O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə31/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Qo`shimchalar:


1. Akademik K.K.Markov "Majmua haqidagi tushunchasiz geografiya fanining bo`lishi mumkin emas", degan edi. (Shrira 132 bet) V.V.Dokuchayev geografiya fanining rivojiga katta hissa qo`shgan. XIX va XX asr chegarasida V.V.Dokuchayev (1846-1903) xususiy geografik tadqiqotlardagi yangi faktik materiallar asosida ana shinday degan edi: "Shubha yo`qki, XIX asrda tabiatni bilish sohasida juda katta qadam tashlandi. Hatto bu asrning o`zini ham ko`pincha tabiyot asri deb atashadi... Lekin bu davrda asosan ayrim narsalar - minerallar, tog` jinslari, o`simlik va hayvonlar, ayrim hodisalar - olov (vulkanizm), suv, yer, havo o`rganilib, ularning nisbati, kuchlar, jismlar (narsalar) hamda hodisalar o`rtasidagi genetik doimiylik va qonuniylik aloqalari o`rganilmadi. Vaholanki, tabiatni bilishning mohiyatini..., tabiatning eng go`zalligini shu nisbatlar, ana shu qonuniy o`zaro ta’sirlar tashkil etadi."

V.V.Dokuchyev asosan g`ovak keltirma jinslarni o`rganuvchi geolog sifatida ish boshlaydi. U "Rossiyaning Yevropa qismidagi daryo vodiylarining paydo bo`lish usullari" asarida relyefning rivojlanishida oqar suvlarning rolini ko`rsatib, geomorfologiya faniga katta hissa qo`shdi. Dokuchayev g`ovak yotqiziqlarni o`rganish va relyefiiing yoshini aniqlashdan tuproqni o`rganishga o`tadi.

Tuproqni o`rganish tuproqda tabiatning barcha komponenti aks etishini ko`rsatdi. Dokuchyev ta'biri bilan aytganda, "tuproq - tabiatning ko`zgusidir". U tabiatdagi hamma narsa va hodisalar o`zaro bog`langan degan xulosaga keldi. Bu bog`lanishlarni kashf etishi Dokuchyevning geograf sifatida asosiy xizmatidir.

Bundan tashqari Dokuchayev tabiat hodisalarining o`zaro bog`lanishlari xarakteri shimoldan janubga tomon o`zgarib borishini ko`rsatdi. Mana shu asosda u o`zining tabiat zonalari haqidagi ta’limotini ishlab chiqdi. Bu bog`lanishlar quruqlik va dengizlarning joylanishiga, relyefga bog`liq holda ham o`zgaradi. Shu sababli zonalar doirasida regionlar (tabiiy rayonlar) tarkib topadi. Shunday qilib, V.V.Dokuchayev geografik qobiqning zonal - regional tabiati haqidagi ta'limotni yaratdi.

V.V.Dokuchayevning butun faoliyati dehqonchilikni rivojlantirishga, dashtlarni o`zlashtirishga, ixotazorlar barpo qilishga qaratilgan edi. V.V.Dokuchayev tabiatni keng geografik nuqtai nazardan o`rganishga yondoshishi geografiyaning ham va butun tabiatshunoslikning ham bundan keyingi rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatdi. Uning g`oyalari A.N.Krasnov, G.I.Morozov, V.I.Vernadskiy, G.I.Tanfilov va boshqalarning ilmiy qarashlariga asos bo`ldi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin