O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Mundarija

Kirish………………………………………………………………………………3

I. Bob. Tabiiy geografiya fanining rivojlanish tarixi…………………………..5

1.1. Tabiiy geografiyani geografiya fanlari tizimida tutgan o‘rni……………...5

1.2. Tabiiy geografiyani o‘rganish ob’ekti va predmeti……………………….13

II. Bob. XX asrda Tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari…..23

II.1. Tabiiy geografiya fanining geografiya fanlar tizimidagi o‘rni………..…23

II.2. XX asrdaTabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari……….38

Xulosa va takliflar……………………………………………………………….49

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….51

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Geografiya qariyb yigirma ikki asrlik uzoq va murakkab tarixga ega bo‘lgan qadimgi fanlardan biridir. U jamiyatda doimo bir necha vazifalarni bajarib kelgan.

Birinchi va muhim vazifasi, geografiya hamma vaqtda insonning haqiqiy ilmiy dunyoqarashining shakllanishi uchun xizmat qilgan. Ikkinchidan, geografiya bugungi kun fani sifatida rivojlanishning tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, jamiyatning turli sostial-iqtisodiy vazifalarni to‘g`ri hal etishida ahamiyati katta.

Yuqoridagi vazifalarni bajarishda hamda geografiya fanining hozirgi holatini to‘g`ri baholay olish uchun, uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘nalishlarini oldindan ko‘ra bilish o‘tmishini o‘rganishga to‘g`ri keladi. “Geografiyani, uning tarixini bilmay turib, o‘rganish mumkin emas. Bu mazkur fanning o‘ziga xos xususiyatidir. Boshqa fanlarda o‘z tarixini bilish foydali bo‘lsa, geografiyada bu zarurdir.” XIX asr boshida nemis geografi Fridrix Ratstel (1844-1904) tomonidan aytilgan ushbu jumlalarda geograf – mutaxassis uchun o‘z fani tarixini bilish qanchalik ahamiyatli ekanligi jiddiy ta’kidlangan.

Ayrim hollarda yoshlarimiz geografiya tarixini tarixiy geografiya bilan chalkashtiradilar. Aslida tarixiy geografiya o‘tmishdagi tabiiy sharoit, aholi va uning xo‘jalikdagi faoliyatiga, iqtisodiga oid bo‘lgan geografik xususiyatlarni o‘rganadigan va ilmiy tahlil qiladigan fan hisoblanadi. Qisqa va aniq qilib aytganda, tarixiy geografiya – ma’lum bir tarixiy davrning geografiyasidir. Geografiya tarixi esa geografiya fanining o‘tmishdagi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini, qo‘llagan tadqiqot metodlarini, ilmiy izlanishlar yo‘nalishlarini, ilmiy g`oyalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va ilmiy xulosalar chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 14 yanvarida mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig`ilishida “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzalarida “... umumta’lim maktablari, listey kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog`liq. Zamonaviy o‘quv reja va usullarini joriy etish talab darajasida emas ” - deb ta’kidlab, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish dolzarb masala ekanligini qayd etib o‘tdilar.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin