V.B.Sochava - "geosistema" so`zini tabiiy hududiy kompleks o`rniga kiritdi. Makon - zamon masalasi o`z-o`zini boshqaradigan sistema landshaft - geografik bashoratlash, matematik statistika, landshaftning amaliyot muammolari jonlandi. Landshaftlar arxitekturasi, landshaft rekreatsion hudud kabi yo`nalishlar namoyon bo`ldi.
Antropogen - madaniy landshaftlar masalasi rivojlandi. Xorijiy davlatlarda landshaft nazariyasiga bo`lgan munosabat o`zgardi. Germaniyada landshaft ekologiyasi yoki geoekologiyasiga e'tibor ortadi. J.Bertranning Fransiyada 1968-yilda landshaftshunoslikka bag`ishlangan asari bosilib chiqdi. 1966 yilda Polshada tabiiy geografik rayonlashtirish bo`yicha simpozium bo`lib o`tdi.
Xalqaro jamoatchilik tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni asrashda landshaft - geografik nazariyani ahamiyati katta ekanligini tan oldi. Lekin landshaftshunoslik borasida xalqaro munosabatlar hozirgi kunga qadar talab darajasida emas.
Dostları ilə paylaş: |