3. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam),
Sifatlarning tuzilish turlari
1. Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli, yaxshi.
2.Qo‘shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar: 1) ikki tub so‘zdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), otQsifat, sifatQot (sovuqqon), ravishQot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
3.Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4. Juft sifatlar - o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
5. Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).
Sifat tahlili namunasi |
1. So‘rog‘i.
2. Darajasi.
3. Ozaytirma sifatmi yoki kuchaytirma sifatmi? |
4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
5. Tuzilish turi.
6. Tub yoki yasamaligi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi
|
Takrorlash uchun savollar
1. Sifatning ta’rifi va so‘roqlarini ayting. 2. Sifatning ma’no jihatdan turlarini misollar bilan ko‘rsating. 3. Asliy va nisbiy sifatlar haqida gapiring. 4. Sifat darajalari deb... (davom ettiring). 5. Orttirma daraja hosil qilishning leksik va morfologik usullari haqida gapiring. 6. Orttirma daraja hosil qilishning semantik va fonetik usullari haqida gapiring. 7. Qiyosiy daraja qanday ifodalanadi? 8. Ozaytirma daraja qanday yasaladi? 9. Otdan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring. 10. Fe’ldan yasalgan sifatlarga 5 ta misol keltiring. 11. Boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan sifatlarga 3 ta misol keltiring. 12. Qo‘shma sifatlar qanday yasaladi va yoziladi? 13. Juft sifatlar qanday yasaladi va yoziladi? 14. So‘zlarni takrorlab yasalgan sifatlarga misollar keltiring. 15. Otlashgan sifatlar qanday qo‘shimchalarni olishi mumkin? 16. Qaysi turkumdagi so‘zlar sifat o‘rnida qo‘llanadi? Misollar keltiring. 17. Qo‘shma sifatlar qanday so‘zlardan iborat bo‘ladi? 18. Birikmali sifatlar haqida gapiring va misollar keltiring. 19. Juft sifatlarning turlariga misollar keltiring. 20. Boshqa so‘zlarning sifat o‘rnida qo‘llanishiga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: |