O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

5.4.-chizma.
Yalpi taklif egri chizig‗ining keyns kesmasidagi muvozanati 

AD 
Pye AS 



Y2 Yye Y1
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Yye ekanligini isbotlash 
uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda ADsotilmay qolgan tovarlar va xizmatlar hajmining ortishi ishlab 
chiqarishni Yye darajaga pasaytirilishiga olib keladi. 
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, 
ASchiqarishni Ye darajaga oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan yalpi 
taklif va yalpi talab egri chiziqlarining kesishish nuqtasigina AD-AS 
modelda muvozanat nuqtasi deyiladi. 


66 
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‗ining 
keyns kesmasida yalpi talabning o‗zgarishi ishlab chiqarish hajmining 
oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‗zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig‗ini AS egri chizig‗ining vertikal kesmasida 
o‗zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta‘sir ko‗rsatmaydi va faqat baholar 
darajasi o‗zgaradi, xolos. Ya‘ni, bu kesmada talabning oshishi talab 
inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida 
talabning har qanday o‗zgarishi faqat baholar darajasi o‗zgarishga olib 
keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‗liq bandlik sharoitida o‗zgarmay 
qoladi.
Yalpi taklif o‗zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning 
muvozanatli darajalariga ta‘sirini 5.5-chizma misolida ko‗rib chiqamiz. 
5.5.-chizma.
Yalpi taklif o‗zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga 
ta‘siri
 
P
R AS
2
ye 
2
AS
1

ye
1
AS
3
ye
3
AD
Y
Y
3
Y
1
Y
2
Bahodan boshqa omillar ta‘sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga 
siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, 
baholar darajasi esa P1 dan P2 gacha ko‗tariladi, ya‘ni stagflyasiya ro‗y 
beradi. 
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‗liq bo‗lmagan 
omillardan birortasi o‗zgarib, yalpi taklifning o‗zgarishiga olib kelsin. 
Ya‘ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar 
kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, 
Р
2
Р
1
Р
3


67 
unda yalpi taklif egri chizig‗i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda 
narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab 
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya‘ni, 
iqtisodiy o‗sish holati ro‗y beradi. 
Yalpi taklif va yalpi talab o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi 
makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan ―jahon 
moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy 
resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‗rtasidagi mutanosiblikning 
keskin buzilishi hisoblanishini ta‘kidlash lozim. Pul muomalasi 
qonunlaridan ma‘lumki, iqtisodiyot sog‗lom va barqaror amal qilishi 
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarish real hajmi o‗rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi 
lozim. 
Biroq, 
milliy 
iqtisodiyotlarning 
baynalminallashuvi 
va 
globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‗z 
ta‘sirini o‗tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, 
keyinchalik ko‗plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e‘tiborga olmaslikka qadar olib 
keldi‖. 
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va 
xizmatlar hajmi o‗rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz 
iqtisodiy inqirozga aylandi. 
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan 
biri makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlashdan iboratdir. Bunda yalpi 
talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi 
talabni rag‗batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni 
rag‗batlantirish siyosati qo‗llaniladi. 
Yalpi 
talabni 
rag‗batlantirish 
siyosatining 
ko‗rinishlariga 
daromadlarni o‗stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini 
arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni 
rag‗batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‗batlantirish, ishlab 
chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‗llab 
quvvatlash va h.k. choralar kiradi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin