63
chiqarish potensiali darajasida bo‗ladi. Bu shuni bildiradiki, baholarning
har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib kelmaydi.
Chunki, iqtisodiyot to‗liq quvvatda faoliyat ko‗rsatayapti. To‗liq bandlik
sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga
yuqoriroq baholarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini
oshirishga harakat qiladi. Ammo, bunday
holatda ayrim firmalarning
resurslar va ishlab chiqarish hajmini oshirishi, boshqalari uchun
yo‗qotishga olib keladi. Natijada bu mahsulotlar bahosi oshishi mumkin,
lekin ishlab chiqarishning real hajmi o‗zgarmay qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil
qilish quyidagi shartlarga
tayanadi:
-ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omilari hajmiga
va texnologiyalarga bog‗liq va baholar darajasiga bog‗liq emas;
-ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o‗zgarish sekinlik
bilan ro‗y beradi;
-iqtisodiyot to‗liq
bandlik sharoitida amal qiladi, ya‘ni ishlab
chiqarish hajmi potensial darajaga teng;
-baholar va nominal ish haqi o‗zgaruvchan, ularning o‗zgarishi
bozorlarda muvozanatni ta‘minlab turadi.
Ishlab chiqarish hajmi ko‗payishi yoki kamayishi bahoga bog‗liq
bo‗lmagan
Dostları ilə paylaş: