1 - rasm. Geografiya fanlari tizimi (akademik V.P.Maksakovskiy bo‘yicha)
Geografiya fanlari tizimi - sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo‘linadi:
a) tabiiy, ya’ni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy er bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o‘z ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyastiologiya, geokriologiya, tuproklar geografiyasi va biogeografiya kiradi;
b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy geografiya, xo‘jalik tarmoqlari geografiyasi (sanoat geografiyasi, q. x. geografiyasi, transport geografiyasi va b.), aholi geografiyasi, siyosiy geografiya;
v) xaritagrafiya.
Undan tashqari geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy geografiya, rekreastiya va harbiy geografiya ham kiradi.
Keyingi yillarda, koinotni o‘rganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy geografiyasi), kosmos ershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Er sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik kemadan turib Er yuzasining suratini olish va xaritasini tuzish usullari ham yaratildi.
Quyida geografiya fanlar tizimi (sistemasi) rus olimi B. N. Semevskiy tomonidan taklif etilgan (1-chizma).
Dostları ilə paylaş: |