67
unda yalpi taklif egri chizig‗i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda
narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya‘ni,
iqtisodiy o‗sish holati ro‗y beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi
makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan ―jahon
moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy
resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‗rtasidagi mutanosiblikning
keskin buzilishi hisoblanishini ta‘kidlash lozim. Pul muomalasi
qonunlaridan ma‘lumki, iqtisodiyot sog‗lom va barqaror amal qilishi
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish real hajmi o‗rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi
lozim.
Biroq,
milliy
iqtisodiyotlarning
baynalminallashuvi
va
globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‗z
ta‘sirini o‗tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda,
keyinchalik ko‗plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e‘tiborga olmaslikka qadar olib
keldi‖.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va
xizmatlar hajmi o‗rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz
iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan
biri makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlashdan iboratdir. Bunda yalpi
talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi
talabni rag‗batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni
rag‗batlantirish siyosati qo‗llaniladi.
Yalpi
talabni
rag‗batlantirish
siyosatining
ko‗rinishlariga
daromadlarni o‗stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini
arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni
rag‗batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‗batlantirish, ishlab
chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo‗llab
quvvatlash va h.k. choralar kiradi.
Dostları ilə paylaş: