O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 Iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellari. Ye.Domar va



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

11.2. Iqtisodiy o‗sishning neokeynscha modellari. Ye.Domar va 
R.Xarrod modeli 
Iqtisodiy o‗sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq 
muddatli ko‗payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish 
imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‗sish modellari ham 
real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‗rinishda, shartli tarzda
grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. 
Iqtisodiy o‗sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. 
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 
1)
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‗g‗risidagi bosh 
g‗oyasiga tayanadi. Ya‘ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq 
muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni 
oshirish deb qarashgan; 
2)
iqtisodiy o‗sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, 
boshqa ishlab chiqarish omillari e‘tiborga olinmaydi; 
Keynscha iqtisodiy o‗sish modelidan soddarog‗i 40-yillarda 
E.Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. 
Keyns o‗z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta‘sirini 
o‘rgangani holda, yalpi taklifga ta‘sirini ko‗rib chiqmaydi. Undan farqli 
tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu 


136 
baholarni barqaror holatida ushlab turadi, investision lag ―0‖ ga teng, 
kapital qo‗yilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. 
Ya‘ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta‘sir ko‗rsatib yalpi talabni 
oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab 
chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi . Shunday ekan, 
yalpi talabning o‗sishi yalpi taklifning o‗sishiga teng bo‗lishi uchun 
investitsiyalar qanday o‗sishi kerak degan savol paydo bo‗ladi. Bu 
savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‗z ichiga olgan 
tenglamalar sistemasini tuzdi: 
1)
taklif tenglamasi; 
2)
talab tenglamasi; 
3)
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining 
qanchaga qo‗shimcha o‗sishini ko‗rsatadi . Agar berilgan sharoitda 
investitsiyalar I o‗ssa, yalpi ishlab chiqarish

K α miqdorga o‗sadi: 


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin