2) Qadimgi davr - asosan mezolit (o`rta tosh asri), neolit(yangi tosh asri) va bronza asrlariga to`g`ri keladi. Bu davr taxminan 7 ming yilni o`z ichiga olib, chorvachilik va dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Bu jarayon insonning tabiatga ta'sir kuchining ortib borishida yangi davrni ochib berdi.
3) Yangi davr- temir asri boshlaridan XX asrning o`rtalarigacha davom etib, taxminan 3 ming yilni o`z ichiga oladi. Bu davrda insonning moddiy hayotida temirning kashf etilishi va tosh qurollarining asta-sekin siqib chiqarilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu davrning oxirida insonning turli mehnat qurollari va texnika vositalari bilan jadal qurollanishi uning tabiiy resurslarga bo`lgan talabi va ehtiyojlarini ortib ketishiga sabab bo`ladi. Yer bag`ridan ma'danlarni qazib olish sur'ati ortib bordi. Milliardlab tonna tog` jinslari va tuproqni bir joydan ikkinchi joyga ko`chishiga sabab bo`ldi. Keyingi 300 yil ichida o`rmonlarning umumiy maydoni ikki martaga qisqarib ketdi.