O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


- chizma. Tabiiy geografiyadagi yo‘nalishlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə17/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

- chizma. Tabiiy geografiyadagi yo‘nalishlar
O‘rta Osiyoda tabiiy-geografik tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy geografiya) yo‘nalishi 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshida vujudga keldi. Turli hududlarning geografik tasvirini yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshanskiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg kabi rus tabiatshunoslari hissa qo‘shdilar. Bu yo‘nalish N.L.Korjenevskiyning qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy yo‘nalishda N. G. Mallistkiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriev, O. A. Mo‘minov ko‘p yillar ilmiy faoliyat ko‘rsatib, o‘lkaning turli qismlari va butun O‘zbekistonni tabiiy geografik tasvirlashga munosib hissa qo‘shdilar.

O‘zbekistonda geografik tadqiqotlarning tabiiy-tarixiy yo‘nalishi 20- asr boshida o‘lkani ruslar tomonidan o‘rganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy yo‘nalish turli hududlar tuproq va o‘simlik qoplamini landshaftlar fonida majmuali o‘rganish metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi O‘rta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika ininstituti edi. Ekologik-geografik yo‘na-lish 1920—30-yillarda shakllandi.

Bu yo‘nalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941) va E. P. Korovin (1891-1963) edi. O‘rta Osiyo cho‘llari va baland tog`lari o‘ziga xos tabiiy kompleks va «hayot makoni» sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan o‘rganildi. Bu maktabning ilmiy g`oyalarini yangi yuqori bosqichga ko‘tarishda O‘zbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog Q. 3. Zokirovlar salmoqli hissa qo‘shdi. T. 3. Zohidov cho‘llar ekologik biostenologiyasi, Q.3.Zokirov esa O‘rta Osiyo fitoekologiyasi, o‘simlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (cho‘l, adir, tog`, yaylov)ni ajratish masalalari bo‘yicha o‘z yo‘riqnomalarini yaratdilar.

O‘zbekistonda agroiqlimiy tadqiqotlarni olib borgan taniqli biolog va geograf olimlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati akademik Q.Z.Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi L.N.Babushkin, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi N.A.Kogay, landshaftshunoslik yo‘nalishining etuk olimi Sh.S.Zokirov va Buxoro viloyati geografiyasi, jumladan, viloyat relefi, geoekologiyasi va agroiqlimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda landshaftshunoslik sohalarida salmoqli ishlarni olib borgan olim, “BuxDUda xizmat ko‘rsatgan dostent” I.Q.Nazarov to‘g`risida ma’lumot berishni o‘rinli deb bildim. Chunki mazkur olimlarning nomlarini, fandagi ilmiy tadqiqotlarini o‘quvchilar va talabalar maktablardagi darsliklarda va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv adabiyotlarida uchratishadi, bilishadi. Ammo ularning tarjimai hollari to‘g`risidagi ma’lumotlarni hamma ham birdek topa olmaydi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin