O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


-rasm. Inflyatsiyani pasaytirish prognozlari



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

4.2-rasm. Inflyatsiyani pasaytirish prognozlari 
O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar 
1. Inflyatsiyaning klassik ta'rifini bering. 
2. Inflyatsiya sabablari qanday? 
3. Inflyatsiya qanday namoyon bo‗ladi? 
4. "Inflyatsiya darajasi" nima? Buni qanday aniqlash mumkin? 
5. Inflyatsiya turlarining mohiyatini kengaytiring. 
6. Fillips egri chizig‗i nima ekanligini tushuntiring. 
7. Inflyatsiyaga qarshi strategiya va taktikaning mohiyati nimada? 


57 
V BOB. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF (AD – AS) MODELI 
5.1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab 
tushunchasi va grafigi 
 
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va 
baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‗zgarishining 
oqibatlarini o‗rganish uchun bazaviy model bo‗lib hisoblanadi. AD-AS 
modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab 
berilishi mumkin. 
Yalpi talab(AD)
– uy xo‗jaliklari, korxonalar, hukumat va chet 
ellik xaridorlarning baholarning ma‘lum darajasida iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‗lgan 
talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab 
chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan 
umumiy harajatlar yig‗indisidir. Formula ko‗rinishida yalpi talabni 
quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I + G + Xn. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi 
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‗i deb 
ataladi. Buni chizma ko‗rinishida tasvirlash mumkin (5.1.-chizma). 
5.1-chizma.
Yalpi talab egri chizig‗i

Bahodan boshqa omillar ta‘siri 
AD1 
AD 
Baho omillarining ta‘siri 

5.1.-chizmadan ko‗rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig‗i doimo 
pastga va o‗ngga suriladi. Bunday surilishning sababi har xil.
Ma‘lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig‗ining 


58 
surilishiga asosan daromad samarasi va o‗rinbosar tovarlar sabab 
bo‗ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste‘molchilarning pul 
daromadlari ko‗proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad 
samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste‘molchi ushbu tovarni 
ko‗proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan 
arzonroq bo‗ladi (o‗rnini bosadigan tovarlar). 
Milliy bozorda AD-egri chizig‗ining trayektoriyasini, ya‘ni uning 
quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi 
yordamida izohlash mumkin: 
M V=Y P 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish 
tezligi; 
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab 
qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. 
Bu tenglamadan:

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin