Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar. X asrdan boshlab fors-tojik tilida xam ilmiy tarixiy asarlar yozila boshlandi. Bora-bora arab tili ilm soxasida siqib chiqarildi. XV asrga kelib Movarounnaxr tarixiga bag‘ishlangan asarlar asosan davlat tili vazifasini bajargan fors-tojik tilila yoziladigan bo‘ldi. Oldingi davrlarda arab tilida yozilgan qator tarixiy asarlar xam fors tiliga tarjima qilinar edi. Arabchadan fors tiliga o‘girilgan dastlabki tarixiy asar Narshaxiyning "Buxoro tarixi" nomli kitobi edi. Bu asar 944-yilda yozilib, 1128-yilda ibn Nasr Axmad al-Kuboviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. U «arab tilidagi nusxada so‘zlangan keraksiz va o‘qiganda kishi tabiatida malollik orttiradigan narsalarni» qisqartirib yuborgan. Undan yarim asr o‘tgandan keyin asar yana qaytadan taxrirga uchragan. 1178-1179-yillarda Muxammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi marotaba qisqartirib bayon etgan. Asarning bizning zamonamizgacha etib kelgan barcha nusxalarida 1178-1220-yillar voqealari xam bayon qilinadi. SHunga qaraganda, Narshaxiyniig "Buxoro" tarixi" kitobi uchinchi marta noma’lum muxarrir tomonidan taxrir qilinganligi va to‘ldirilganligini bilib olish mumkin. Asarning asl nusxasi va al-Kuboviy tarjimasi xamda Muxammad ibn Zufar taxrirlari bizgacha etib kelgan.
Tarjimon Abu Nasr Axmad al-Kuboviy va muxarrir Muxammad ibn Zufar o‘z ishlariga mustaqil tus berganlar. Ular Narshaxiyni tarjima va taxrir qilish bilan bir qatorda asarni yangi manbalar asosida boyitganlar va keyingi-yillar voqealari bilan to‘ldirganlar. "Buxoro tarixi" islom dini va xukmron sinflar pozitsiyasidan yozilganligi sababli mavjud tuzumga qarshi xarakatlar, jumladan Muqanna qo‘zg‘olonini qoralash pozitsiyasidan yozilgan. Biroq, shunga qaramay asarda katta tarixiy qimmatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan va ularni ilmiy ob’ektiv ravishda taxlil qilish tarix fani uchun g‘oyat muximdir
XI asrda yashab o‘tgan yirik olim va davlat arbobi Nizomulmulk asl ismi Abu Ali al-Xasan ibn (Ali ibn Xasan at-Tusiy) Saljuqiy sulton Alp Arslon xamda sulton Malikshox 1 larning bosh vaziri bo‘lgan. Nizomulmulk Saljuqiylar davlatining ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol o‘ynagan. U feodal tarqoqlikka barxam berish, markaziy davlat appartini mustaxkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun kurash olib bordi. Uning Nizomulmulk, ya’ni "Mamlakatni tartibga soluvchi" deb atalishi xam shu sababdan. Nizomulmulk 1092-yilda Isfaxonda Bag‘dodga ketayotganda ismoiliylar (shia mazxabi oqimi) tomonidan o‘ldiriladi.
Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan "Siyosatnoma" asari bilan nom qoldirgan. Asar 51 bobdan iborat bo‘lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va uning moliyaviy xisob-kitob ishlari, qo‘shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul qilish marosimlari xamda ularni tayyorlash va o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan. "Siyosatnoma"da O‘rta Osiyo tarixi xaqida xam muxim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g‘ulomlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni, Turkiston xonlari (Koraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy axvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlarning unvonlari, xorazmshox Oltintosh (11017-1032) bilan sulton Maxmud g’aznaviyning vaziri Axmad ibn Xasan o‘rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari asarda karpatiylar, botiniylar xarakati, Muqanna qo‘zg‘oloni xaqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. SHarqshunos olim R. D. Zaxoderning fikricha, "Siyosatnoma"ning 43 ta bobi Nizomulmulk tomonidan so‘nggi 8 ta bobi esa qariib 20-yildan keyin uni qaytadan taxrir qilgan noma’lum olim tomonidan yozilgan. Asar bir necha xorijiy tillarga, shu jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilnib, nashr etilgan.
XI asrla yashab o‘tgan yirik tarixchilardan yana biri Abulxay Gardiziy xisoblanadi. Gardiziy o‘zining "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar bezagi') nomli asari bilan shuxrat qozongan. Asarda islomiyatdan oldingi Eron podshoxlaridan to 1041-yilgacha Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar xaqida so‘z yuritiladi. Asarda O‘rta Osiyoning turkiy axolisi xaqida Xuroson va Movarounnaxrning arablar istilosidan to XII asrgacha bo‘lgan siyosiy tarixi to‘g‘risida keng ma’lumotlar beriladi.
Faxriddin Muborakshox Marvarrudiy o‘zining "Tarixi Muborakshox" nomli asari bilan mashxurdir. Asar 1206-yilda yozib tugatilgan. Asar 136 bobdan iborat bo‘lib, Muxammad payg‘ambardan boshlab g’aznaviylar va Guriylar xukmronlari davrigacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda Turkistonning sarxadlari va Turkistonda ishlab chiqarilgan mollar va matolar, ularning xorijiy mamlakatlarda e’tibor qozongan navlari, turk qabila va urug‘lari, ularning tili va madaniyati xaqida boy faktik ma’lumotlar keltiriladi. "Tarixi Muborakshox" asarining yagona qo‘lyozma nusxasi Angliyada saqlanmoqda. Asarning bir qismigina ingliz tilida nashr etilgan, xolos.
XI asrda yashab o‘tgan tarixchi olimlardan yana bittasi Abu Fazl Bayxakiydir. Bayxakiy 19-yil davomida g’aznaviylar davlatining devoni rassilida (xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi maxkama) dabir bo‘lib xizmat qildi va yana 11-yil davomida shu devonga boshchilik qildi. Bayxakiy "Tarixi Oli Maxmud" ("Jome’ fi tarixi Oli Sabuktakin" nomi bilan xam ma’lum) nomli 30 jildlik asar muallifidir. Lekin bizgacha bu asarning 7, 8, 9-jildlari va qisman 6, 10-jildlari etib kelgan Bu qismlar sulton Ma’sud xukmronligi davrini o‘z ichiga olganligi bois "Tarixi Mas’udiy" aeb ataladi.
"Tarixi Mas’udiy" muallif o‘zi ko‘rgan va ishonchli kishilardan eshitgan materiallar, shuningdek xukumat maxkamalarida saqlanayotgan rasmiy xujjatlar asosida yozilgan. Asar faktik materiallarga boyligi, voqealarning keng va atroflicha bayon etilishi va nixoyat zo‘r badiiy maxorat bilan yozilganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan farq qiladi. Asarda Sulton Mas’ud davrida g’aznaviylar imperiyasining ijtimoiy-siyosiy axvoli keng bayon etilgan. SHuningdek Safforiylar Saljuqiylar tarixiga oid, g’aznaviylar va Xorazm davlati, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylarning o‘zaro munosabatlariga doir ma’lumotlar bor.
XIII asrda o‘tgan yirik tarixchi va davlat arbobi Alouddin Otamalik Juvayniy 1226-1283 (arab, fors, mug‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal bilgan) uzoq muddat mug‘ul xukmdorlari saroyida xizmat qilgan shaxsdir. Juvayniy turli topshiriqlar bilan 3 marotaba Mug‘uliston poytaxti Koraqurumga bordi. 1259-yili u Iroq va Xozoriston xokimi qilib tayinlandi va bu lavozimda 20-yildan ko‘proq turdi. Aloiddin Otamalik Juvayniy "Tarixi jaxonkusho" nomli asar yozib qoldirgan (1260) asar Z qismdan iborat. Birinchi qismda Mug‘ul imperiyasi tarixi, ikkinchi qismda Xorzmshoxlar davlati va Xurosonning 1258-yilgachga bo‘lgan tarixi, uchinchi qismda Eronning 1256-1258-yillardagi siyosiy axvoli bayon qilinadi. Asarni yozishda muallif Bayxakiy, Faxruddin Roziy asarlaridan foydalangan. Juvayniy o‘zining Movarounnaxr, SHarqiy Turkiston va Mug‘ulistonda qilgan sayoxatlari chog‘ida yiqqan materiallaridan keng foydalangan. Eronlik boshqa bir mashxur olim Rashiduddin (1247-1318) iloxiyot, tabiiy fanlar, adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan edi. Rashiduddin Abakaxon davrida uning shaxsiy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik /ozonxon va Ultoyjuxonlarning vaziri bo‘lgan. Mazkur xonlarning xomiyligi va o‘zining tadbirkorligi tufayli Rashiduddin o‘z zamonasining eng badavlat va nufuzli kishisiga aylandi. Uning 80 ming gektar eri, 250 ming qo‘yi, 30 ming-yilqisi va 10 ming tuyasi xamda boshqa boyliklari (jami 35 million dinorga teng) bo‘lgan. Rashiduddin feodal tarqoqlik va separatizm tarafdori bo‘lgan turk-mug‘ul zodagonlaridan farqli o‘laroq o‘troqlik xamda markaziy davlat apparatini mustaxkamlash tarafdori bo‘lgan. Oxiri Rashiduddin Elxoniylar saroyida fitna qurboni bo‘ldi. 1318-yilda uni Ultoyjuxonni zaxarlab o‘ldirishda ayblab qatl etdilar. Uning barcha mol-mulki musodara etildi. Tabrizdagi 60 ming boy kutubxonasi xam talon-taroj qilindi.
Rashiduddin juda ko‘p ilmiy asarlar yozgan. Lekin bizning zamonamizgacha uning bittagina asari - "Jome’ ut-tavorix" etib kelgan. "Jome’ ut-tavorix" SHarq tarixnavisligida yangi an’anani boshlab bergan asardir. Rashiduddin avval o‘tgan tarixchilarning ko‘pchiligi umumiy tarix deganda faqat musulmon mamlakatlarning tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa ulardan farqli ularoq, Umumiy tarix deganda SHarq mamlakatlari bilan bir qatorda /arb mamlakatlari, Xitoy xamda Xindiston tarixini xam nazarda tutgan. "Jome’ ut-tavorix" 1301-1311-yillarda Qozonxonning topshirig‘iga mufoviq yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1 mug‘ullar va ular asos solgan davlatlarning qisqacha tarixi: 2 SHarq mamlakatlari tarixi. Xitoy yaxudiylar, Rim imperiyasi, Franklar davlati va Xindiston tarixi. Asarning uchinchi kismi bizgacha etib kelmagan.
"Jome’ ut-tavorix"ning ayniqsa turk-mug‘ul xalqlari tarixini o‘z ichiga olgan qismi O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda katta axamiyatga ega. XIII asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy xayotga bag‘ishlangan boblari xam g‘oyat qimmatli ma’lumotlarga boydir. Rashiduddinning bu asari ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Bu asar XV asrdayok o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Mug‘ullar davlati tarixi xamda mug‘ul istilosi davri Mirzo Ulug‘bekning "Turt ulus tarixi" nomli asarida xam o‘z aksini topgan. Bu asar kompilyativ asar bo‘lib, asosan Rashiduddin, Juvayniy va boshqa mualliflarning asarlariga tayanadi.
XV asrda yaratilgan tarixiy asarlarning katta bir guruxi Amir Temur va Temuriylar davlati tarixiga bag‘ishlangan. Bunday asarlar qatoriga Nizomuddin SHomiy, Muiniddin Natanzii, Xofizi Abru, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Axmad ibn Arabshox. Mirxond, Xondamir singari tarixchilar asarlarini kiritish mumkin.
Asli Tabriz shaxridan bo‘lgan Nizoimuddin Shomiy 1391-yilda Amir Temur Bag‘dodni olganida shu erda bo‘lgan va Temur xizmatiga qabul qilingan. Nizomuddin 1404-yilgacha Temur bilan birga bo‘lib, uning xarbiy yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402-yilda Temur unga o‘zining tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. SHomiy bu asarni 1402-1404-yillarda yozib tamomlagan. Asar Temurning xokimiyatga kelishidan (1370) to 1404-yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan. '"Zafarnoma" deb atalgan 6u kitobda Temurning shaxsi bir muncha ideallashtirilgan. Asar XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixni o‘rganishda muxim va ishonarli manbalardan biri xisoblanadi. Asarni yozishda muallif Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yozilgan "Tarixi xoniy" nomli she’riy kitobdan, boshqa original manbalardan foydalangan. Nizomiddin SHomiyning bu asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilingan.
Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ma’lumotlar Xofizi Abruning "Majmuai Xofizi abru" va "Zubdat ut-tavorix" nomli asar-larida keltiriladi. Xofizi Abruning birinchi asarida uning Rashiduddin va Nizomuddin Shomiy asarlariga yozgan seyllari (ilovalari) e’tiborga loyiqdir.
XV asrning yirik tarixchilaridan biri Sharafuddin ali Yazdiy xam Amir Temurning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Zafarnoma" nomli asari bilan shuxrat qozongan. Bu asar Nizomuddin Shomiyning "Zafarnoma"si asosida yuksak badiiy maxorat bilan yozilgan. Sharafuddin Nizomuddin asarida bayon qilingan voqealarni yangi manbalar asosida to‘ldirilgan, ba’zilariga aniqlik kiritadi. Uni yangi fakt va dalillar bilan boyitadi.
SHarafuddinning "Zafarnoma"sida Temurning shaxsi nixoyatda yuksaltirilgan. SHunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-karshiliklar va ziddiyatlar bir muncha xaqqoniy va to‘g‘ri tasvirlangan. Asarning dastlabki qismi «Mukaddimayi Zafarnoma» deb ataladi. Unda Temurgacha bo‘lgan davrda Mug‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar tarixi aks ettirilgan