O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 Yalpi taklif grafigi va omillari



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
5.3. Yalpi taklif grafigi va omillari 
 
Taklif hajmining mamlakatdagi o‗rtacha narx darajasiga bog‗liqligi 
AS egri chizig‗i bilan ko‗rsatilgan. 
Yalpi taklif
deganda muayyan baholar darajasida ishlab 
chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‗lgan tovar va xizmatlarning 
real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‗pincha yalpi ichki 
mahsulot sinonimi sifatida qo‗llaniladi. Baholarning yuqori darajasi 
ishlab chiqaruvchilarga qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‗bat 
yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish 
hajmi bilan baholar darajasi o‗rtasida to‗g‗ri aloqa mavjud. Demak, 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‗sib borishi bilan o‗sib, 
pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‗i alohida 
tovar taklifi egri chizig‗idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki 
keyns kesmasi, ko‗tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal 
yoki klassik kesmadan iborat (5.2.- chizma). Bunday holat yalpi taklifni 
tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‗pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga 
kiritib yuboriladi. 
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning 
haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya‘ni to‗liq bandlik sharoitida 
erishishi mumkin bo‗lgan hajmidan kamdir. Demak bu kesma 
iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‗lgan va katta miqdordagi 
resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‗rsatadi. Foydalanilmayotgan 
ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta‘sir ko‗rsatmagan holda ishga 
tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi 
baholar darajasi o‗zgarmay qolgan sharoitda ro‗y beradi. 
 


62 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin