Landshaftlar dizayni. Landshaftlar go`zalligi insoniyat hayotida alohida o`ringa ega. Go`zallik insonni ruhlantiradi. Ayniqsa, ijod sohiblarini - shoir, bastakor, rassomlarni. Shushkinning "Qarag`ayzori" (сосновые боры), S. Rerixning yarim koinotnamo "Ximolay manzarasi" tengi yo`q durdonalardir. Landshaftlarning tovushi, sitorasi uning qiyofasi (obraz) bor. Latofatli manzaralarni bunyod etish, landshaftlar go`zalligidan bahramand bo`lish hayotiy zaruratdir. Bu soha ayniqsa madaniy landshaftlarni yaratishda asqotadi.
Tabiat juda go`zal lekin uni bilish har kimni qo`lidan kelmaydi. Uni ko`rish uchun har bir inson estetik madaniyat, ma'naviyat sohibi bo`lishi kerak.
Tabiat zavqi, xususiyati ostonadan boshlanadi. Go`zallik bizni hayotimizni tartibga soladi. Kelajakda landshaftlar dizayniga bag`ishilangan ilmiy tadqiqotlar juda taraqqiy etadi. Tibbiyotda tabiatdan davolanish mavjud (I.Q.Nazarov).
Dostları ilə paylaş: |