“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”
Babushkin Leonid Nikolaevich (1902.23.3 - Toshkent -1976.26.5) -geograf, agrometeorolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (I960). Geografiya fanlari doktori (1950), professor (1952), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1926). O‘rta Osiyo meteorologiya institutining Toshkent geofizika rasadxonasida ilmiy xodim, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik vazirligida bosh agrometeorolog (1941—46), O‘rta Osiyo universiteti tabiiy geografiya kafedrasi o‘qituvchisi, dostent, professor, kafedra mudiri (1947—76), 1955—61 yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha universiteti prorektori. L.Babushkinning ilmiy ishlari agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik va tabiiy geografiya masalalariga bag`ishlangan. Sug`orma dehqonchilik zonalarini agroiqlimiy rayonlashtirish va O‘rta Osiyoni tabiiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirdi.