O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


keynsliklar , ikkinchisini  monetaristlar



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

keynsliklar
, ikkinchisini 
monetaristlar
afzal 
ko‗rishdi. 
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo‗nalish tarafdorlari bo‗lib, ular 
davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni 
shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko‗tarish mumkin deb 
hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi 
va ishsizlikni kamaytiradi. Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat 
byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo‗shimcha pul emissiyasiga 
ehtiyoj tug‗diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan 
olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. 
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo‗nalishi tarafdorlari 
keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo‗yicha 


54 
takliflari doimo samara beravermagandan so‗ng va kamchiliklari yuzaga 
chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat 
qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal 
aksilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskasiya 
tipidagi pul islohoti o‗tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini 
ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖
*

Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog‗liq hodisa bo‗lganligi 
sababli shok terapiyasi pul massasining o‗sish sur‘atlarini keskin
qisqartiradi va inflyatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo 
bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. 
Konfiskasiya tipidagi shok terapiyasi ko‗rinishlaridan biri bo‗lib 
daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o‗zgartirmagan 
holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish 
hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan nbohir qabul qilinishi sababli,u 
qisqa muddatda samara berishi zarur. 
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya 
siyosatining yana bir ko‗rinishi - inflyatsiya sur‘atlarini asta sekinlik 
bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya 
sur‘atlari pul massasini ko‗p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish 
orqali pul massasining o‗sish sur‘atini pasaytirishni ko‗zda tutadi. 
Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib 
iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. 
Graduallash usulini qo‗llash pul massasi va baholar darajasining 
yillik o‗sish sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‗ladi, 
deb hisoblanadi. 
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‗lgan 
variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu 
usul 
daromadlarning 
o‗sishi 
va 
baholarning 
o‗sishi 
ni 
muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko‗zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish 
hukumat tomonidan baholar (narxlar) va daromadlar darajalarini 
muzlatib qo‗yish, pul ko‗rinishidagi ish haqining o‗sishini o‗rtacha 


55 
mehnat unumdorligining o‗sishiga bog‗lab qo‗yish orqali amalga 
oshiriladi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni 
tanlash har bir mamlakat uchun o‗ziga xos xususiyatlar va chuqurlikka 
ega bo‗lgan inflyatsiya xususiyati bilan belgilanadi. Unga qarshi kurash 
bo‗yicha chora-tadbirlar to‗plami inflyatsiya xususiyatiga qarab 
belgilanadi. Inflyatsiya sabablari haddan tashqari talab (talab 
inflyatsiyasi) yoki ish haqi , materiallar va tarkibiy qismlarga 
narxlarning o‗sishi (xarajatlar inflyatsiyasi), milliy valyutaning past 
kursi va boshqalar bo‗lishi mumkin, bu inflyatsiya jarayonlarini 
jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini oldindan belgilab beradi. 
―Soliqlar tarkibini o‗zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi
to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar 
ulushini ko‗paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning 
rag‗batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini 
pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari 
hisoblanadi‖
*

Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya 
jarayonlarining xususiyatiga bog‗liq. 
Inflyatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat 
quyidagilarni ta‘minlashi kerak: 
-
samarali 
soliq 
tizimini 
va 
davlat 
xarajatlarining 
barqarorligini; 
-
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‗sish 
sur‘atlarini; 
-
―inflyatsiyani import qilish‖ ga yo‗l qo‗ymaslik.
Har 
kanday 
inflyatsiyaning 
negizida 
asosiy 
iqtisodiy 
muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi 
kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga 
kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy 
siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning 
inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‗rsatadiki, ular inflyatsiya 
bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi bir-biriga chambarchas 
bog‗liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat‘iy boshqarish va 


56 
to‗lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina 
cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya 
dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu 
nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi 
sabablarni bartaraf etish imkonini berdi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin