102
import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‗rnatish va shuningdek,
mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya,
subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi yordam turi
bo‗lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko‗rsatiladi.
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. Bevosita
subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta
tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona
bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida
himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan
foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga
qarab daromad solig‗i to‗laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab
foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p mavjud soliq turlaridan
oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq
stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish
orqali investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi.
Davlat byudjeti mablag‗lari hukumatning daromadlarni va
resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini bajarishi uchun imkoniyat
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: