O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


I. Bob. Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

I. Bob. Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixi

1.1. Tabiiy geografiyani geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rni

Geografiya fani o‘z rivojlanish tarixida murakkab bosqichlardan o‘tdi. Shu yillar davomida geografiya fani ham tabiatdan samarali foydalanish, tabiiy resurslarni tejash va muhofaza qilish bo‘yicha jamiyat qo‘ygan vazifalarni hal qilmoqda. Biroq fanning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmayapti. Buning sabablaridan biri uning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linishi bo‘lsa, ikkinchisi bu ikki tarmoq fanlari orasidagi aloqalarning nisbatan zaifligidir. Uchinchidan, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan ba’zi mutaxassislik fanlarini rejalashtirishda turdosh fanlar aloqalarining etarli darajada emasligi deb hisoblaymiz.

Akademik V.P.Maksakovskiy o‘zining mumtoz “Geografik madaniyat (Geograficheskaya kultura)” asarining uchinchi bobini “Geografiya fanlar tizimi” deb nomlab, uning 7 bo‘limida mazkur fan tizimiga oid o‘z fikr mulohazalarini bildirgan. Jumladan,


  • Fanning umumiy tarkibi muammolari;

  • Tabiiy geografiya;

  • Sostial-iqtisodiy (ijtimoiy) geografiya;

  • Kartografiya;

  • Mamlakatshunoslik;

  • Oraliq fanlar;

  • Geografiyada ilmiy maktablar.

Geografiya fanlarining tuzilishi to‘g`risidagi munozaralar 20-asrning qator o‘n yilliklarida avj olganligini akademik V.P.Maksakovskiy ta’kidlaydi.

Hozirgi davrda geografiya o‘rniga geografiya fanlari sistemasi iborasini qo‘llash ilmiy jihatdan to‘g`riroqdir. Rus olimi Ya. G. Mashbist geografiya fanlari tizimiga 88 ta ilmiy yo‘nalish kirishini hisoblab chiqqan.






Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin