4-AMALIY MASHG’ULOT SCOPUS VA WEB OF SCIENCE BAZASI BILAN SOLISHTIRISH Ishning maqsadi: Ushbu amaliy mashg’ulotda Tezis, ilmiy maqola, scopus va Web of science bazasi bilan tanishish, foydalanish asosida tezis maqolalarni yozishni shakllantirish.
Metodik ko’rrsatmalar:Tezis yozish qoidalarini va chop etish uchun axbarot xatlarida berilgan talablar asosida tayyorlashni o’rganish va scopus va web of science bazasi bilan solishtirish hamda scopusda ma’lumotlarni qidirishni o’rganish.
Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini tasdiqlab beradi.
Scopus uchun minimal mezon:
jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;
jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan o’tgan ISSN bo’lishi kerak);
kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi kerak);
jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;
bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan bo’lishi lozim.
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor?
Scopusga qabul qilingan jurnal:
Xalqaro jihatdan tan olinadi;
Butun dunyodagi boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar mavjud;
Jurnal kontentida iqtiboslilik darajasi ortishi mumkin;
Global ilmiy hamjamiyatni rag’batlantirish va ixtisoslashtirilgan fan sohalariga hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish - Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga kiritilgan jurnallar boshqa shu sohadagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi, ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi.
Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida bo’lishi kerak? Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha, annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash ingliz tilida amalga oshiriladi.
Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin (sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi. Scopusda konferensiya materiallari ham chop etilishi mumkinmi? Konferensiya materiallari Scopusga kiritilishi mumkin, faqat talab – konferensiya materiallari ham davriylik xususiyatiga ega bo’lishi lozim, shuningdek, materiallar Scopusning barcha minimal mezonlariga javob berishi kerak. Konferensiya materiallari jurnallar bilan bir xil talabda ko’rib chiqiladi.
Scopus Tarkibi:
22,000 dan ortiq jurnallar;
280 nomdagi savdo nashrlari;
562 kitoblar seriyasi (chop etish davom etayotgan nashrlar);
8 milliondan ortiq konferensiya materiallari;
60 milliondan ortiq qaydlar.
Funksional imkoniyatlari:
ilmiy soha va ko’rib chiqilayotgan adabiyotlarni izlash va tahlil qilish (alohida maqola tahliliga qadar);
barcha mumkin bo’lgan qidiruv manbalari (ilmiy jurnallarda, patentlarda, ilmiy saytlarda) va jurnallar, mualliflar va hamkorlar, tashkilotlar, yillar, nashrlarning turlari va boshqalar;
alohida muallif, tashkilot faoliyatini tahlil qilish (samaradorlik, taklif va h. k.).);
jurnallarni bir nechta ko’rsatkichlar bo’yicha qidirish, tahlil qilish va taqqoslash;
istalgan mualliflar haqida to’liq ma’lumotlarni olish (muallifning ismi, ish joyi, nashrlar mavzusi, takliflar va boshqalar).
Web of science ma’lumotlar bazasida ishlash - Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF Core Collection – bu ilmiy jurnallar, jurnal maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro‘li referativ bazaga ega analitik axborot tizim. Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va 120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan qidiruv va tahlil vositalarini jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan. Web of Science quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi: InCites – institutlarning samaradorligini tahlil qilish, tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini, respublikadagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga mo‘ljallangan analitik vosita. Bu vosita qanday savollarga javob berishi mumkin:
Sizning mamlakatingizda qancha miqdorda ilmiy ishlar (maqolalar) chop etiladi?
Qanday ilmiy ishlar ushbu sohada eng kuchli?
Qaysi mualliflar bu sohaga katta hissa qo‘shyaptilar?
Mazkur mavzuda qaysi maqolalar eng «yangi» va «qaynoq»?
Siz faoliyat yuritayotgan institutning eng istiqbolli ilmiy sohalari qaysi?
Institutning dunyoning boshqa ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari darajasi qanday?
Qaysi jurnallar eng mashhur va samarador hisoblanadi? InCites yordamida:
Institut va ilmiy muassasalarning ilmiy faoliyati monitoringini olib borish;
Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).
EndNote - bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun dasturning onlayn shakli hisoblanadi. Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga, formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi. Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga onlayn rejimda, EndNote dasturining shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot sifatida ham foydalanish mumkin.
Journal Citation Reports - iqtibos keltirish bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan, yuqori sifatli statistik axborotlarga ega bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnallani tanqidiy baholashning tizimli va obyektiv vositalarini taqdim etadi. Journal Citation Reports Web foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tadqiqot toifasi va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini baholashga yordam beradi, shuningdek iqtibos keltirilgan jurnal va iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan Science va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin.
Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun muhim bo‘lgan tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega. Bu Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi ma’lumotlariga va jurnallardagi nashrlar hisob-kitobiga asoslangan ilmiy ko‘rsatkichlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal tahliliy resurs davlat tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar, nashriyotlar va fondlarning rahbarlari, tahlilchi va axborot mutaxassislari, shuningdek, ilmiy OAV a’zolari va ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. ResearcherID nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol holatda profil yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va uning ilmiy ishini bir-biri bilan bog‘lash orqali mualliflik va chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez topish va uni hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan. Web of Science ma’lumotlar bazasining tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
Web of ScienceTMCore Collection Web of ScienceTMCore Collection (1990- yildan hozirgi vaqtgacha) Ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar, san’at va xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, kollokviumlar, s’ezdlar va amaliy ishlardagi tadqiqot materiallari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ilmiy adabiyotlardan erkin foydalanish. «Поиск по пристатейной библиографии» - «Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati bo‘yicha qidiruv» va «Система поиска автора» - «Muallifni izlash tizimi» vositalari yordamida yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirish. «Отчёт по цитированию» - «Iqtibos keltirish bo‘yicha hisobot» vositasi yordamida iqtibos keltirishlar va yo`nalishlarning o‘zgarish grafigini tuzish. Yo‘nalishlarni va xususiyatlarni belgilash uchun tahliliy vositalaridan foydalanish. 1900-yilgacha bo‘lgan arxivlardan foydalanish. Foydalanish uchun to‘plamlar:
Science Citation Index Expanded (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – ilmiy jurnallarning ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi hisoblanadi. 150 ta ilmiy fanlar bo‘yicha 8 300 asosiy jurnallarni qamrab olib, ko‘rsatkichlar bilan belgilangan maqollardagi barcha iqtibos keltirilgan havolalarni o‘z ichiga oladi.
Social Sciences Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – jurnallarning ijtimoiy fanlar bo‘yicha ko‘p mavzuli ko‘rsatkichi bo‘lib, 50ta ijtimoiy fanlarga doir 2 900 ta jurnallarni butunlay qamrab oladi. Shuningdek unda butun dunyo bo‘yicha 3 500 dan ziyod eng yaxshi ilmiy va texnik jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlar ham ko‘rsatkichlar bilan belgilangan. Arts & Humanities Citation Index (1990-yildan hozirgi vaqtgacha) – gumanitar fanlar va san’atga oid jurnallarning ko‘p mazmunli ko‘rsatkichi hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab 1 600 dan ortiq ijtimoyiy fanlar va san’atga doir eng yaxshi jurnallarni to‘liq qamrab oladi. Shu bilan birga 6 000 dan ziyod asosiy ilmiy jurnallar va sotsiologiya bo‘yicha jurnallardan mavzuga oid alohida tanlab olingan hujjatlarni ham o‘z ichiga oladi. Emerging Sources Citation Index (2015-hozirgi kungacha) - Science Citation Index Expanded (SCI-EXPANDED), Social Sciences Citation Index (SSCI) yoki Arts & Humanities Citation Index (A&HCI) kabi to‘plamlarga kirmagan jurnallardagi maqolallarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi.