KALENDAR TEMATIK REJASI
t\r
|
Mavzular
|
soat
|
Bajarilishi
|
imzo
|
soat
|
muddat
|
|
Mustaqillikka erishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
|
2
|
|
|
|
|
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
|
2
|
|
|
|
|
O‘zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li
|
2
|
|
|
|
|
О‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o’zgarishlar
|
2
|
|
|
|
|
О‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o’zgarishlar
|
2
|
|
|
|
|
Iqtisodiy islohotlar, uning bosqichlari. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
|
2
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy oʻzgarishlar
|
2
|
|
|
|
|
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
|
2
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
|
2
|
|
|
|
|
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
2
|
|
|
|
|
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
|
2
|
|
|
|
|
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
|
2
|
|
|
|
|
Yangilanayotgan Oʻzbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
|
2
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni va nufuzini ortib borishi.
|
2
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
|
2
|
|
|
|
Jami:
|
30
|
|
|
|
Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma'iumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o'rgatish hamda shu asosda mas'uliyatli echimlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlarida ko'zda tutilgan talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o'quv yuklamani to'liq bajarish va ilmiy-uslubiy jihatdan ta'minlash vazifasi amal oshiriladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda ushbu fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o'zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
ayrim nazariy mavzularni o'quv adabiyollari yordamida mustaqil o'zlashtirish;
berilgan mavzu bo'yicha axborot (referat) tayyorlash;
seminar va amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish;
kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash, dars ishlanmalarini tayyorlash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
ilmiy maqola, anjumanlarga ma'ruza tezislarini tayyorlash va x.k.
т\р
|
Мустaqil ta’lim mavzulari
|
Berilgan topshiriqlar
|
Bajar. muddat.
|
Hajmi (soatda)
|
Imzo
|
|
Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar mazmun va mohiyati.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Yuksak maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalashda Oʻrta Osiyo allomalari ilmiy merosining oʻrni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (oʻzgarish va muammolar)
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Qishloq xoʻjaligi va sanoat sohasidagi oʻzgarishlar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Milliy xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Oʻzbekistonni halqaro reytinglardagi koʻrsatgichlarini koʻtarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga Oʻzbekistonning integratsiyalashuvi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi (14 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga Oʻzbekistonning integratsiyalashuvi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Sud hokimiyati islohatlari
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Siyosiy partiyalar,jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
Iqtisodiy islohatlar,bozor munosabatlarning shakllanish tarixi
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
О‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
|
О‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga qо‘shilishi
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
|
4
|
|
Jami
|
60
|
|
O’zbekiston tarixi” fanidan baholash mezonlari
Talabalarning fan bo'yicha bilimlari 5 ballik tizim asosida baholanadi
1) "5" - a'lo
Agar talaba O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, vazifalari va usullari; O‘zbekiston tarixini o'rganish vazifalari, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar; tarixiy tadqiqot usullari: faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matematik va h.k. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob'ekti, metodologik tamoyillar, dialektik metod, ilmiylik, tarixiylik, Milliy istiqlol g‘oyasi, Vatan tarixini davrlashtirish, Vatan tarixini o‘rganishning ahamiyati, O'zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‘rganish va ishlab chiqishda milliy mustaqillik g‘oyasining ahamiyati; О‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning о‘ziga xosligi haqida; О‘rta Osiyo Renessansi; О‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi; О‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo'lsa, aytib bersa, savolni mohiyatini tushunsa, bilsa, olgan bilimini amalda qo'llay olsa, mustaqil mushohada yuritsa, ijodiy fikrlasa, xulosa va qaror qabul qilsa.
2) "4" - yaxshi
Agar talaba O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, vazifalari va usullari; O‘zbekiston tarixini o'rganish vazifalari, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar; tarixiy tadqiqot usullari: faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matematik va h.k. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob'ekti, metodologik tamoyillar, dialektik metod, ilmiylik, tarixiylik, O'zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‘rganish va ishlab chiqishda milliy mustaqillik g‘oyasining ahamiyati; О‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning о‘ziga xosligi haqida; О‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi; О‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo'lsa, aytib bersa, savolni mohiyatini tushunsa, bilsa, olgan bilimini amalda qo'llay olsa, mustaqil mushohada yuritsa.
3) "3" - qoniqarli
Agar talaba O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, vazifalari va usullari; O‘zbekiston tarixini o'rganish vazifalari, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar; tarixiy tadqiqot usullari: faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, statistik, matematik va h.k. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqot ob'ekti, metodologik tamoyillar, dialektik metod, ilmiylik, tarixiylik, O'zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‘rganish va ishlab chiqishda milliy mustaqillik g‘oyasining ahamiyati; О‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning о‘ziga xosligi haqida; О‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi; О‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo'lsa, aytib bersa, bilsa.
4) "2" - "1" - qoniqarsiz
Agar talaba aniq tasavvurga ega bo'lmasa va bilmasa.
Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
- Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib oʻtgan tarixiy yoʻlning mazmun-mohiyatini, Oʻzbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan oʻzgarishlarning ahamiyatini;
- zamonaviy jarayonlarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʻrganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik gʻoyasini qoʻllay bilish, atrofida sodir boʻlayotgan jarayonlarga oʻz munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining oʻrnini anglash va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʻliqligini bilish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, maʼnaviy-milliy va umuminsoniy masalalar boʻyicha oʻz qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik gʻoyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega boʻlishi kerak.
Taʼlim texnologiyalari va metodlari:
- maʼruzalar;
- interfaol keys-stadilar;
- seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
- guruhlarda ishlash;
- taqdimotlarni qilish;
- individual loyihalar.
Rahbariy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. T. 1. - Toshkent: Oʻzbekiston.. 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: Oʻzbekiston. 2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson maʼnfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bagʻishlangan tantanali marosimidagi maʼruzasi. - Toshkent: Oʻzbekiston. 2017.
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: Oʻzbekiston. 2017.
5. Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T. 14. - Toshkent: Oʻzbekiston, 2006.
6. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch. -Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
7. Karimov I.A. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2011.
8. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʻlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. - Toshkent: Oʻzbekiston. 2015.
Asosiy adabiyotlar
9. Mustaqil Oʻzbekistan tarixining dastlabki saxifalari. - Toshkent, 2000.
10. Erkayev A. Oʻzbekiston yoʻli. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2011.
11. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lugʻat // M.Abdullayev va boshqalar: toʻldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
12. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2017.
13. Mustaqil Oʻzbekiston tarixi. Masʼul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013.
14. Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Rukovoditelʼ proyekta i redaktor: M.A.Raximov. - Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018.
Qoʻshimcha adabiyotlar
15. Azizxoʻjayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. - Toshkent: 2001.
16. Azizxoʻjayev A.A. Chin oʻzbek ishi. - Toshkent, 2003. 17. Axmedov E. Oʻzbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. - Toshkent: Abu Ali ibn Sino nashriyoti, 2002. 18. Islomov Z.M. Oʻzbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. - Toshkent: Oʻzbekiston, 2005.
19. Levitin L. Oʻzbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: Oʻzbekiston, 2005.
20. Usmonov Q. Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. –Toshkent: Moliya, 2003.
21. Oʻzbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: Oʻzbekiston, 1996.
22. Oʻzbekiston tarixi. R.H.Murtazayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, 2005.
23. Oʻzbekiston xalqining dini, madaniyati va urf-odatlari: tarix va hozirgi holat. - Toshkent: TIU, 2011.
24. Oʻlmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. - Toshkent: Sharq, 2006.
25. Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va bagʻrikenglik: tarixiy tajriba va hozirgi zamon. Masʼul muharrir R.H.Murtazayeva. - Toshkent: Mumtoz soʻz, 2010.
26. Oʻzbekiston tarixi (1917-1991-yillar). 2 tom. Masʼul muharrirlar: R.Abdullayev, Q.Rajabov, M.Rahimov. - Toshkent: Oʻzbekiston, 2019.
27. Murtazayeva R.H. Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik. Darslik. - Toshkent: Mumtoz soʻz, 2019.
28. Yunusova X. Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va maʼnaviy jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). - Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2009.
29. Bobojonova D. Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70 80-yillar misolida). Qoʻllanma. – Toshkent: Sharq, 1999.
30. Qoraqalpogʻiston tarixi (1917-1994 yy.). - Nukus, 1995.
31. Gʻulomov S., Ubaydullayeva R., Ahmedov E. Oʻzbekiston. -Toshkent: Mehnat, 2001.
Интернет сайтлари:
www.ziyonet.uz.
www.edu.uz.
www.google.uz.
www.gov.uz.
Tuzuvchi: G’.X. Karomov
REFERAT MAVZULARI
О‘zbekistonning mustaqilligi yо‘lidagi dastlabki qadamlar
О‘zbekiston mustaqillik yillarida
О‘zbekistonning о‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yо‘li
Siyosiy islohotlar. Milliy davlatchilik poydevorining barpo etilishi
О‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi – fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi
O`zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Qoraqolpog‘iston Respublikasida ijtimoiy sohaning riojlanishi
Aholini ijtimoiy himoyalash millatlararo totuvlikni mustahkamlanishi
Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobilyatining mustahkamlanishi
Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining tashkil etilishi
Sud hokimiyati islohatlari
Siyosiy partiyalar,jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
Iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarining shakllanishi tarixi
О‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
О‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga qо‘shilishi
|
GLOSSARIY
Antropologiya - Odam, odamning kelib chiqishini o'rganuvchi fan
Antropogenez - antropos-odam, genezis kelib chiqishi
Avesto - «Apastak» so'zidan olingan asos, o'zak degan ma'noni anglatadi, zardo'shtiylikning muqaddas kitobi
Anaxita - (nohid)-er, suv, hosildorlik ilohi
Aqinak - hanjar turi
Axmoniylar - 550-330 yillarda Eron, Kichik, O'rta Osiyoni o'z ichiga olgan davlat
Antiox 1 - 280-260 yillarda hukmronlik qilgan Salavkiylarning hukmdori, Salavka 1ning o'g'li.
Antik - lotin tilida «qadimgi» degan ma'noda
Balbal - turkiylar tomonidan o'lgan odamlar ruhiga qo'yilgan tosh haykalchalar
Bo'dun-chorvador asholi, qora bo'du - qora xalq
Bog'i- Makedoniyalik Iskandan davrida Zarafshonning quyi oqimidagi qal'a
Boru- qal'a devoning o'q otadigan pana joyi
Bargustivon- jang va tantanalarda ot ustiga yopiladigan bezakli mato yoki sout
Baqtriya- Hozirgi O'zbekiston janubi, Tojikiston janubining bir qismi, shimoliy afg'oniston
«Bayt ul- hikma»- Bog'dodda ochilgan ilk musulmon fanlar akademiyasi
Vara - «Avesto» devor bilan o'ralgan to'rtburchakli makon
Varna - zardo'shtiylarda g'animlar yashaydigan viloyat
Vispati - qishloq boshlig'i
Vag'nze- ibodatxona er va mulklari
Vag'n- ibodatxona
Vatan ( arabcha –ona yurt) - inson yashab turgan, unib-o'sgan joy, xudud, ijtimoiy muhit mamlakat. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatanni keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Tor ma'noda Vatan bu – inson chaqaloqligida ona allasini eshitgan beshigi. Vatan bu – insonning ota-onasi, oilasi. Vatan bu- inson tug'ilib o'sgan qadrdon maxallasi, qishlog'i va el-yurti. Keng ma'noda Vatan bu – serquyosh, jannatmakon diyorimiz O'zbekiston Vatan inson uchun eng muqaddas makon. Chunki yuqorida keltirilgan manzil va makonlarni inson xech qachon boshqa narsaga almashtirmaydi, pulga ayriboshlamaydi, sotib ololmaydi yoki sotmaydi! O'z yurtini, o'z Vatanini sevmagan inson, o'zga yurtni ham seva olmaydi. Bunday insonlar vatangadolikka mahkumdirlar. Zero muqaddas dinimiz taomiliga ko'ra Vatanni suymoq iymondandir!
Govmard - zardo'shtiylar falsafasiga ko'ra, dastlabki yagona odam
Dax - ko'chmanchi qabila, sak-massagetlarning bir qismi
Daxyupati - viloyat, o'lka yo'lboshchisi
Dodarshish - Frada qo'zg'olonini bostirgan Baqtriya satrapi
Dodxox -hukmdor, hokim
Dehqon- «qishloq hokimi», er egasi
Paleolit- qadimgi tosh davri
antropologiya – odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, odamzod irqlarining paydo bo’lishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, o’zgaruvchanlik haqidagi fan.
arxeologiya – qadimshunoslik; qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati o’tmishini o’rganuvchi fan.
bronza davri - miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar bilan belgilanadi.
Zamonbobo – Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Zamonbobo ko’li bo’ylarida miloddan avvalgi II mingyillikda yashagan chorvador va dehqonlarning qadimiy madaniyati.
ilk paleolit - O’rta Osiyodagi ilk paleolit davri moddiy madaniyat yodgorliklari miloddan 1 mln. - 100 ming yil avvalgi davrlarga oid bo’lib, ashel davri deb ataladi.
ishlab chiqaruvchi xo’jalik – ancha vaqt urug’ni o’simlik va hayvon yegulik mahsulotlari bilan ta’minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ov va hayvonlarni qo’lga o’rgatishdan kelib chiqqan.
matriarxat – yeng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug’ga va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.
mezolit (o’rta tosh davri - yunoncha «mezos» - «o’rta», «litos»-«tosh») - milloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar bilan o’lchanadi.
neolit (yangi tosh davri – yunoncha «neos» - «yangi», «litos»- «tosh») - miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarga oid.
paleolit (qadimgi tosh davri - yunoncha «paleos» - qadimgi», «litos» - «tosh»). Mintaqamizda odamzodning paydo bo’lishi bundan 1 mln. - 700 ming yil ilgari sodir bo’lganligi taxmin qilinadi. Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichga: ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolit bosqichlariga bo’linadi.
patriarxal oila – ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir.
patriarxat – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo’lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqyega ega bo’lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan.
Sopollitepa – O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlari manzilgohidir (mil.av. II mingyillikda).
so’nggi paleolit - bu davr miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.
temir davri - miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlaridan boshlanadi.
urug’chilik – o’zaro qon-qarindosh bo’lgan kishilardan iborat dastlabki odamlar uyushmasi.
sivilizasiya - (lotincha «sivilis»-fuqaroviy, ijtimoiy, ya’ni harbiylar va dindorlar hukmronligisiz) — jamiyatning o’z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining hamda ularni yanada ko’paytirib takomillashtirib borish usullarining majmui.
eneolit (mis-tosh davri) - miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar bilan chegaralanadi.
eng qadimgi urug’chilik tizimi - insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, hamma odamlar hamkorlikda mehnat qilgan bir davridir.
etnografiya – xalqlarning kelib chiqishini, xo’jaligini, turmush tarzini, madaniyatini o’rganadigan fan.
o’rta paleolit - bu davr miloddan avvalgi 100 - 40 ming yilliklarni o’z ichiga olib mustye davri deb ataladi.
ark – shaharning devor bilan o’ralgan mustahkam qismi; ichki qal’a. Unda podsho va uning oilasi, shuningdek, davlat muassasalari joylashgan.
Afrosiyob – hozirgi Samarqandning sharqiy qismida joylashgan shahar.
Baqtriya – Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati.
vaysa – “uy quli”. O’rta Osiyoda qadimgi qulchilik shakllaridan biri, ular dehqonchilik, uy chorvachiligi va boshqa ishlab chiqarish vazifalarini bajarganlar.
varzana – “vis”lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo’shni jamoa
vis – “nmana”lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi
daxyu – qabilalar ittifoqi
Dovon - Farg’ona vodiysining qadimgi nomlaridan biri
Yerqo’rg’on – hozirgi Qashqadaryo viloyati hududidagi qadimgi shahar.
Janubiy So’g’diyona – Qashqadaryo vohasi
zanti – qabilalar uyushmasi
Zulqarnayn – Aleksandr Makedonskiyning laqabi. O’rta osiyoda u shu laqab bilan atalgan. Bu laqab – “ikki shoxli , “ikki tomonni tutuvchi” degan ma’nolarni anglatgan.
Ko’zaliqir - hozirgi Xorazm viloyati hududida joylashgan shahar.
Marokanda – Samarqandning yunoncha nomi.
Marg’iyona – Murg’ob daryosi vodiysidagi qadimiy viloyat. Yozma manbalarda Marg’iyona Marv viloyati va vohasi nomi bilan tilga olinadi.
Marv - hozirgi Turkmaniston hududida joylashgan shahar.
massagetlar – hozirgi Amudaryoning quyi oqimlari va unga tutash bo’lgan yerlarda yashagan qabilalar.
Midiya – Eronning shimoli-g’arbidagi o’lka.
nmana – katta patriarxal oila
Oks – Amudaryoning qadimgi nomi
Parkana – Farg’ona vodiysining qadimgi nomlaridan biri
Politimet - Zarafshonning qadimgi nomi
saklar – hozirgi Sirdaryo bo’ylarida, Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida, Farg’ona vodiysida yashaganlar.
saka tigraxauda – “tigra”- bu “o’tkir”, “xauda”- “bosh kiyim”.
saka-xaumovarka – “xaoma muqaddas ichimlikni ulug’lagan saklar”
saka tiay para so’g’dam – “so’g’dlarning narigi yog’idagi saklar”.
saka tiay darayyo – “daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar”
Sangirtepa – hozirgi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi shahar
satrap – viloyat boshlig’i.
satrapiya – harbiy-ma’muriy hudud.
stadiy – qadimgi yunonlarda qo’llangan masofa o’lchovi. 1 stadiy 150-190 metrga teng bo’lgan.
So’g’diyona – Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzasida joylashgan qadimiy o’lka.
so’g’dlar – hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida hayot kechirganlar.
Testlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tog’risida”gi qonuni qachon qabul qilingan? A)*1991 yil 18noyabr
B) 1991yil 29dekabr
C) 1995yil 26mart
D)1991yil 24mart
2. O’zbekiston Respublikasi Pezidentligiga muqobillik asosida saylov qachon bo’lgan ?
A)* 1991yil 29dekabr B) 1991yil 18noyabr C) 1991yil 19dekabr
D) 1995 yil 26mart
3. Nechanchi yildan boshlab parlament Oliy Majlis nomi bilan ataladigan bo’ldi?
A) 2005 yil B) 1995 yil
C) 2004yil D) 2003yil
4. Qachondan boshlab Oliy Majlis ikki palatali parlament sifatida o’z faoliyatini boshlagan?
A) 2005 yil B) 2000yil
C) 1995 yil D) 2002yil
5 . O’zbekistonda vitse-prezident qachon tugatilgan?
A)* 1992y 4yanvar
B) 1990yil 15 noyabr
C) 1993yil 5yanvar
D) 1992yil 14yanvar
6. O’zbekistonda Bosh vazir lavozimi qachon tasis etilgan?
A)* 1992yil 4yanvar
B) 1995yil 15noyabr
C) 1992yil 5yanvar
D)1995yil 29dekabr
7. Mamlakatimizda o’lim jazosi nechanchi yilda bekor qilingan?
A)* 2008yil 1yanvar B) 2003yil 1dekabr C) 2008yil 1dekabr
D)1998yil 1yanvar
8.2017yil 21fevralda qaysi sohada tubdan takomillashtirish ishlari amalga oshirildi?
A) fuqarolik institutlari faoliyatida
B) Oliy hokimyat organlarida
C) saylov kommisiyasi faoliyati doimiylashtirildi
D) Sud tizimi tuzilmasi
9. 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni deb e’lon qilingan yilni toping?
A) 1993 yil B) 1992 yil
C) 1998yil D)2003yil
10. Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining oily bosh qo’mondoni hisoblanishi konstitutsiyamizning nechanchi moddasida aytib o’tilgan?
A) 93-moddasida B) 89-modda
C) 106-modda D) 96-modda
11. Nechinchi yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to’g’ridan-to’g’ri muloqoti yo’lga qo’yildi
A) 2016-yilda. B) 2015-yilda.
C) 2017-yilda. D) 2014-yilda.
12. Nechinchi yilda Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi
A)* 2016-yil sentabrda B) 2015-yil avgustda. C) 2014-yil martda.
D) 2017-yil iyulda.
13. Nechinchi yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingan
A) 2017 B) 2015 C) 2016 D) 2014
14. Nechinchi yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi
A) *2016-yil 28-dekabrda
B) 2017-yil 18-dekabrda
C) 2016-yil 18-dekabrda
D) 2017-yil 28-dekabrda
15. Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining …-sessiyasida, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o’zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o’tdi
A)* 72 B) 74 C) 68 D) 75
16. Quyidagi qaysi qatorda harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning beshinchi ustuvor yo’nalishi keltirilgan
A)* Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik, o’zaro manfaatli
va amaliy tashqi siyosat
B) Ijtimoiy sohani rivojlantirish
C) Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
D) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
17. Quyidagi qaysi qatorda harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning uchinchi ustuvorning rangi keltirilgan
A)* Tillarang B) Moviy havorang
C) Siyohrang D) Oq rang E) Qizil rang
18.Birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonida ishlab chiqilgan “ O’zbek modeli ” necha tamoyildan iborat ?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
19.O’zbekiston yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish maqsadida 1994-2001 yillar……?
A) 700km li Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li
B) 1000 km li Toshkent-Samarqand-Nukus temir yo’li
C) 900 km li Andijon-Qarshi-Qo’ng’irot temir yo’li
D) 700 km li Toshkent-Uchquduq-Kegayli temir yo’li
20.Qachon uzunligi 220 km bo’lgan G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yo’nalishi qurildi ?
A) 2017 yil B) 2001 yil
C) 2005 yil D) 2004 yil
21.O’zbekistonni dengiz yo’liga olib chiqadigan eng yaqin yo’l qaysi davlat orqali o’tgan ?
A) Afg’oniston B) Turkmaniston
C) Ozarbayjon D) Rossiya
22. Toshkent-Samarqandni bog’lovchi tezyurar poyezd ?
A) Afrosiyob B) Nasaf
C) Marokand D) Lokomotiv
23.Qachondan tezyurar poyezddan tijorat maqsadida foydalanildi ?
A) 2011 yil oktabr B) 2010 yil oktabr
C) 2011 yil noyabr D) 2010 yil noyabr
24. Tezyurar poyezdning 2018 yilda qaysi yo’nalishi ishga tushirildi ?
*A) Xiva B) Qarshi
C) Buxoro D) to’g’ri javob yo’q
25.2001 yil avgustda Toshkent metrosining Yunusobod yo’nalishida nechta bekat ishga tushirildi?
*A) 6 ta B) 7ta C) 8 ta D) 9 ta
26. O’zbekiston havo yo’llari nechta mamlakatga parvozlarni amalga oshiradi ?
*A) 25 ta B) 26 ta
C) 27 ta D) 28 ta
27.Toshkent xalqaro aeroportiga qachon I.Karimov nomi berildi ?
A) 2017 B) 2016
C)2015 D)2018
28.O’zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
*A) 2001 yil B) 2002 yil
C) 2003 yil D) 2004 yil
29.Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
A) 2002 yil B) 2001 yil
C) 2003 yil D) 2004 yil
30. 2017-yilda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan qanday lavozim joriy etildi?
*A) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi
B) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi
C) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – diniy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi
D) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – diniy maslahatchi
31. Nechanchi yildan boshlab ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan- to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi?
A) 2016-yil B) 2017-yil C) 2018-yil D) 2015-yil
32. 2017-yil O’zbekiston Prezidenti tomonidan qanday nomlandi?
*A) Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
B) Yoshlarni qo‘llab quvvatlash
C) Kichik biznes va tadbirkorlik
D) Keksalarni e’zozlash yili
33. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – …
*A) vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
B) qonun tashabbuskorligi va ijro etuvchi mahalliy organlarga bo’lindi.
C) o’zini o’zi boshqarish va hokimlik boshqaruviga bo’lindi.
D) xalq deputatlari kengashi va o’zizni o’zi boshqarish organlariga bo’lindi
34. Qachondan boshlab O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi?
A) 1994-yil
1993-yil
1995-yil
1992-yil
35. Qachondan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi?
1994-yil sentabr*
1993-yil mart
1993-yil sentabr
1995-yil may
36. O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan qaysi yilni ,,Sihat-salomatlik yili” deb nom berilgan?
2005-yil
2003-yil
2006-yil
2001-yil
37. Qaysi yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi?
2016-yil 21-oktabr *
2015-yil 20-sentabr
2014-yil 5-mart
D) 2017-yil 5-mart
419. 2015-yilda O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtacha umr ko’rish yoshi necha yoshlarni tashkil etdi?
Erkakalar:66-70 yosh, ayollar:72-76 yosh*
Erkakalar:65-75 yosh, ayollar:70-75 yosh
Erkakalar:60-75 yosh, ayollar:73-77 yosh
Erkakalar:65-70 yosh, ayollar:70-75 yosh
420. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining nechanchi moddasida «O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida belgilanb qo‘yilgan?
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 8-modda*
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 10-modda
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda
421. Baynalmilal madaniyat markazi qachon tashkil etilgan?
1992-yil
1994-yil
1991-yil
1993-yil
422. Baynalmilal madaniyat markazi yomonidan har yili ikk marta qanday bayram nishonlanadi?
Til bayrami*
Diniy bayrami
Urf-odatlar bayrami
D)Milliy bayramlar
423. O’zbekistonda ta’lim nechta tilda olib boriladi?
7 ta
10 ta
8 ta
D) 5 ta
424. Respublikamiz hududidaga millat va elatlar soni qanchani tashkil etadi
130 dan ortiq
138 dan ortiq
120 ta
140 ga yaqin
425. Sog’lom ona va bola yili deb nechanchi yil nomlandi?
*A) 2016 yil B)2015 yil
C) 2017 yil D) 2014 yil
426.Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonun qachon qabul qilindi?
a) 2016 yil b) 2014 yil
c)2013 yil d) 2015 yil
427.Respublikamizdagi harbiy akademik litseylarga 2017 yildan boshlab qanday nom berildi?
*a) Temurbeklar maktabi
b) Mard o’g’lonlar
c) Serjantlar maktabi
d) Temurbeklar litseyi
428. Qachon Toshkentda Amir Temur haykali ochildi?
A) 1993-yili. B) 1994-yili.
C) 1992-yili. D) 1996-yili.
429. 1996-yili qaysi shaharlar “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi?
A) *Samarqand va Shahrisabz.
B) Toshkent va Samarqand.
C) Qarshi va Shahrisabz.
D) Toshkent va Buxoro.
430. Mustaqillik yillarida 1200 yillik yubileylari nishonlangan bobolarimizni ko’rsating.
A) *Ahmad al-Farg’oniy va Imom Abu Iso Termiziy.
B) Mirzo Ulug’bek va Xo’ja Ahror Valiy.
C) Bahouddin Naqshbandiy va Imom al-Buxoriy.
D) Ahmad al-Farg’oniy va Imom al-Buxoriy.
431. Qayerda Hamid Olimjon va Zulf ya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi?
A) *Jizzax. B) Andijon. C) Farg’ona. D) Qashqadaryo.
432. 2017-yili 25-yanvarda …
A) *O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi.
D) Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.
433. Qachon Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berildi?
A) 2016-yili. B) 2015-yili.
C) 2017-yili. D) 2014-yili.
434. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori muvofiq qaysi shaharlarda Islom Karimovning haykallari o’rnatilgan?
1.Buxoro. 2.Toshkent. 3.Samarqand. 4.Urganch. 5.Qarshi. 6.Andijon.
A) *2,3,5. B) 1,4,6. C) 1,3,5. D) 2,3,4.
435. Qachondan 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanadigan bo’ldi?
A) 1999-yildan. B) 1998-yildan.
C) 1997-yildan. D) 1994-yildan
436. 1992-yil yurtimizda ilk bor Qur’on Karim kim tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr qilindi?
A) *Alouddin Mansur.
B) Abdulaziz Mansur.
C) Abdulvohid Munzim.
D) Qori Niyoziy.
437. 2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi?
A) *Abdulaziz Mansur.
B) Alouddin Mansur.
C) Abdulvohid Munzim.
D) Qori Niyoziy.
438. Yurtimizda 2003-yili qaysi vatandoshimiz tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi?
A) *Abduxoliq G‘ijduvoniy
B) Imom Abu Mansur al-Moturidiy.
C) Burhoniddin al-Marg‘inoniy.
D) Imom Abu Iso Termiziy.
439. 2017-yil o’tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik? Mavzusidagi anjuman qaysi tashkilot homiyligida o’tkazildi?
A) * BMT B) YUNESKO
C) YUNESIF D) MDH
440. 2017-yil o’tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik? Mavzusidagi anjumanda necha nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi?
A) 500 nafar B) 450 nafar
C) 550 nafar D) 600 nafar
481. O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklarasiyasi” qachon qabul qilingan?
1990 yil 20 iyunda
1990 yil 18 iyunda
1991 yil 17 martda
1991 yil 31 avgustda
482. O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklarasiyasi” nechta moddadan iborat?
12 ta moddadan
13 ta moddadan
14 ta moddadan
15 ta moddadan
483. “O‘zbekiston Respublikasinig Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
1991 yil 31 avgustda
1991 yil 30 iyulda
1991 yil 1 iyunda
1991 yil 1 sentyabrda
484. “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun nechta moddadan iborat?
17 ta
16 ta
15 ta
14 ta
485.Quyidagi davlatlardan qaysi biri O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan edi?
Turkiya
AQSh
Eron
Xitoy
486. 1992 yilning 8 dekabrigacha Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik Konstitutsiyasi vazifasini bajargan hujjatni aniqlang?
“O‘zbekiston Respublikasinig Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni
“O‘zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi”
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Oliy Kengash bayonoti
“O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun
487.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra mahalla oqsoqoli qancha muddatga saylanadi?
2,5 yil
2 yil
1,5 yil
5 yil
488. Mahalla so‘zi qaysi so‘zdan olingan?
arabcha “mahallun”
forscha “mahallun”
turkcha “mehalla”
tojikcha“mahal”
489. Qaysi yili “Obod mahalla yili” deb e'lon qilingan?
2003 yil
2004 yil
2005 yil
2006 yil
490. O‘zbekiston Respublikasining birinchi ordenini aniqlang?
“Sog‘lom avlod uchun”
“Shon-sharaf” ordeni
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
"Amir Temur” ordeni
491. “Shanxay forumi” ShHHTga o‘zgartirilmasdan oldin qanday nomlangan?
“Shanxay beshligi”
“Shanxay do‘stligi”
“Shanxay ittifoqi”
“Shanxay sammiti”
492. “Shanxay beshligi” tashkilotiga dastlab qaysi davlatlar kirgan?
Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston
Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston
Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston
493. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m qachon muomalaga kiritildi?
1994 yil 1 iyulda
1995 yil 1 noyabrda
1996 yil 16 iyunda
1997 yil 1 iyulda
494. Bekobod metallurgiya zavodi qaysi viloyatda joylashgan?
Toshkent viloyatida
Sirdaryo viloyatida
Samarqand viloyatida
Buxoro viloyatida
495. Yurtimizda nechanchi yilda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi nishonlandi ?
1999-yilda
2000-yilda
2001-yilda
2002-yilda
496. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi qachon ochildi ?
1996-yil 18-oktyabrda
1998-yil 3-noyabrda
2009-yil 7-martda
1999-yil 8-noyabrda
497.Parlament nima ?
Demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organning nomi.
Prezident ijro hokimiyati
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat
Ijro etuvchi, sud hokimiyati
498. 2007-yil Toshkent shahriga qaysi tashkilot tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” nomi berildi ?
AYSESKO
YUNESKO
BMT
Qizil yarim oy jamiyati
499. Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi aholisi oldiga qanday maqsad qo'yilgan ?
Insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish
Hususiy tadbirkorlikka tayanuvchi davlat barpo etish
Rivojlangan kapitalistik davlat barpo etish
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlat barpo etish
500. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq kim O'zbekiston xalqi nomidan ish ko'rish huquqiga ega?
Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Faqat xalq tomonidan saylangan Oliy Maj lis kengashi
Faqatgina Prezident
O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi
Dostları ilə paylaş: |