186
2. Xalqaro savdo yo‗lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning
turli mamlakatlardagi «omil narxi‘ (tannarxi) ning tenglashishi kabi
o‗zgarishlar kuzatiladi.
3. Mahsulotlar eksporti o‗rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari
eksporti egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa
omillar miqdori o‗rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan
yuqori bo‗lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb
hisoblanadi.
Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan
tashqi savdo quyidagi
ko‗rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya‘ni,
«sanoatlashgan‘ va «agrar‘ mamlakat faoliyat ko‗rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma‘lum miqdorda
ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‗ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha
yer mavjud, ammo kapital yetishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash,
elektron mashinasozlik va
mashina ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan
holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital
ortiqchaligiga ega bo‗lgan mamlakatlar aynan ushbu yo‗nalishlarga
ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don yetishtirish va chorvachilik bilan
shug‗ullanadigan mamlakatlarda ko‗proq yer resurslari kerak bo‗ladi va
ular shu yo‗nalishga ixtisoslashgan bo‗ladilar.
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar
50 yillarda ―Leontyev taajjubi‖ yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi.
V.Leontyev AQSh kapital ortiqcha bo‗lgan mamlakat bo‗lishiga
qaramasdan 1947
yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan
mahsulot eksport qilganligini ko‗rsatib berdi. Ya‘ni Xeksher-Olin
konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar
esa AQSh da kapitaldan ko‗ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu
omillar ko‗proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo‗lib
chiqdi.
187
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar
Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi.
Ularning nazariyasi
bo‗yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta‘minlanganlik
darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi,
raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi
sharoitlarda mamlakatlar o‗rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari
tenglashadi.
Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham
nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi.
Ular ishchi kuchi
nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg‗or texnologiyaga
asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli
bo‗ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik
gazlamalarni dastlab faqat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo‗lgan
mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So‗ngra, bu
texnologiyani o‗zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik
gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo‗lgan rivojlanayotgan
mamlakatlarga ham ko‗cha boshladi. Buning natijasida G‗arb ilmiy-
texnikaviy omil tufayli o‗zi ega bo‗lgan
nisbiy ustunlikni qullay
boshladi.
M. Porterga o‗z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va
firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga
bo‗ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va yetarlicha miqdordagi ishlab chiqarish
omillarining mavjud bo‗lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo‗lgan talabning
xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‗ldosh va uni ta‘minlab
turuvchi,
jahon bozorida raqobatbardosh bo‗lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat
xarakteri
2.Qo‗shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
188
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‗llab-
quvvatlash bo‗yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‗llab-quvvatlash,
mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va
bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona
bojlarining pasaytirilishi,
subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar
tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati
uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat
ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: