22
Ishlab chiqarish hajmini to‗g‗ri hisoblash
uchun joriy yilda ishlab
chiqarilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga
olinish kerak. Ko‗pgina mahsulotlar bozorga borgunga qadar bir nechta
ishlab chiqarish bosqichini o‗taydi.
Shu sababli YaMMda ayrim
mahsulotlarni ikki va undan ko‗p marta hisobga olmaslik uchun,
faqat
pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar
esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish,
yoki ichki
ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste‘mol, jamg‗arish
yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan
oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‗shilmaydi..
Qo‗shilgan qiymat tovar va xizmatlarning
sotish bahosi bilan
ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni
sotib olishga qilingan xarajatlar o‗rtasidagi farq ko‗rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko‗rsatkichinig
strukturasini va undagi siljishlarni tahlil
qilish juda muhim xulosalar
beradi. Aloxida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi
qo‗shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o‗zgarishi bu mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan
istiqboliga baho berish
imkonini beradi.
YaIMni
Dostları ilə paylaş: