O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Shuhrat Solihovich Zokirov



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə21/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Shuhrat Solihovich Zokirov 1940 - yil 4 - sentabrda Toshkent shahrida tug`ilgan. U 1957 – 1962 - yillarda O`rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning Geografiya fakultetida tahsil oldi. Sh. S. Zokirov 1962 - yildan mazkur universitetda o`qituvchi, dekan muovini (1983 – 1989 yy.), dekan (1989 – 2000 yy.) lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. U hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, O`zbekistonda geografiya fanining tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va geografiya tarixi kabi yo`nalishlari rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shagan taniqli olim. Sh. S. Zokirov 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Regional-landshaftshunoslik yo‘nalishi yuqoridagi uch kompleks yo‘nalish va ko‘plab tarmoq geografik yo‘nalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yo‘nalishga doir ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. O‘rta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft xaritalari tuzildi. 1943 y. O‘rta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konstepstiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan O‘rta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft xaritalarini yaratish bilan O‘rta Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shug`ullandilar. 1960—70 yillarga kelib, O‘zbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafiqov, M. U. Umarov, P. N. G`ulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullaev, S. Abdullaev, I. Abdug`aniev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) land-shaftshunoslik maktablariga mansub.

Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi — 1958.31.10, Toshkent) — tabiiy geograf va glyastiolog. O‘zbekiston FA muxbir a’zosi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). Geografiya fanlari doktori (1937). O‘rta Osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi profesori, mudiri (1927 yildan). O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya institktida konsultant va glyastiologiya bo‘limining boshlig`i (1926—58). Ilmiy faoliyati O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi va muzliklariga bag`ishlangan. N. Korjenevskiy O‘rta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va cho‘qqilarni o‘rganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Mo‘yinqum, Qirg`iziston tizmasi, Qorako‘l, Yashilko‘l, Sarez, Iskandarko‘l va Balxash ko‘llarini tadqiq qildi. Pomir va Tyanыianda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi cho‘qqi N. Korjenevskiy nomi bilan atalgan. Uning quyidagi asarlari bor:

1. Katalog lednikov Sredney Azii, T., 1930;

2. Srednyaya Aziya. Kratkiy fiziko-geograficheskiy ocherk, 2 izd., T., 1941;

3. Priroda Sredney Azii, T., 1960.

Semyonov-Tyanshanskiy (1906 yilgacha Semyonov) Pyotr Petrovich (1827.2.1, hozirgi Lipestk viloyati — 1914.26.2, Peterburg) — rus geografi, jamoat arbobi. Peterburg FA-ning faxriy a’zosi (1873). Rossiya Geografiya jamiyati viste-raisi (1873— 1914). Davlat kengashi a’zosi (1897). Peterburg universitetining tabiiyot bo‘limini tugatgan (1848). 1849 yildan Sharqiy Evropa tekisligida ekspedistiya ishlari olib borgan. A. Ritgerning «Osiyo er bilimi» asarini rus tiliga tarjima qilgan. 1856—57 yillarda Tyanshan (Tangri-tog`) tog`larini o‘rganib, uning dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzgan, katta balandlikdagi qor chegarasida katta muzlik borligini aniqlagan va buni iqlimning quruqligiga bog`liq ekanligini to‘g`ri tushuntirgan (Tyanshanni ilmiy o‘rganganidan 50 yil o‘tgach, uning familiyasiga «Tyanshanskiy» deb qo‘shib aytiladigan bo‘ldi). Markaziy Osiyoni tadqiq qilish bo‘yicha yirik ekspedistiyalarni uyushtirishga Semyonov-Tyanshanskiy bevosita yordam ko‘rsatgan.

Rossiya geografiyasiga oid ko‘p jildli asarlar yaratishga rahbarlik qilgan, 700 mingga yaqin hasharot to‘plab, kollekstiya tuzgan. O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo, Kavkaz, Alyaska va Shpistbergendagi bir necha geografik ob’ektlar; 100 ga yaqin yangi topilgan o‘simlik va hayvonlar Semyonov-Tyanshanskiy nomiga qo‘yilgan; Geografiya jamiyati tomonidan Semyonov-Tyanshanskiy nomli oltin medal ta’sis etilgan.

Asarlari quyidagilar:

1. Memuarы, t. 1, 3—4, Peterburg, 1915— 1917 (t. 2 pereizdanie, pod nazvaniem Puteshestvie v Tyan-Shan, Moskva, 1946).

Semyonov-Tyanshanskiy nomiga qo‘yilgan ba’zi tabiiy ob’ektlarga ta’rif berdik:

1.Semyonov muzligi - Markaziy Tyanshandagi (Qirg`iziston) muzlik. Sarijaz tizmasining shimoliy yon bag`rida, Sarijaz daryosi (Tarim havzasi) ning yuqori qismida joylashgan. Uzunligi 21 km, eni 1,5 km, maydoni 36 km2. Muzlikning uchi 3320 m balandlikda. 1857 yilda P.P. Semyonov (Semyonov-Tyanshanskiy) tomonidan o‘rganilgan.

2. Semyonov cho‘qqisi - Sarijaz tizmasidagi cho‘qqi. Markaziy Tyanshanda (Qirg`iziston). Balandligi 5816 m. P.P. Semyonov-Tyanshanskiy nomi bilan atalgan. Katta Ashuto‘r, Adirto‘r tizmalari bilan Sarijaz tizmasi qo‘shilgan joyda. Semyonov muzligidan yaqqol ko‘rinib turadi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin