O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


GEOGRAFIYA 1-rasm. Geografiya fanlar tizimi (B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan sxema)



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

GEOGRAFIYA


1-rasm. Geografiya fanlar tizimi (B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan sxema).

B. N. Semevskiy tomonidan taklif etgan mazkur sxema ham ko‘pgina olimlar tomonidan munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ayniqsa, V.P.Semenov-Tyanshanskiy (1913) va N.N.Baranskiy tomondan bildirilgan fikrlar olimlar o‘rtasida ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Ammo “Yagona geografiya” g`oyasi tarafdorlari bo‘lgan qator tabiiy geograf va ijtimoiy-geograf olimlar geografiyani nufuzini ko‘tarish, geografiyani bir butun fan sifatida saqlab qolish to‘g`risida qator maqolalar yozishdi, o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Geografiyaning nufuzi to‘g`risida geograf olim I.Q.Nazarov quyidagi fikrlarni bildirganlar (2010): “Geografiya fanida esa qator nodir imkoniyatlar mavjud. Ulardan biri, uning majmuali – kompleks mazmundagi fan ekanligi, ya’ni tabiiy va ijtimoiy fanlar qirrasida joylashganligidir. Ikkinchi imkoniyati esa uning insonlarga rizq – ro‘z beruvchi makon – hududlarga bag`ishlanganligidir. Uchinchidan, mazkur fanni hududiy ekologik muammolarni echish yo‘lidagi imkoniyatlaridir. Shu bois geografik tadqiqotlarning mag`zida falsafiy – dialektik ya’ni tizimli yondoshuv yotishi zarur. Tizimli yondoshuvsiz – geografiya yo‘q. Geografiya fanining “noni” hududiy va tizimli yondoshuvda (I.Q.Nazarov, 2010).

Aks holda geografik tadqiqotlar biryoqlama bo‘ladi va uning kundalik amaliyot bilan bog`langanlik darajasi ko‘ngildagidek samara bermaydi. Buning uchun geograf falsafiy dunyoqarashga, yuqori saviyadagi sintez qudratiga ega bo‘lmog`i zarur. “Geografiya hududlar falsafasi” (Nazarov, 2006) degan hikmatomuz xulosaga kelishimizning mohiyati ham shundadir.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun birinchi navbatda geograflarning savodxonlik darajasini yuksaltirish zarur. Buning uchun dastavval geograf kadrlar tayyorlab beradigan oliy geografik ta’limga tegishli o‘quv rejalarini takomillashtirish lozim. Geograf dialektik, tabiiy, iqtisodiy – ijtimoiy qonuniyatlarni yaxshi bilmog`i shart. Harakatdagi namunaviy o‘quv rejalariga tuproqshunoslik, biogeografiya, geografik axborot tizimlari kabi fanlar kiritilishi zarur. Shular qatorida bo‘lg`usi geograflarga tizimli yondoshuvlarga metodologik asos bo‘ladigan “Geografiya fanining falsafiy asoslari” kabi fanlar mukammal o‘qitilmog`i lozim.”

O‘tgan asrning 70-80 yillaridan boshlab mazkur masalalarga bag`ishlangan ilmiy maqolalar ko‘plab chop etilgan, ilmiy anjumanlar o‘tkazilgan. Ammo bu sohalarga tegishli muammolar hali o‘z echimini to‘liq topgan emas.

Tabiiy geografiya fani mustaqil rivojlanishining to‘rt sharti bor bo‘lib, 1) predmeti; 2) tadqiqot uslublari; 3) nazariy asoslari; 4) vazifalarining o‘ziga xosligi hisoblanadi. Tabiiy geografiyaning etakchi tamoyillari: komplekslilik (majmuali, tizimlilik), hududiylik, sababiylik (determinizm), tarixiylik, ekologizm, ko‘p funkstiyalilik, xaritashunoslik va boshqalar.



Har qanday mustaqil fan o‘z tadqiqot obyektiga ega bo‘lgani kabi tabiiy geografiya ham o‘z tadqiqot obyektiga egadir. Uning obyekti juda murakkab tuzilgan ko‘p tavsifli tabiat hosilasidir. Har bir fanning nazariyasi, metodologiyasi rivojlanib, izlanish metodlari takomillashib borgani sari uning tadqiqot obyekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib borishi tabiiydir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy geografiya fanining hozirgi rivojlanish bosqichida uning tadqiqot obyekti haqida to‘rtta tushuncha hosil bo‘lganligini e'tirof etish mumkin.

Tabiiy geografiyaning obyekti haqidagi birinchi va eng keng tarqalgan tushuncha geografik qobiq haqidagi tushunchadir. Bu tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki fikr P. I. Brounov (1910) tomonidan, uning tabiiy geografiyadan tuzgan o‘quv qo‘llanmasida bildirilgan edi. Unda yozilishicha, tabiiy geografiya Yerning qiyofasini, ya'ni Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta'sir va aloqadorlikda bo‘lgan sferalar, ya'ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgandir. P. I. Brounov bu sferalarning barchasi bir-biriga kirishib, o‘zaro ta'sirlari bilan ham Yerning tashqi qobig‘ini, ham Yerdagi barcha hodisalarni keltirib chiqaradi. Shu o‘zaro ta'sirlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil qiladi, deb yozgan edi. Ushbu muallif fanda birinchi bo‘lib, tabiiy geografiyaning obyektini o‘z mazmuniga mos nom bilan, ya'ni Yerning tashqi qobig‘i deb, atagan edi. Uning fikrlari keyinchalik A. A. Grigoryev tomonidan rivojlantirildi va natijada geografik qobiq haqidagi ta'limot yuzaga keldi. Bu ta'limotning asosiy mazmuni Yerning ustki qismi sifat jihatidan boshqa sferalardan farq qiladigan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan qobiqdan tuzilganligi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-biriga faol ta'sir etib turadigan turli geosferalardan tashkil topganligi hamda o‘zida organik hayot va murakkab tabiiy geografik jarayonning mavjudligi bilan ifodalanadi.

Geosferalarning har biri moddaning u yoki bu agregat holatini aks ettirib, geografik qobiqning u yoki bu komponentini tashkil qiladi. Masalan, atmosfera moddaning gaz holatidagi ko‘rinishi bo‘lib, geografik qobiqning havo komponentini, gidrosfera esa moddaning suyuq holatidagi suv komponentini tashkil qiladi va h.k.

Geografik qobiqni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta'sir va aloqadorliklari ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va energiya almashinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning harakati uning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligini ta'minlaydi.

Geografik qobiqning mavjudligi va u o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning obyekti ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning nomlanishi, uning yuqori va quyi chegaralari hamda ularga bog‘liq holda, qalinligi haqida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Geografik qobiq haqidagi ta'limotning asoschisi hisoblangan A. A. Grigoryevning o‘zi ham uni turlicha nom bilan atagan. Masalan, 1930-yilda "geografik muhit", 1937-yilda "tabiiy geografik qobiq" va 1964-yilda esa "geografik qobiq", - deb atagan.

Geografik qobiq haqidagi ta'limotning ommalashtirilishida, oliy geografik ta'limga joriy qilinishida, o‘rta maktab dasturlariga kiritilishida xizmatlari beqiyos bo‘lgan S. V. Kalesnik 1940-yilda birinchi bo‘lib "geografik qobiq" atamasini ishlatgan bo‘lsa ham, keyinchalik 1955, 1970-yillarda u sinonim sifatida "landshaft qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.

Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda "landshaft qobig‘i" (Y. K. Yefremov, 1950; V. B. Sochava, 1956), "landshaft sferasi" (Y. K. Yefremov, 1959; D. L. Armand, 1975), "biogenosfera" (I.M.Zabelin, 1959, 1978), "epigeosfera" (A. G. Isachenko, 1965, 1991) yoki "geosfera" (A. M. Ryabchikov, 1978) deb nomlash hollari uchraydi. Bir vaqtlar V. I. Vernadskiy (1926) aytgan "biosfera" ham o‘z chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A. E. Krivolutskiy (1985) tomonidan tuzilgan va tabiiy geografiyaning obyektiga nisbatan bildirilgan turli qarashlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali jadval yaxshi tasavvur hosil qilishi mumkin.

N. A. Gvozdetskiy (1979) tabiiy geografiyaning predmeti haqida so‘z yuritar ekan, Y. K. Yefremov (1959) va S. V. Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining o‘rniga F. N. Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb hisoblaydi.

Yerning landshaft sferasi deganda F. N. Milkov, ayrim tabiiy geograflar kabi geografik qobiqning aynan o‘zini emas, balki uning ichida mavjud bo‘lgan, nisbatan yupqa, o‘ziga xos o‘rtaliq qobiqni tushunadi. U geografik qobiqda: 1) yuqorigi havo qatlami; 2) o‘rta landshaft qatlami; 3) landshaftlararo suv qatlami; 4) quyi (litosfera) tog‘ jinslari qatlami kabi to‘rtta qatlamni farqlash mumkinligini hamda ulardan uchtasining qalinligi kilometrlab o‘lchansa, o‘rta landshaft qatlamining qalinligi esa bir necha o‘nlab metrdan bir necha yuz metrgacha borishini yozadi.

Yerning landshaft sferasi atmosfera, litosfera va gidrosferalarning tutashgan, bir-biriga faol ta'sir etib turadigan modda va energiya almashinishi nihoyatda jadal ro‘y beradigan hamda organik hayot "qaynagan" qismida hosil bo‘ladi (2 rasm).

F. N. Milkov ta'biri bilan aytganda, Yerning landshaft sferasi geografik qobiqning "biologik fokusi" hisoblanadi va mazmun jihatidan R. I. Abolin (1914) aytgan "epegenema" ga, V. I. Vernadskiy (1926) ajratgan biosferaning "hayot quyuqlashgan" qatlamiga yoki Y. M. Lavrenko (1949) "fitogeosfera" deb nomlagan qatlamga mos keladi.

Geografik qobiqning aynan ana shu bir necha o‘n metrlik "o‘rtaliq" yoki "markaziy" qatlami alohida e'tiborga loyiq ekanligini A. A. Krauklis (1979) ham ta'kidlaydi. U moddaning asosiy qismi to‘plangan, jonli va jonsiz modda o‘rtasidagi eng muhim o‘zaro ta'sirlar bo‘lib turadigan bu qatlamni fatsiyalar yoki toplarning chegaralari yaxshi namoyon bo‘lishini e'tiborga olib "toplar sferasi" deb ataydi.

Eng kichik hududiy birlikni nomlashda nemis geograflari (Neef, Xaaze va b.) "top" atamasidan ko‘proq foydalanganlar. Top – grekcha "topos" – joy, o‘rin ma'nosini anglatadi. O‘z vaqtida bu atamadan L. G. Ramenskiy (1938), M. A. Pervuxin (1938) lar keng foydalanishgan. A. A. Krauklisning fikricha, A. A. Grigoryev aytgan tabiiy geografik jarayonlarning manbalari ana shu toplar sferasida joylashgandir.

Geografik qobiqni inkor etmagan holda, uning o‘rtaliq qismida landshaft sferasi mavjudligini ta'kidlar ekan, F.N.Milkov tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti geografik qobiq bo‘lsa, landshaftshunoslikning predmeti ana shu landshaft sferasidir, degan xulosaga keladi.

Yerning landshaft sferasi haqidagi tushunchani hozirgi vaqtda keng tan olinayotganligi va landshaftshunoslikning nazariyasi va metodologiyasida asosiy tushunchalardan ekanligini e'tirof etgan V. A. Nikolayev (2006), Yerning landshaft qobig‘i (sferasi) geografik qobiqning yer yuzasiga yaqin, yupqa qatlami ekanligi va litosfera, atmosfera, gidrosfera hamda biosferalarning faol modda va energiya almashinib turadigan, bir-biriga bevosita tegib turadigan markaziy qismi ekanligi haqida yana bir bor ta'kidlab o‘tadi. Shu bilan birga u Yerning landshaft qobig‘ini Yerning organik-mineral "terisi" ga, ya'ni "biogeoderma"ga o‘xshatadi. Demak, adabiyotda, shu jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham keng ishlatilib kelinayotgan "geografik qobiq" atamasini saqlash va tabiiy geografiyaning obyekti haqida so`z borganda, uni boshqa atamalar bilan chalkashtirmaslik lozim bo‘ladi.

Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va chuqur aloqadorlikdaki, alohida tabiat hodisasi hisoblanmish bir butunlikni, yaxlitlikni hosil qilgan. Shu bilan birga u murakkab hududiy tabaqalangandir, ya'ni turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslardan tashkil topgandir. Bu, o‘z navbatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot obyekti haqidagi ikkinchi tushunchaning shakllanishiga olib keladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin