O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

G c = s , 
bu yerda
 
G - YaIMning haqiqiy qo‗shimcha o‗sish sur‘ati; Δ Y/ Y; 
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffisenti, I / Δ Y ; 


138 
s- milliy daromaddagi jamg‗arish hajmi yoki jamg‗arishga
 
o‗rtacha 
moyillik(S/Y). 
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta‘minlangan o‗sish sur‘ati
bo‗lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o‗sish sur‘atiga asoslanib o‗z 
investitsiya 
rejalarini 
tuzadilar. 
Kafolatlangan 
o‗sish sur‘ati 
jamg‗arishga o‗rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida 
aniqlanadi: 
Gw = s / cr , 
bu yerda: Gw – kafolatlangan o‗sish sur‘ati, cr – 
talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti ( o‗tgan yillardagi 
shakllangan darajasi); 
Bu ko‗rsatkichlar doimiy bo‗lganligi sababli kafolatlangan o‗sish 
sur‘atlari ham doimiy bo‗ladi. 
Agar haqiqiy o‗sish sur‘ati kafolatlangan o‗sish sur‘atiga mos kelsa 
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‗sish ta‘minlanadi. Amaliyotda bunga 
doimo erishib bo‗lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‗y 
beradi. 
Xarrod modelida resurslardan to‗liq foydalangan sharoitda 
ta‘minlanishi mumkin bo‗lgan maksimal o‗sish sur‘ati tabiiy o‗sish 
sur‘ati deb nomlandi. 
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‗liq bandlilik 
sharoitida kafolatlangan va tabiiy o‗sish sur‘atlari o‗zaro teng bo‗lganda 
ta‘minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi 
orqaligina erishiladi. 
11.3. Iqtisodiy o‗sishning neoklassik modellari asoslari. R. 
Solou,
J. Mid va A. Lyuis modellari 
Iqtisodiy o‗sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 
yillarda, ya‘ni dinamik muvozanat muammosiga e‘tibor susaygan va 
birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu 
bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab 
chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial mumkin 


139 
bo‗lgan o‗sish sur‘atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo 
bo‗ldi. 
Shu sababli iqtisodiy o‗sish muammosining nafaqat nazariy 
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‗zgardi. Bu davrda 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‗sdi.
Bu firmalar o‗z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun,
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellariga tayangan holda, 
mikrodarajada o‗sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. 
Ta‘kidlangan 
modellarni 
tuzishda 
firmalar 
chiziqli 
dasturlash 
uslublaridan va V.Leontyevning ishlab chiqarish funksiyasidan 
foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va 
iqtisodiy o‗sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‗nalish vakillarini 
iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‗lgan o‗sish 
modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. 
Bu yo‗nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz 
iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik 
firmalarga o‗z resurslaridan potensial o‗sishga erishish maqsadi to‗laroq 
foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini 
qat‘iy cheklash lozim degan fikrni olg‗a surishdi. 
Ular yaratgan modellarning 
metodologik asoslari bo‗lib, 
shuningdek, mehnat, kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning 
mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqarish omillarining klassik 
nazariyasi xizmat qildi. 
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‗lib 
chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu 
nazariyaga ko‗ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu 
omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‗shimcha birligi hisobiga 
yaratilgan qo‗shimcha mahsulot) bilan belgilanadi. 
Neoklassik 
maktab 
nazariyotchilari 
iqtisodiy 
o‗sishning 
neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo‗yicha tanqid qildilar: 


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin