O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


) Buzilgan (kuchli o`zgartirilgan) landshaftlar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə38/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

3) Buzilgan (kuchli o`zgartirilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi landshaftlar asosan inson foliyatining jadal ta'sirida o`zgargan geotizimlardir. Ularda ко'р unsurlar o`zgarib, landshaftlar strukturasining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan.

4) Madaniy landshaftlar. Strukturasi inson tomonidan jamiyat manfaatlari yo`lida, ilmiy asosda oqilona o`zgartirilgan va boshqariladigan landshaftlardir.

I.M.Zabelin: landshaftlarning inson tomonidan o`zgartirilganlik darajasi makonda ham zamonda ham bir xil bo`lib kela olmaydi va landshaft inson tomonidan qanchalik o`zgartirilgan bo`lmasin, baribir tabiiy hosila bo`lib qolaveradi va hech qachon ijtimoiy qonunlar asosida rivojlanmaydi.

Yuqoridagi tasniflarni birontasini ham mukammal ishlab chiqilgan deb bo`lmaydi. Chunki bu mufakkab masala: bir tomondan o`rganilayotgan ob'ekt landshaftlarning o`zi murakkab tuzilganligi va ко'р omilliligi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan inson faoliyati va uning ta'siri xilma-xildir. Qishloq xo`jaligi landshaftlari agrolandshaftlardir (V.A. Nikolayev, 1979, A.G.Isachenko, 1980). Turkistonda qishloq xo`jaligi qadimdan uch yo`nalish: dehqonchilik, chorvachilik va lalmikor dehqonchilik, bo`yicha rivojlanib kelmoqda. Agrolandshaftlarni L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1964) sug`oriladigan yerlar landshaftlari deb, N.A.Gvozdetskiy (1977) voha landshaftlari deb, F.N.Galidze (1980) irrigatsion landshaftlar deb ataydilar.

V.B.Sochava (1978) ham insonning tabiat bilan yaratuvchanlik hamkorligi haqida so`z yuritib, landshaftlarni ichki imkoniyatlarini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad ekanligini qaydqiladi.

Inson dehqonchilik qilar ekan, bir maqsadni - ko`proq qishloq xo`jaligi mahsuloti olishni maqsad qilib qo`yadi. Buning uchun mehnat qiladi, landshaftlarni o`z izmiga olishga intiladi. Natijada antropogen landshaftlar ichida "madaniy landshaftlar" deb atalishi mumkin bo`lgan yuqori mahsuldorlik, iqtisodiy samaradorlik kabi talablarga ozmi - ko`pmi mos keladigan landshaftlar hosil bo`ladi. Eng asosiy vazifa antropogen landshaftlarda inson faoliyati bilan landshaftlarning rivojlanishi orasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni oldini olish va kamaytirishdir. Buning uchun landshaftlarni tashqi ta'sir kuchlarga nisbatan barqarorligini aniqlab olish muhim ilmiy ahamiyatga ega.

A.G.Isachenko fikriga ko`ra madaniy landshaftga 2 ta sifat ko`rsatgichlari xos bo`lishi kerak:

1) Yuqori iqtisodiy samara (undagi imkoniyatlardan samarali foydalanish).

2) Eng yuqori qulay yashash muhiti, ya'ni sanitariya-gigienani mujassam qilgan ekologik muhit (havo, suv tozaligi) estetik sifat bo`lishi kerak.

Madaniy landshaftlarni shakllantirish amaliy yoki konstraktiv geografiya zimmasiga kiradi (A.G.Isaohenko, 1979, 169 bet). Shu olimning fikriga ko`ra "Madaniy landshaft" nazariyasi amaliy landshaftshunoslikni zalvorli asoslarini yakunlovchi pog`onadir. Ya'ni madaniy landshaftlarni bunyod etishning ilmiy asoslarini amaliy landshaftshunoslik ishlab berishi kerak. Madaniy landshaftlarni yaratish kelajakdagi vazifadir (Zokirov, 1998, 33-bet).

L.P.Shubayev (1977) har bir geografik zonada o`ziga xos sun'iy landshaftlar guldastasi bo`ladi. Ular xuddi ayni tabiiy muhitda shakllanadi. Qayd qilish lozimki, hamma unsurlar ham o`zgarishlarga yuz tutmaydi. Masalan, quyosh radiatsiyasi. Tabiiy va sun'iy landshaftlarni uyg`unlashuvi hozirgi landshaftlarni hosil qiladi. Uning fikricha antropogen landshaft o`z-o`zidan rivojlanmaydi, barqaror bo`lmaydi va tiklanmaydi. Inson uni tiklashni to`xtatsa u shubhasiz oldingi holatiga qaytadi deb ta'kidlaydi (426 b). Lekin asl holatiga to`liq qaytmaydi. Unda antropogen belgilar (qoldiqlar) qoladi (I.Q.Nazarov).




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin