Uchinchi Konstitusiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bо‘linishidir. О‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bо‘linishi qonunlashtirildi.
Tо‘rtinchi Konstitusiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitusiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik – huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
Beshinchi Konstitusiyaviy tamoyil — Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitusiyaning 15 – moddasida «О‘zbekiston Respublikasida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi sо‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish kо‘radilar», deb belgilab qо‘yilgan.