O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


II.2. XX asrdaTabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə22/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

II.2. XX asrdaTabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
Mushketov Ivan Vasilevich [1850.9 (21).1, Alekseevskaya stanstiyasi, hozirgi Volgograd viloyati — 1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geografi. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1872), 1877 yildan Geologiya qo‘mitasi ad’yunkt-professori. 1874-75, 1877-80 yillarda O‘rta Osiyoning geologiyasini o‘rganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini «Turkiston» asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. I. Mushketov O‘rta Osiyoning geologik va orografik tavsifini yozdi. Sirdaryo vodiysini o‘rgandi. 1881 yilda G.D.Romanovskiy bilan birgalikda Turkistonning geologik xaritasini tuzdi. I. Mushketov shuningdek, Kavkazning geologik tuzilishi, muzliklari, mineral suvlari va foydali qazilmalarini o‘rgandi. 1887 yil Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida bo‘lib o‘tgan kuchli zilzilaning sabab va oqibatlarini tadqiq etdi. I. Mushketov «Fizik geologiya» qo‘llanmasini ham yozgan (1888—91). I. Mushketov nomiga Sibir, O‘rta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik ob’ektlar (Mushketov tog`i, Mushketov muzligi va b.) qo‘yilgan.

Asarlari: «Fizicheskaya geologiya» (ch. 1—2, SPB, 1888—91, oxirgi nashri 1935); Vernenskoe zemletryasenie 1887, SPB, 1890.

I. Mushketov nomiga Sibir, O‘rta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik ob’ektlar (Mushketov tog`i, Mushketov muzligi va b.) qo‘yilgan ba’zi ob’ektlarga ta’rif beramiz.

Mushketov muzligi - Markaziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shimoliy yon bag`rida joylashgan tog`-vodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh to-monida, kenglik bo‘ylab sharqdan g`arbga tomon cho‘zilgan. Uzunligi 20 km chamasida, eni 1—1,8 km, maydoni 49,25 km2.

Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi morena bilan qoplangan. Mushketov muzligi vaqt-vaqti bilan balqib, quyi tomon cho‘ziladi va keyin yana qisqaradi. 20-asrning 50-yillari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km2 ga ko‘paydi. Hozir muzlik qisqarib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirto‘r daryosi (Sarijaz daryosining chap irmog`i) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi bilan atalgan.

Korovin Evgeniy Petrovich (1891. 25.2 - Moskva — 1963.1.12) — botanik olim. O‘zbekiston FA akademigi (1947),

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1940), professor (1932). Moskva universitetini tugatgan (1917). O‘rta Osiyo universiteti o‘simliklar geografiyasi va sistematikasi kafedrasi mudiri (1928-60). Universitet qoshidagi Biologiya ilmiy-tadqiqot instituti (1932—38), O‘zbekistan FA Botanika instituti (1944—48, 1950— 52) direktori.

E.Korovinning ilmiy ishlari, asosan, ekologiya, geografiya, flora, o‘simliklar qoplami va filogenetikaga oid. Ferula turkumidan 60 dan ortiq yangi turni fanga kiritgan.

O‘rta Osiyo va Qozog`iston bo‘ylab o‘tkazilgan 24 ekspedistiyada qatnashib, uchlamchi davr qazilma florasi (Turkmaniston kserofiti, Qoratov lezofili)ni topgan. O‘rta Osiyoda g`o‘zani rayonlashtirish xaritasini tuzgan.

DOLIMOV No‘‘mon Dolimovich (1906.1.2. - Toshkent - 1977.10.7) -geograf olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geografiya fanlari nomzodi (1944), dostent (1945). O‘rta Osiyo davlat univesiteti (keyinrok, ToshDU, bugun O‘zMU) geografiya fakulteti dekani (1945—68). Ilmiy faoliyati O‘zbekiston tabiatini o‘rganishga, lug`atlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, o‘quv geografik xaritalari, atlaslar yaratishga bag`ishlangan. O‘quv adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan.

Asarlari: Geografik terminlarning qisqacha ruscha-o‘zbekcha lug`ati, T., 1953; O‘zbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); O‘zbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (ham-muallif).


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin