O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


Y -milliy daromadning o‗rtacha yillik o‗sish surati: k



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Y
-milliy daromadning o‗rtacha yillik o‗sish surati:
k
- kapitalning o‗rtacha yillik o‗sish sur‘ati; 
L
- mehnatning o‗rtacha 
yillik o‗sish sur‘ati; 
α
-milliy daromadda kapitalning ulushi; 
β
-milliy 
daromadda mehnatning ulushi; 
r
- texnik taraqqiyot sur‘ati. 
Tenglama, milliy daromadning o‗sish sur‘ati milliy daromadda ega 
bo‗lgan ulushi bo‗yicha mehnat va kapital o‗sish sur‘atlarining 
yig‗indisiga texnik taraqqiyot sur‘ati qo‗shilishidan paydo bo‗lgan 
miqdorga teng bo‗lishini ko‗rsatadi. Mehnat va texnik taraqqiyot o‗sish 
sur‘atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; 
iqtisodiy o‗sishning barqaror sur‘ati kapital o‗sishning barqaror 
sur‘atlari va uning milliy daromad o‗sish sur‘atlari bilan tengligi 
sharoitida erishiladi. Agar kapitalning o‗sish sur‘atlari milliy 
daromadning o‗sish sur‘atlaridan oshsa, unda bu jamg‗arish 
sur‘atlarining o‗z-o‗zidan pasayishiga olib keladi. 
Bunday bog‗liqlik J.Midning jamg‗arishning milliy daromaddagi 
ulushi doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital 
jamg‗arishning 
(investitsiyalarning) 
yuqoriroq 
sur‘atlarini
moliyalashtirish uchun zarur bo‗lgan jamg‗armalarning qo‗shimcha 
o‗sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Agar 
kapitalning o‗sish sur‘ati milliy daromadning o‗sish sur‘atidan orqada 
qolsa teskari holat ro‗y beradi. 
Mehnat unumdorligi o‗sish sur‘atlarining dinamik muvozanatga 
ta‘sirini ko‗rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamg‗arish sur‘atidan 
oshsa unda chekli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida 
mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil bo‗ladi degan xulosaga 
keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa mehnatning 
ham, kapitalning ham to‗liq bandligini ta‘minlaydi. Shu bilan birga J. 
Mid real holatda mehnatning va kapital jamg‗arilishining o‗sish 
sur‘atlari o‗rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e‘tibor qaratgan. 
Aks holda, agar mehnatning o‗sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan 
birga bormasa ishlab chiqarishning o‗sishi ro‗y bermaydi, chunki ishchi 


147 
kuchining o‗sishi ortiqcha bo‗lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital 
mehnat unumdoligini o‗sish sur‘atlaridan tezroq o‗ssa, unda ortiqcha 
ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo‗ladi. Biroq bu holda ham dinamik 
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik 
nazariyasiga asoslanib ularni ko‗rsatadi. 
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni 
kuchaytiradi, bu esa o‗z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va 
kapitalning foydaliligining o‗sishiga olib keladi. Natijada jamg‗arish 
sur‘atlari oshadi va ishchi kuchining o‗sish sur‘atlari bilan tenglashadi. 
J. Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda 
faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat 
shugina 
daromadlar 
va 
jamg‗armalarni 
qayta 
taqsimlashning, 
resurslarning 
zarur 
bandligi 
va 
barqaror 
iqtisodiy 
o‗sishni 
ta‘minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi. 
A. Lyuis o‗z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy 
o‗sishning asosi sifatida ko‗rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, 
bu model ―aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa 
cheklangan‖ davlatlar uchun qo‗l keladi. Bunday mamlakatlarga A. 
Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis o‗z konsepsiyasida erkin bozor g‗oyasiga asoslanganligi 
tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qo‗yadi. U bozorda mavjud 
ishlab chiqarish omillaridan, ya‘ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish 
xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar 
va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi. Agrar sektorda 
mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda 
past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq 
xo‗jaligidan ishchi kuchining ―olinishi‖ ishlab chiqarish qisqarishiga 
olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‗jaligida ishchilarning ish haqi 
yashash minimumi darajasida bo‗lgani sababli, bu ishchi kuchidan 
sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‗dirmaydi. Bu 
sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha yuqori. 
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining 
bir qismini qishloq xo‗jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan 


148 
iqtisodiy o‗sish sur‘atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu 
jarayonda asosiy mexanizm bo‗lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi. 
Sanoat 
ishlab 
chiqarish 
mashtablarini 
kengaytirib, 
o‗z 
ishchilarining daromadlari o‗sishini ta‘minlaydi, bu esa ichki talabni 
oshishiga ko‗maklashadi. Bunda tadbirkorlar o‗sib borayotgan 
daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‗naltiradilar. Bu 
daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‗sishga dinamik ta‘sir ko‗rsatadi. 
Iqtisodiy o‗sishning o‗zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda 
uning manbai bo‗lib qo‗shimcha ishchi kuchidan foydalanish 
hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo‗jaligida esa chekli mehnat 
unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o‗sishning bu ikki turi 
investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi. 
Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun 
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga 
talabga bog‗liq bo‗ladi. Uning o‗sishi daromadlar oshishi va 
investitsiyalar kengayishini rag‗batlantiradi. Qishloq xo‗jaligida, 
aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bog‗liq holda 
kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‗payishi fermerlarni qo‗l 
mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi. 
O‗z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. 
Lyuis uni industrial bosqichni o‗tgan g‗arbiy mamlakatlar uchun to‗g‗ri 
kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni 
rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. 
Kindlberger o‗z tahlilida ko‗rsatganidek iqtisodiy o‗sishning mehnat va 
kapital bilan bog‗liqligining eng yaxshi namunasi bo‗lib GFR, Italiya, 
Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya, 
Shvesiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis 
modelini teskari bog‗liqlikda bo‗lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda 
iqtisodiy o‗sishning past sur‘atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish 
quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bog‗liq edi. Yana bir 
guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan 
mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya, 
Turkiya). Ularning iqtisodiy o‗sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. 
Lyuis modeliga to‗g‗ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‗z sanoatini 


149 
balki boshqa yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan 
ta‘minlar edi va butun qit‘a uchun o‗ziga xos mehnat zahirasi fondi 
vazifasini bajargan edi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin