O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə34/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

4) Eng yangi davr - XX asrning o`rtalaridan boshlandi. Ilmiy-texnika inqilobi bilan ta'riflanadigan bu davr Yerning landshaft qobig`i rivojlanishining antropogen bosqichidagi sifat jihatidan o`ziga xos bo`lgan bir davr hisoblanadi. Nisbatan qisqa bo`lgan - 40-50 yillik bu davrda fan jadal rivojlanib, u bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylandi. Fizika, kimyo, biologiya va boshqa qator fanlarning kashfiyotlaridan amalda foydalangan inson o`zining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish maqsadida qudratli texnikaga asoslanib tabiiy resurslardan foydalanishni kuchaytirib yubordi.

A.M.Ryabchikov (1974) keltirgan ma'lumotlariga qaraganda inson o`z xo`jalik faoliyati natijasida Yer bag`ridan har yili 100 mlrd. tonnadan ortiq turli xil ruda boyliklari, yoqilg`i xom ashyosi, qurilish materiallarini qazib oladi. Keyingi 60 yil ichida haydalib, ekin ekiladigan yerlar maydoni qariyb 2 barobar ortgan. Yer yuzasining 60%ga yaqin maydoni o`zlashtirilib, ekinzorlar, bog`lar, yo`llar, shahar va qishloqlar maydoni tarzida foydalanilmoqda. Har yili 8 mlrd tonna shartli yoqilg`i ishlatilmoqda, sanoat va uy-ro`zg`or oqova suvlari turli suv havzalariga tushurilib, ularni ifloslantirmoqda, 800 mln. tonnadan ortiq turli xil metallar eritilmoqda. Ekin maydonlarida har yili 400 mln. tonna mineral o`gitlar va 4 mln. tonnaga yaqin turli xil kimyoviy moddalar ishlatilmoqda, 20 mlrd. tonna CO2 gazi va 1 mlrd. tonnadan ziyod turli kimyoviy birikmalar atmosferaga yoyilmoqda. Insoniyat, haqiqatdan ham V.I.Vernadskiy aytganidek,qudratli bir geologik kuchga aylanib qolmoqda. Boshqa bir tomoni borki, inson organizmi ко'р jihatdan tabiiy unsurlar: havo, suv, o`simlik, tuproq, hayvonot kabilarga bog`liq bo`lib, u tabiatdagi moddaning aylanma harakati doirasidadir va uning qonuniyatlariga bo`ysinadi. Lekin inson ongli mavjudotdir va u o`z mehnatini osonlashtirish va yuqori samaraga erishish uchun turli mehnat qurollaridan, texnika kuchidan foydalanadi. U boshqa mavjudotlardan farqli o`laroq ijtimoiy mavjudotdir, jamiyat a'zosidir. Shuning uchun uning hayoti biologik omillardan tashqari, bir necha ijtimoiy omillar bilan ham belgilanadi.

Inson bevosita va bilyosita yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o`simlik va hayvonot dunyosiga ta'sir etmoqda va o`z maqsadlariga erishmoqda. Ba'zan o`zi kutmagan salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga ham sababchi bo`lib qolmoqda. Ularning ba'zilari dunyoviy tus olmoqda, ijtimoiy tanglik, kulfat, falokatlarga aylanmoqda. Insonning xo`jalikdagi faoliyati natijasida tabiiy geografik sharoitda ro`y berayotgan o`zgarishlarni ilmiy tahlil qilishga birinchi bo`lib urinib ko`rgan olimlardan biri amerikalik geografik J.P.Marshdir. Keyinchalik L.S.Berg (19151931), A.D.Gojyev( 1930), L.G.Ramenskiy (1935-1938) kabilar inson bilan tabiat o`rtasidagi aloqalarning mohiyatini ochib berishda faoliyat ko`rsatdilar.

"Antropogen landshaft" tushunchasi haqida. XX asrning o`rtalarida "madaniy landshaftlar", "o`zgartirilayotgan landshaftlar" iboralari ilmiy adabiyotlarda paydo bo`ldi.

Yu.G. Saushkin 1946 yilda "Madaniy landshaftlarni o`rganish uchun geografiyaning alohida tarmog`i bo`lishi kerak" degan fikrni bildiradi.

1970 yilda Voronej davlat universitetining professori F.N.Milkov "Ландшафтная сфера земли" nomli kitobida "Inson tomonidan o`zgartirilgan va barpo etilgan komplekslarni o`rganish bilan antropogen landshaftshunoslik shug`ullanishi kerak" (193b) deya ta'kidlashi antropogen landshaftshunoslikni shakllanishiga asos bo`ldi. Hozirgi kunda antropogen landshaftshunoslik yo`nalishining asoschisi F.N.Milkov ekanligini ko`pchilik geograflar e'tirof etadilar. Antropogen landshaftshunoslikka bag`lshlangan ilmiy anjumanlar 1972, 1978 yillar (Voronej), 1980 yil Orenburgda, 1981 yil Tambovda bo`lib o`tdi. "Вопросы географии" to`plamining 1977 yilgi nashri (№ 106) bevosita antropogen landshaftlarga bag`ishlangan edi. 1988 yilda Voronejda antropogen landshaftlarga bag`ishrlangan to`plam chop etilgan. Bu o`rinda "Antroposfera" atamasini eslab o`tish joiz. Uni 1902 yilda D.N.Anuchin fanga kiritgan bo`lib, insoniyatni yaxlit dunyoviy geografik hodisa sifatida talqin qiladi. Jamiyat va tabiat munosabatlari oqibatida o`zgartirilgan geografik qobiqning bir bo`lagi deb qaraladi ("Охрана ландшафтов", 1982г). Bu geografik qobiq taraqqiyotning hozirgi pog`onasi (etap)dir. Hozirgacha antropogen landshaftlar tushunchasi haqida olimlar o`rtasida yakdillik yo`q.

Yu.G.Saushkin (1946y) inson faoliyati natijasida landshaft komponentlari orasidagi o`zaro aloqalari o`zgargan har qanday tabiiy kompleksni "madaniy landshaft" deb ataydi.

V.S.Preobrajenskiy, L.I.Muxina (1984) inson tomonidan o`zgartirilgan landshaftlar tabiiy sifatlaridan bo`lak ijtimoiy sifatlarga ega. Shu sababli ular "tabiiy-antropogen geotizimlar" deb ataydilar. A.G.Isachenko (1976) landshaftlarni "tabiiy", "madaniy", "antropo-gen"ga ajratish to`g`ri emas deydi. Uning fikricha landshaftlar tabiiy asosga ega.

V.I.Prokaev (1983) o`zgartirilgan landshaftlarni "antropogen modifikatsiya" deb hisoblaydi.

N.A.Solnsev (1960) landshaftlarni o`zgarishi uchun albatta uni geologik-geomorfologik asosi o`zgartirilgan bo`lishi kerak deb hisoblaydi va landshaftni tashkil qiluvchi komponentlarni "kuchli" va "kuchsiz" guruhlarga bo`ladi.

V.B.Sochava issiqlik, namlik va biotani hal qiluvchi komponentlarga kiritadi.

V.B.Sochavaning shogirdi A.A.Krauklis (1979) unsurlarni landshaftda bajaradigan vazifasiga ko`ra ularni uch guruhga ajratadi:




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin