O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

P = M V / Y va Y= M V / P 
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‗rinadiki, 
baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past 
bo‗ladi, ya‘ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‗zgarmas 
bo‗lsa baholar darajasi va yalpi talab o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud 
bo‗ladi. 
5.2.
 
Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari
Baholar darajasi va va yalpi talab o‗rtasidagi teskari bog‗liqlikni , 
shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 
1. Foiz stavkasi samarasi (Keyns samarasi); 
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi (Pigu 
samarasi); 
3. Import xaridlar samarasi. 
Foiz stavkasi samarasi
shuni bildiradiki, yalpi talabning egri 
chiziq bo‗yicha surilishi narxlar darajasi o‗zgarishining foiz stavkasiga 
bo‗lgan ta‘siriga bog‗liq.


59 
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste‘molchilarga xarid 
qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo‗ladi. Ishbilarmonlar 
uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to‗lashga katta miqdorda pul 
zarur bo‗ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining 
yuqoriligi pulga bo‗lgan talabni oshiradi. 
Pul taklifi hajmi o‗zgarmagan holatda talabning oshishi foiz 
stavkasini ko‗rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo‗lgan 
sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo‗lgan talabi 
pasayadi. 
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo‗lganligi tufayli 
bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi. 
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓ 
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi
shuni 
bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg‗arilgan moliyaviy aktivlari 
(omonatlar, obligasiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. 
Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash 
uchun joriy daromadidan iste‘mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. 
Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so‗m bo‗lsa, undan hech 
ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyatsiya 
ta‘sirida mashina narxi 12 mln. so‗mga ko‗tarilsa, u mashina sotib 
ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so‗m to‗plash uchun joriy davrda 
olgan ixtiyoridagi daromadidan ko‗proq qismini jamg‗aradi. 
Iste‘mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‗lganligi tufayli uning 
kamayishi ADning pasayishiga olib keladi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin