O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


qilinayotgan auditorlik amallarining mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

qilinayotgan auditorlik amallarining mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi.
Eng muhimi, auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda tekshirilayotgan 
korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana olishiga ishonch hosil qilishi 
lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni hujjatlar aylanish reja-grafigining tuzilishini, 
buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, 
korxonaning asosiy muomalalarini aks ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari 
(o’zaro bog’lanishlari) qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi 
kabi masalalarni bayon qilish lozim.
Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart, 
markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni bayon 
qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga asoslanib auditni 
rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday yondoshuvga yo’l qo’yib 
bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib keladiki, unda turli korxonalar 
nafaqat o’z xususiyatlarini, balki namunaviy schyotlar va registrlar nomi ostida ham 
xatolarini yashiradilar. Masalan, 1010-1090 «Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni 
balansda hisob baholarida aks ettirish hollari ko’p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi 
«ishlab chiqarish zaxiralarining hisobi ularning o’rtacha sotib olish bahosi bo’yicha 
yuritiladi» degan yozuv ostida nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma-xil 
usullari, balki ulardan to’g’ridan-to’g’ri voz kechish va materiallarni korxona uchun eng 
qulay bo’lgan baholarda hisobdan o’chirish va shunga o’xshashlar yashirinishi mumkin. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin