va uni
hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan. Web of Science ma’lumotlar bazasining
tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Web of ScienceTMCore Collection Web of ScienceTMCore Collection (1990-
yildan hozirgi vaqtgacha) Ijtimoiy fanlar, gumanitar
fanlar, san’at va xalqaro ilmiy
konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, kollokviumlar, s’ezdlar va amaliy ishlardagi
tadqiqot materiallari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy adabiyotlardan erkin
foydalanish. «Поиск
по
пристатейной
библиографии»
-
«Foyd
alanilgan adabiyotlar
ro‘yhati bo‘yicha qidiruv» va «Система
поиска
автора»
-
«Muallifni izlash tizimi»
vositalari yordamida yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirish. «Отчёт
по
цитированию»
-
«Iqtibos keltirish bo‘yicha hisobot» vositasi yordamida iqtibos
keltirishlar va
yo`nalishlarning o‘zgarish grafigini tuzish. Yo‘nalishlarni va xususiyatlarni belgilash
uchun tahliliy vositalaridan foydalanish. 1900-
yilgacha bo‘lgan arxivlardan foydalanish.
Foydalanish uchun to‘plamlar:
Science Citation Index Expanded (1990-yildan hozirgi vaqtgacha)
–
ilmiy
jurnallarning ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi hisoblanadi. 150 ta ilmiy fanlar bo‘yicha 8 300
asosiy jurnallarni qamrab olib, ko‘rsatkichlar bilan belgilangan maqollardagi barcha
iqtibos keltirilgan havolalarni o‘z ichiga
oladi.
Social Sciences Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha)
–
jurnallarning
ijtimoiy fanlar bo‘yicha ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi bo‘lib, 50ta ijtimoiy fanlarga doir 2
900 ta jurnallarni butunlay qamrab oladi. Shuningdek unda butun dunyo bo‘yicha 3
500
dan ziyod eng yaxshi ilmiy va texnik jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan
hujjatlar ham ko‘rsatkichlar bilan belgilangan.
Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha)
–
gumanitar
fanlar va
san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo
bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq
qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya
bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga
oladi.
Emerging Sources Citation Index (2015-hozirgi kungacha) - Science Citation
Index Expanded (SCI-EXPANDED), Social Sciences Citation Index (SSCI) yoki Arts &
Humanities C
itation Index (A&HCI) kabi to‘plamlarga kirmagan jurnallardagi
maqolallarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Bu jurnallar nashr etilayotgan
materiallarning sifatiga, ta’siriga va muddatlariga nisbatan qo‘yilgan eng kam talablarga
javo
b
bera
di,
leki
n
ular
nisb
atan
yan
gi
bo‘lganligi bois, bu jurnallar SCIEXPANDED, SSCI yoki A&HCI tomonidan
ko‘rsatkichlar bilan belgilanishidan oldin muayyan bir muddat davomida baholanishi
kerak. KCI-Korean Journal Database (1980-yildan hozirgi vaqtgacha)
–
ma’lumotlar
bazasidag
i ko‘p mavzuli jurnallarning maqolalaridan erkin foydalanish imkonini beradi.
National Research Foundation of Korea tashkilotining nazorati ostida ishlayotgan KCI
bazasi Koreyada nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bo‘yicha bibliografik ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi. SciELO Citation Index (1997-yildan hozirgi vaqtgacha). Lotin Amerika,
Portugaliya, Ispaniya va Janubiy Afrikadagi eng yaxshi ochiq jurnallarda nashr etilgan
ijtimoiy, gumanitar fanlar va san’atga oid ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish
imkonini beradi.
WOS MEDLINE 1990-yildan hozirgi vaqtga qadar AQSHning National Library of
Medicine ning asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. U biologiya fanlari, shu jumladan,
ayniqsa, biomeditsina sohasiga oid jurnal maqolalarining 12 milliondan ortiq yozuvlarini
taqdim etadi. MEDLINE yozuvlari NLM va hamkorlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib,
to‘liq matnli manbalarga havolalari mavjud. MEDLINE dagi asosiy manba nashrlari
biomeditsina va klinik meditsina tadqiqotlariga oid. Asosiy sohalari: stomatologiya,
veterinariya, farmasevtika, davolash ishi va klinikagacha bo‘lgan fanlar. 1950
-yildan to
hozirgi vaqtga qadar. Shuningdek, MEDLINE biomeditsina sohasiga oid amaliyotchi
mutaxassislar, tadqiqotchilar uchun zarur bo‘lgan biologiya, ekologiya, dengiz
biologiy
asi, o‘simlikshunoslik va zootexnika, shuningdek, biofizika va ximiyaga oid
fanl
arni
ham
qam
rab
olad
i.
Sco
pus
beri
lgan
lar
bazasi yordamida ma’lum bir muallifning ishlari roʻyxati va iqtiboslik indeksi bilan
tanishish mumkin. Buning uchun muallif boʻyicha
qidirish funksiyasidan foydalanish
qulay.
Bu yerda familiyasini, ishlayotgan tashkilotni berish mumkin. Chiqarilgan roʻyxatdan
zarurini tanlash lozim (ba’zi familiyalarni yozishda murakkabliklar yuzaga keladi.
Amaliy
mashg’ulot
topshiriqlari
Dostları ilə paylaş: |